A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Nogironlik belgilash mezonlari

16 yoshdan oshgan fuqarolarga nogironlik belgilash tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

16 yoshgacha bo’lgan shaxslarga nogironlik belgilash O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligiga biriktirilgan davolash muasasalarining tibbiy-maslahat komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqarolarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish:

  • yashash joyidagi tumanlararo, tuman (shahar) TMEK;
  • fuqaroda mazkur TMEK sohasi bo’yicha alohida kasalliklar mavjud bo’lgan taqdirda - davolash-profilaktika muassasasiga (keyingi o’rinlarda DPM deb ataladi) biriktirish joyidagi ixtisoslashtirilgan TMEK tomonidan;
  • vrachlarni, TMEK xodimlarini va ularning yaqin qarindoshlarini, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati xodimlarini tibbiy ko’rikdan o’tkazish, jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinayotgan, ayblanayotgan, sudlangan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hukm qilingan shaxslarni, shuningdek ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tumanlar (shaharlar) TMEK xulosasiga rozi bo’lishmagan fuqarolarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish - bosh TMEK tomonidan amalga oshiriladi.

Fuqarolarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish tibbiyot odob-axloqiga va deontologiyaga asoslanadi.

TMEKda fuqarolarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish bepul amalga oshiriladi.

Hayot faoliyatining cheklanganligi darajasiga qarab tibbiy ko’rikdan o’tkaziluvchiga, asosiy kasallikning klinik o’tishini, uning asoratlarini va klinik-ekspert prognozini, shuningdek fuqaroning mehnat faoliyati turini hisobga olgan holda, nogironlikning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi guruhi belgilanishi mumkin.

Bunda Nogironlikka olib keladigan asosiy kasalliklar va ushbu kasalliklarda nogironlikni belgilash mezonlari ro’yxati asos qilib olinadi.

 

Organizm funksiyalari barqaror buzilishlarining namoyon bo’lishi to’rtta darajaga ajratiladi:

  • I daraja - uncha katta bo’lmagan buzilishlar;
  • II daraja - mo’’tadil buzilishlar;
  • III daraja - aniq namoyon bo’ladigan buzilishlar;
  • IV daraja - ancha aniq namoyon bo’ladigan buzilishlar.

Inson hayot faoliyati asosiy turlari cheklanishining namoyon bo’lishi uchta darajaga ajratiladi:

a) o’ziga o’zi xizmat ko’rsatish layoqati - insonning asosiy fiziologik ehtiyojlarni mustaqil amalga oshirish, kundalik maishiy faoliyatni bajarish layoqati, shu jumladan, shaxsiy gigiena ko’nikmalari:

  • I daraja - uzoq vaqt sarflab o’ziga o’zi xizmat ko’rsatish layoqati, uni bajarishning bo’linishi, zaruriyat bo’lganda yordamchi texnik vositalardan foydalanib hajmni qisqartirish;
  • II daraja - zaruriyat bo’lganda yordamchi texnik vositalardan foydalanib boshqa shaxslarning muntazam qisman yordami bilan o’ziga o’zi xizmat ko’rsatish layoqati;
  • III daraja - o’ziga o’zi xizmat ko’rsata olmaslik, doimo o’zgalarning yordamiga muhtojlik va boshqa shaxslarga to’liq bog’liqlik;

b) mustaqil harakatlanish layoqati - makonda mustaqil harakat qilish layoqati, harakatlanishda, dam olishda va gavda holati o’zgarganda gavdaning muvozanatini saqlash, jamoat transportidan foydalanish:

  • I daraja - vaqt uzoqroq sarflanganda mustaqil harakatlanish layoqati, uni bajarishning bo’linishi, zaruriyat bo’lganda yordamchi texnik vositalardan foydalanib masofani qisqartirish;
  • II daraja - zaruriyat bo’lganda yordamchi texnik vositalardan foydalanib boshqa shaxslarning muntazam qisman yordami bilan mustaqil harakatlanish layoqati;
  • III daraja - harakat qila olmaslik, doimo o’zgalarning yordamiga muhtojlik;

v) mo’ljal olish layoqati - atrof vaziyatni muqobil idrok etish layoqati (vaziyatni baholash, vaqtni va turgan joyini aniqlash layoqati):

  • I daraja - faqat odatdagi vaziyatda mustaqil va (yoki) yordamchi texnik vositalar yordamida mo’ljal olish layoqati;
  • II daraja - boshqa shaxslarning yordamini talab etadigan mo’ljal olish layoqati;
  • III daraja - mo’ljal ola bilmaslik (dezorienttsiya) va boshqa shaxslarning doimiy yordami va (yoki) nazoratiga muhtojlik;

g) muomala qilish layoqati - idrok qilish, axborotni qayta ishlash va berish yo’li bilan odamlar o’rtasida aloqa o’rnatish layoqati:

  • I daraja - axborot olish va berish sur’ati va hajmini pasaytirib muomala qilish layoqati, zaruriyat bo’lganda yordam berishning yordamchi texnik vositalaridan foydalanish;
  • II daraja - zaruriyat bo’lganda yordamchi texnik vositalardan foydalanib boshqa shaxslarning qisman yordami bilan muomala qilish layoqati;
  • III daraja - muomala qila olmaslik va boshqa shaxslarning doimiy yordamiga muhtojlik;

d) o’z xulq-atvorini nazorat qilish layoqati - o’zini anglash va ijtimoiy huquqiy-ma’naviy axloqiy normalarni hisobga olgan muqobil xulq-atvor layoqati:

  • I daraja - murakkab hayotiy vaziyatlarda o’z xulq-atvorini nazorat qilish layoqatining vaqti-vaqti bilan paydo bo’ladigan cheklanishi va (yoki) qisman tuzatish kiritish imkoniyati bilan hayotning ayrim sohalariga daxl qiladigan rolli funksiyalarni bajarishning doimiy ravishda qiyinligi;
  • II daraja - faqat boshqa shaxslarning muntazam yordami bilan qisman tuzatish kiritish imkoniyati bilan o’z xulq-atvori va atrof-muhitga tanqidiy munosabatning doimiy ravishda pasayishi;
  • III daraja - o’z xulq-atvorini nazorat qila olmaslik, unga tuzatish kirita olmaslik, boshqa shaxslarning doimiy yordamiga (nazoratiga) muhtojlik;

e) o’qish, bilimlarni (umumta’lim, kasb-hunar bilimlari va boshqa bilimlarni) o’zlashtirish va takrorlash, malaka va ko’nikmalarni (kasb-hunar, ijtimoiy, madaniy, maishiy, malaka va ko’nikmalarni) egallab olish layoqati:

  • I daraja - zarurat bo’lganda yordamchi texnik vositalar va texnologiyalarni qo’llab o’qitishning maxsus usullaridan, o’qitishning maxsus rejimidan foydalanib umumiy tipdagi ta’lim muassasalarida davlat ta’lim standartlari doirasida o’qish, shuningdek muayyan darajadagi ma’lumotga ega bo’lish layoqati;
  • II daraja - zarurat bo’lganda yordamchi texnik vositalar va texnologiyalardan foydalanib faqat rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan ta’lim oluvchilar, tarbiyalanuvchilar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yoki uyda maxsus dasturlar bo’yicha o’qish layoqati;
  • III daraja - o’qiy olmaslik;

j) mehnat faoliyati bilan shug’ullanish layoqati - ishlarni bajarish mazmuni, hajmi, sifati va shartlariga qo’yiladigan talablarga muvofiq mehnat faoliyatini amalga oshirish layoqati:

  • I daraja - malaka, og’irlik, keskinlik pasaygan va (yoki) ish hajmi kamayganda mehnatning odatdagi sharoitlarida mehnat faoliyatini bajarish layoqati, mehnatning odatdagi sharoitlarida past malakali mehnat faoliyatini bajarish imkoni saqlanib qolgan holda asosiy kasb bo’yicha ishni davom ettira olmaslik;
  • II daraja - yordamchi texnik vositalardan foydalanib va (yoki) boshqa shaxslar yordamida maxsus tashkil etilgan mehnat sharoitlarida mehnat faoliyatini bajarish layoqati;
  • III daraja - mehnat faoliyati bilan shug’ullana olmaslik yoki mehnat faoliyati bilan shug’ullanib bo’lmasligi (yoki mehnat faoliyati bilan shug’ullanish taqiqlanganligi).

Hayot faoliyatining quyidagi turlaridan biri yoki ular birgalikda cheklanishiga olib keladigan va uni ijtimoiy muhofaza qilish zarurligini taqozo etadigan kasalliklar, jarohat yoki nuqsonlar oqibatlaridan kelib chiqadigan organizm funksiyalari buzilishining ancha barqaror ifodalangan buzilishiga ega bo’lgan inson salomatligining buzilishi nogironlikning birinchi guruhini belgilash uchun mezon hisoblanadi:

  • III daraja - o’ziga o’zi xizmat qilish layoqati;
  • III daraja - harakat qilish layoqati;
  • III daraja - mo’ljal olish layoqati;
  • III daraja - muomala qilish layoqati;
  • III daraja - o’z xulq-atvorini nazorat qilish layoqati.

Hayot faoliyatining quyidagi turlaridan biri yoki ular birgalikda cheklanishiga olib keladigan va uni ijtimoiy muhofaza qilish zarurligini taqozo etadigan kasalliklar, jarohat yoki nuqsonlar oqibatlaridan kelib chiqadigan organizm funksiyalari buzilishining barqaror ifodalangan buzilishiga ega bo’lgan inson salomatligining buzilishi nogironlikning ikkinchi guruhini belgilash uchun mezon hisoblanadi:

  • II daraja - o’ziga o’zi xizmat qilish layoqati;
  • II daraja - harakat qilish layoqati;
  • II daraja - mo’ljal olish layoqati;
  • II daraja - muomala qilish layoqati;
  • II daraja - o’z xulq-atvorini nazorat qilish layoqati;
  • II, III daraja - o’qish layoqati;
  • II, III daraja - mehnat faoliyati bilan shug’ullanish layoqati.

Mehnat faoliyatining I darajasiga layoqatning cheklanishiga yoki hayot faoliyatining quyidagi turlaridan biri yoki ular birgalikda cheklanishiga olib keladigan va uni ijtimoiy muhofaza qilish zarurligini taqozo etadigan kasalliklar, jarohat yoki nuqsonlar oqibatlaridan kelib chiqadigan organizm funksiyalari buzilishining barqaror mo’’tadil ifodalangan buzilishiga ega bo’lgan inson salomatligining buzilishi nogironlikning uchinchi guruhini belgilash uchun mezon hisoblanadi:

  • I daraja - o’ziga o’zi xizmat qilish layoqati;
  • I daraja - harakat qilish layoqati;
  • I daraja - mo’ljal olish layoqati;
  • I daraja - muomala qilish layoqati;
  • I daraja - o’z xulq-atvorini nazorat qilish layoqati;
  • I daraja - o’qish layoqati.

Nogironlik to’g’risida qarorlar chiqarishda ilgari amalga oshirilgan tibbiy-ijtimoiy chora-tadbirlarning uzviyligini nazarda tutadigan yakka tartibdagi reabilittsiya dasturi tuziladi.

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...