A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Inspeksiya to’g’risidagi Nizom

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi

byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining Respublika

tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi to’g’risida

NIZOM

 

 I. UMUMIY QOIDALAR

 

1. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi (keyingi o’rinlarda Inspeksiya deb ataladi) O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining respublikada tibbiy-mehnat ekspertizasi sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi.

2. Inspeksiya o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek Moliya vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga amal qiladi.

3. Inspeksiyaning moddiy-texnika ta’minoti ajratilgan mablag’lar doirasida davlat byudjeti mablag’lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

4. Inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi va mustaqil balansga, bankda hisob raqamlariga, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o’z nomi yozilgan muhrga, boshqa muhrlar va shtamplarga ega.

 

 

II. INSPEKSIYANING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

 

5. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarining (keyingi o’rinlarda TMEK deb ataladi) hayot faoliyati cheklanganligini ekspertiza qilish, nogironlikning guruhlarini, sabablarini, boshlangan vaqtini va muddatlarini aniqlash;

ekspertizalar natijalarini, davolash-profilaktika muassasalari tomonidan berilgan tibbiy hujjatlarni va fuqarolarni tibbiy tekshirish natijalarini doimiy ravishda o’rganish asosida nogironlikning holatini, o’zgarishini va nogironlikka olib kelgan omillarni tizimli tahlil qilish;

nogironlikning oldini olish sohasida kompleks dasturlarni ishlab chiqishda, nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb bo’yicha reabilittsiya va ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda qatnashish;

TMEK vrach-ekspertlari lavozimiga tanlash va tavsiya etish bo’yicha malaka komissiyasi faoliyatini tashkil qilish, tasarrufidagi TMEKlarga TMEK mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarida uslubiy yordam ko’rsatish.

6. Inspeksiya o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

TMEK faoliyatini nazorat qiladi;

qonun hujjatlariga muvofiq nogiron deb hisoblash maqsadida fuqarolarni tibbiy tekshirish uchun barcha fuqarolarga teng imkoniyatlar berilishini ta’minlaydi;

hayot faoliyati cheklanganligini, mehnatga layoqatning yo’qolgani darajasini, ijtimoiy himoya choralariga bo’lgan ehtiyojni aniqlashni tashkil etadi;

TMEKlarga tibbiy-mehnat ekspertizasi masalalari bo’yicha uslubiy yordam ko’rsatadi;

nogironlikning holati va sabablarini tizimli tahlil qiladi, nogironlikka olib kelgan omillarni o’rganishda ishtirok etadi hamda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga nogironlikning oldini olish bo’yicha takliflar kiritadi;

nogironlik ko’rsatkichlari, fuqarolarni tibbiy tekshirish va qayta tekshirish to’g’risidagi ma’lumotlar bankini shakllantiradi;

TMEK mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi;

TMEK vrachlariga malaka toifalarini berish (tasdiqlash) yuzasidan attesttsiya o’tkazish tadbirlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi;

TMEKlarni joylashtirish, ularni zarur asbob-uskunalar va anjomlar bilan jihozlashni tashkil etadi, shuningdek qat’iy hisobda turadigan blankalar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko’radi;

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga TMEKlar faoliyatini takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritadi.

 

III. INSPEKSIYANING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI

 

7. Inspeksiya o’ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:

nogironlarning tibbiy-mehnat ekspertizasi, ularni tibbiy-ijtimoiy, malakali reabilittsiya qilish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga kiritish;

o’z vakolatlari doirasida tarkibiy bo’linmalari tibbiy-mehnat ekspertiza xizmatlari rahbarlariga nogironlikning oldini olish va nogironlarni reabilitatsiya qilish masalalari bo’yicha tavsiyanomalar berish, ularni amalga oshirish bo’yicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;

o’z vakolatlari doirasida tegishli vazirliklar va idoralardan Inspeksiya faoliyati uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni so’rash va olish;

TMEKda tekshiruvdan o’tgan shaxslarni, shuningdek xulosasi barcha darajadagi TMEK qarorlarini o’zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo’ladigan bosh TMEK qaroridan norozi bo’lgan shaxslarni qayta tekshiruvdan o’tkazish uchun komissiyalar, zaruriyat bo’lganda esa maxsus komissiyalar tashkil etish;

nogironlarning tibbiy-mehnat ekspertizasi, ularni tibbiy-ijtimoiy va malakali reabilittsiya qilish sohasidagi muammolarni ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish;

fuqarolarning nogironlarning tibbiy-mehnat ekspertizasi, ularning tibbiy-ijtimoiy va malakali reabilittsiya qilish masalalari bo’yicha murojaatlarini ko’rib chiqish.

Inspeksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi mumkin.

8. Inspeksiya o’ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi yuzasidan javob beradi

 

IV. INSPEKSIYA FAOLIYATINI

TASHKIL ETISH

 

9. Inspeksiyani O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishgan holda O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshqaradi.

10. Inspeksiya boshlig’ining bir nafar o’rinbosari bo’ladi. Boshliq o’rinbosari O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijro etuvchi direktori taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

11. Inspeksiya boshlig’i:

Inspeksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va unga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan shaxsan javob beradi;

o’z vakolatlari doirasida TMEK xodimlarining bajarishi majburiy bo’lgan buyruqlar, chiqaradi va ko’rsatmalar beradi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijro etuvchi direktoriga tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan TMEKlari raislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish to’g’risida takliflar kiritadi;

tegishli bosh TMEK raisi taqdimnomasiga binoan bosh TMEK vrach-ekspertlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga TMEKlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish to’g’risida takliflar kiritadi;

qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...