Kompensatsiya pul to’lovlari

Quyidagilar eng kam ish haqining 45 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul to’lovlari oluvchilari hisoblanadi:

a) o’zgalar qaramog’iga muhtoj bo’lgan yolg’iz pensionerlar, shu jumladan, nogironlar ham;

b) 1941-1945 yillardagi ikkinchi jahon urushi nogironlari, qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, 1941-1945 yillardagi ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan harbiy xizmatchilarning oilalari va vafot etgan nogironlarining xotinlari.

Urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar doirasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomga 1 va 2-son ilovalari bilan belgilangan.

Halok bo’lgan harbiy xizmatchining kompenstsiya pul to’lovlarini olish huquqiga ega bo’lgan oila a’zolariga boquvchisini yo’qotgan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq halok bo’lgan harbiy xizmatchi uchun pensiya olish huquqiga ega bo’lgan oila a’zolari kiritiladi.

Kompenstsiya pul to’lovlari halok bo’lgan harbiy xizmatchining oila a’zolariga ular oladigan pensiya turidan va oila a’zolari birgalikda yoki alohida yashashlaridan qat’i nazar, to’lanadi;

v) birinchi va (yoki) ikkinchi darajali «Sog’lom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlangan shaxslar;

g) Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Stsialistik Mehnat Qahramonlari va Shuhrat ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar, shaxsiy pensionerlar;

d) fashistlar konslagerlarining sobiq voyaga etmagan tutqunlari;

e) Leningrad shahri qamali davrida shahar korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida ishlagan fuqarolar;

j) ko’zi ojiz I guruh nogironlari;

z) Chernobil halokati oqibatida ziyon ko’rgan fuqarolar;

i) yadro poligonlarida va boshqa yadroviy raditsiya ob’ektlarida harbiy xizmatni o’tagan pensiya yoshidagi shaxslar.

Eng kam ish haqining 18 foizi miqdorida oylik kompenstsiya pul to’lovlari oluvchilari deb 1941-1945 yillar ikkinchi jahon urushi davridagi mehnat fronti qatnashchilari hisoblanadi.

Yangiliklar

2017 yil dekabr оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

13.12.2017

 

      O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3 mln. nаfаrga yaqin fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning dekabr оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2017 yil 7 dekabr sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

2017 yil noyabr оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.11.2017

 

     O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3 mln. nаfаrdаn оrtiq fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning noyabr оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2017 yil 14 noyabr sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

O’zbekiston va Ozarbayjon Respublikasi mutaxassislari o’rtasida pensiya ta’minoti va ijtimoiy ximoya soxasida tajriba almashish bo’yicha tashkil etilgan tadbir

3.11.2017

          Birlashgan Millatlar Tashkiloti rivojlanish loyihasining «Davlat moliyasini isloh etish» borasidagi rejasiga binoan, 2017 yilning 5-12 oktabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mutaxassislari o’zaro tajriba almashish maqsadida Ozarbayjon Respublikasida xizmat safarida bo’lishdi. Ozarbayjonlik hamkasblar O’zbekiston delegatsiyasini do’stona va iliq kutib olishdi. 

Rossiya Federatsiyasi Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi delegatsiyasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi o’rtasidagi uchrashuv

3.11.2017

     2017 yilning 30 oktabr kuni Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasida Rossiya Federatsiyasi ijtimoiy sug’urta fondi delegatsiyasi hamda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Respublika tibbiy ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...