A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Dehqon xo’jaligi a’zolari

Dehqon xo’jaligi a’zolari (qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari etishtirish bilan band bo’lgan dehqon xo’jaliklari a’zolari bundan mustasno) ixtiyoriylik asosida ijtimoiy sug’urta qilinadi.

Ijtimoiy sug’urtalanish xohishini bildirgan dehqon xo’jaligi a’zosi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga badal to’lovchi sifatida davlat soliq xizmati organlarida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tishi shart.

Dehqon xo’jaligi a’zosi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lagan taqdirda «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya bilan ta’minlanish huquqiga ega bo’ladi.

Dehqon xo’jaligi a’zosining pensiya olishga bo’lgan huquqi u pensiya yoshiga to’lganda yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda boshlanadi.

Ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqa, agar ushbu nafaqani olish huquqi dehqon xo’jaligi a’zosi tomonidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lash davrida boshlangan bo’lsa beriladi.

Dehqon xo’jaligi a’zosi o’zidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanish va ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqaning o’zi istaydigan miqdoridan kelib chiqib byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari miqdorini mustaqil ravishda belgilaydi.

Tayinlanadigan pensiya, shuningdek ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqa miqdori byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga to’lanadigan sug’urta badallari miqdoriga hamda dehqon xo’jaligi a’zosining mehnat stajiga bog’liq bo’ladi.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga to’lanadigan sug’urta badallarining eng kam miqdori bir yilda eng kam oylik ish haqining to’rt yarim barobaridan kam bo’lmagan miqdorni tashkil etishi kerak.

Sug’urta badallari hisobot yilining 1 oktyabriga qadar to’lanadi. Bunda sug’urta badallari miqdori to’lov kuniga belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

Mehnat daftarchasi dehqon xo’jaligi a’zosining mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.

YUridik shaxs bo’lmasdan tashkil etilgan dehqon xo’jaligi a’zosining mehnat daftarchasi dehqon xo’jaligi a’zosi ro’yxatdan o’tkazilgan joydagi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlarida u sug’urta badallari to’laydigan butun muddat mobaynida saqlanadi va yuritiladi.

YUridik shaxs tashkil etgan holda barpo etilgan dehqon xo’jaligi a’zosining mehnat daftarchasi dehqon xo’jaligining ixtiyoriga ko’ra dehqon xo’jaligi boshlig’i tomonidan yoxud Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining bo’limi tomonidan saqlanadi va yuritiladi.

YUridik shaxs tashkil etgan holda barpo etilgan dehqon xo’jaligi a’zosining mehnat daftarchasidagi dehqon xo’jaligi boshlig’i tomonidan yozilgan yozuvlar Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining bo’limi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Dehqon xo’jaligi a’zosining mehnat stajiga u byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lagan davrlar kiritiladi.

Pensiya va davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash uchun mehnat stajini hisoblab chiqishda, agar dehqon xo’jaligi a’zosi ushbu yilda 12 oy ishlagan va kamida 9 oy badal to’lagan bo’lsa, stajga kalendar yil qo’shiladi.

Boshqa hollarda staj sug’urta badallari to’langan oylar soniga mutanosib tarzda hisobga olinadi.

Dehqon xo’jaligi a’zosining vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lanishidan qat’i nazar pensiya va davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash uchun mehnat stajiga qo’shiladi.

Dehqon xo’jaligi a’zosi tomonidan sug’urta badallari to’lanishi va uning qancha davom etganligi guvohlik ko’rsatmalari bilan tasdiqlanmaydi.

Pensiya miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan aniq bir oy uchun dehqon xo’jaligi a’zosining daromadi to’langan oylik sug’urta badali summasini ish beruvchilar va xodimlar uchun sug’urta badallari ajratishning qonun hujjatlarida belgilangan jami foiziga bo’lish va olingan natijani 100 ga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi.

Pensiya va ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqa dehqon xo’jaligi a’zosining yashash joyidagi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limlari tomonidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlanadi.

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...