A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Majburiy to’lovlar

Aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasini kafolatlangan tshlovlar manbalari bilan ta’minlash maisadida O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida quyidagi majburiy to’lovlar ko’zda tutilgan:

yagona ijtimoiy to’lov va fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari;

byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar.

YAgona ijtimoiy to’lovni to’lovchilar quyidagilardir:

yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasi rezidentlari;

O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa, chet ellik yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari orqali amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi norezidentlari.

Jismoniy shaxslar - O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O’zbekiston Respublikasida doimiy ravishda yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallarini to’lovchilardir.

Sug’urta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati, shuningdek ularning to’g’ri hisoblab chiqarilishi uchun javobgarlik ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi, bundan ushbu Kodeksning 311-moddasida nazarda tutilgan tartibga muvofiq sug’urta badallari to’lovchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari a’zolari mustasno.

Soliq kodeksining 172-moddasida ko’rsatilgan ish haqi tarzidagi daromadlar yagona ijtimoiy to’lovning va sug’urta badallarining soliq solish ob’ektidir.

O’zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni berish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish shartnomasiga muvofiq yuridik shaxs - O’zbekiston Respublikasi norezidentiga to’lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham yagona ijtimoiy to’lovning soliq solish ob’ektidir

YAgona ijtimoiy to’lovni va sug’urta badallarini hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza ushbu Kodeksning 172-moddasiga muvofiq to’lanadigan daromadlar summasi sifatida belgilanadi, ushbu Kodeksning 308-moddasida ko’rsatilgan to’lovlar bundan mustasno.

Soliq kodeksi 306-moddasining ikkinchi qismida ko’rsatilgan daromadlar bo’yicha yagona ijtimoiy to’lovni hisoblab chiqarish uchun soliq solinadigan baza chet ellik xodimlarga to’lanadigan daromadlar summasi sifatida aniqlanadi, biroq bu summa O’zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlarni berish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish shartnomasiga doir xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam bo’lmasligi lozim.

YAgona ijtimoiy to’lov va sug’urta badallari quyidagi to’lovlarga nisbatan hisoblanmaydi:

mehnatda mayib bo’lganlik yoki sog’liqqa boshqacha shikast etganlik bilan bog’liq zararning o’rnini qoplash uchun Soliq kodeksi 171-moddasi ikkinchi qismining
9-bandida ko’rsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar;

yosh mutaxassislarga oliy o’quv yurtini tamomlaganlaridan so’ng ta’til vaqti uchun yuridik shaxslar hisobidan to’lanadigan nafaqalar;

quyidagi grant mablag’lari hisobiga olinadigan mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar:

davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumatga qarashli tashkilotlar tomonidan berilgan grant mablag’lari;

O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan ro’yxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan berilgan grant mablag’lari;

O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida berilgan grant mablag’lari.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalarni to’lovchilar quyidagilardir:

yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasining rezidentlari;

oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) - yuridik shaxs.

Quyidagilar byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalarning to’lovchilari bo’lmaydi:

notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olgan daromadlari mustasno;

yagona soliq to’lovini to’lovchi yuridik shaxslar;

Soliq solish ob’ekti va soliq solinadigan baza quyidagilardir:

1) kommunal xo’jalik tizimining issiqlik, suv va gaz ta’minoti korxonalari uchun – mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) qo’shilgan qiymat solig’i va tegishincha issiqlik ta’minoti korxonalari uchun issiqlik quvvatining, suv ta’minoti korxonalari uchun suvning, gaz ta’minoti korxonalari uchun tabiiy gazning xarid qiymati chegirib tashlangan holda realiztsiya qilingan hajmi;

2) qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun – o’z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarining qo’shilgan qiymat solig’i chegirib tashlangan holdagi qiymati. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan ishlarni materiallar bilan ta’minlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida bo’lsa, ushbu materiallarga bo’lgan mulk huquqi buyurtmachining o’zida saqlanib qolgan taqdirda, o’z kuchlari bilan bajarilgan ishlarni realiztsiya qilishdan olinadigan tushum bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi qiymati sifatida belgilanadi;

3) vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi, shu jumladan tovarlarni sotish bo’yicha, vositachilik va topshiriq shartnomalari bo’yicha hamda vositachilik xizmatlari ko’rsatishga oid boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar uchun – ko’rsatilgan xizmatlar uchun qo’shilgan qiymat solig’i chegirib tashlangan holdagi haq summasi;

4) savdo faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar uchun – tovar oboroti;

5) kredit tashkilotlari va sug’urta tashkilotlari uchun – agar mazkur moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, Soliq kodeksining 148 va 150-moddalariga muvofiq aniqlanadigan daromad;

6) asosiy faoliyati mol-mulkni lizingga berishdan iborat bo’lgan yuridik shaxslar uchun – moliyaviy ijara (lizing) bo’yicha foizli daromad summasi.

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...