A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Pensiya tayinlash uchun hujjatlar

Tashkilot ma’muriyati har yili dekabr oyida shaxsiy varaqchalar va mehnat daftarchalari asosida keyingi yilda ham umumiy, ham imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bo’ladigan xodimlar bo’yicha pensiya tayinlash uchun zarur bo’ladigan hujjatlarni dastlabki tayyorlash ishlarini amalga oshiradi. Zarur bo’lganda tashkilot ma’muriyati etishmayotgan hujjatlarni so’rab olish choralarini ko’rishi kerak.

Tashkilot ma’muriyati to’plangan barcha hujjatlar asosida pensiya tayinlash uchun taqdimnomani rasmiylashtiradi.

Xodim pensiya tayinlash to’g’risida ariza bergan taqdirda, tashkilot ma’muriyati mazkur ariza ro’yxatga olingan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida zarur hujjatlarni va taqdimnomani to’liq rasmiylashtiradi va ariza beruvchini ular bilan (taqdimnomaga imzo qo’ydirgan holda) tanishtiradi.

Agar pensiyaga huquqi bo’lgan shaxs ishlovchi bo’lmasa, pensiya tayinlash uchun ariza u tomonidan u yashab turgan Pensiya jamg’armasi bo’limiga beriladi.

Hujjatlar va taqdimnoma xodimning arizasi bilan birga ariza beruvchining yashash joyidagi Pensiya jamg’armasi bo’limiga yuboriladi. Tashkilot ma’muriyati pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan barcha hujjatlarni to’play olmagan hollarda, Pensiya jamg’armasi bo’limiga bor hujjatlar topshiriladi.

Barcha zarur hujjatlar bilan birga ariza qabul qilingan kun pensiya so’rab murojaat etilgan kun hisoblanadi.

Agar ariza pochta orqali yuborilsa va bunda barcha zarur hujjatlar ham ilova qilingan bo’lsa, ushbu arizani jo’natishning pochta shtempelida ko’rsatilgan sanasi pensiya so’rab murojaat etilgan kun hisoblanadi.

Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda, Pensiya jamg’armasi bo’limi qo’shimcha yana qanday hujjatlar taqdim etilishi lozimligini tashkilot ma’muriyatiga yoki ariza beruvchiga ma’lum qiladi. Agar ular qo’shimcha hujjatlar taqdim etilishi lozimligi to’g’risida xabarnoma olingan kundan boshlab uch oydan kechikmay taqdim etilsa, pensiya tayinlash to’g’risidagi ariza qabul qilingan kun pensiya tayinlash uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi.

Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asoslanganligi va ishonchliligi uchun shubha paydo bo’lgan taqdirda, Pensiya jamg’armasi bo’limi pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish to’g’risida qaror chiqarishi mumkin. Tekshirish tasdiqlovchi hujjatlarni bergan tashkilotda yoki arxivda amalga oshiriladi. Tekshirish natijalari bo’yicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, u tekshiruvchining va tashkilot yoki arxiv mansabdor shaxsining imzosi, shuningdek tashkilot yoki arxivning muhri bilan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi tashkilot yoki arxivda, ikkinchi nusxasi Pensiya jamg’armasi bo’limida qoladi. Dalolatnomada tasdiqlovchi hujjatlarning kim tomonidan berilganligi va tekshirish vaqtida hujjatlarning joylashgan joyi to’g’risidagi ma’lumot majburiy tartibda ko’rsatiladi.

Pensiya jamg’armasi bo’limi pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish to’g’risida qaror chiqargan hollarda, tekshirish tamom bo’lish muddatidan qat’i nazar, pensiya tayinlash uchun dastlab murojaat qilingan sana pensiya tayinlash uchun murojaat qilingan sana hisoblanadi.

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...