A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsienti

Shaxs ish haqisining yakka tartibdagi koeffitsienti, ishdagi mavjud tanaffuslaridan qat’i nazar (pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning tanlashiga ko’ra), mehnat faoliyatining oxirgi o’n yili mobaynidagi istalgan ketma-ket oltmish oyidan har bir oyi uchun aniqlanadi, bunda shaxsning pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqi tegishli oydagi eng kam oylik ish haqi miqdoriga bo’linadi.

Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsienti verguldan keyingi to’rt belgili miqdordan iborat bo’ladi

Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsientini hisoblashda verguldan keyin to’rt belgigacha yaxlit qilib hisoblanadi. Agar verguldan keyingi beshinchi belgi “5” ga teng va undan yuqori bo’lsa, u holda to’rtinchi belgi bir birlikka ko’paytiriladi.

Bir oy misoli tariqasida pensiya hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini ijtimoiy sug’urtaga to’langan badallarning miqdoriga bog’liqligini ko’rib chiqamiz:

Pensiya tayinlashni so’rab 2013 yil aprel oyida 60 yoshga to’lgan erkak kishi murojaat etdi. Ushbu fuqaro oxirgi 10 yil davomida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanib kelgan. 2013 yil mart oyi uchun u 79590 sum (eng kam oylik ish haqi) sug’urta badali to’lagan.

Tadbirkorning ish haqisini shartli ravishda bir necha bosqichga bo’lish mumkin.

Birinchi bosqich. Daromad aniqlanadi.

Pensiya miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan aniq bir oy uchun tadbirkorning daromadi to’langan oylik sug’urta badali summasini ish beruvchilar va xodimlar uchun sug’urta badallari ajratishning qonun hujjatlarida belgilangan jami foiziga bo’linadi va olingan natijani 100 ga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi

2013 yil uchun sug’urta to’lovlarining jami foizi 31%ga teng (25% - ish beruvchi tomonidan to’lanadigan yagona ijtimoiy to’lov + 6% majburiy sug’urta to’lovlari). 2013 yil mart oyi daromad (ish haqi) 256 741,94 so’mni (79590/31x100) tashkil etadi.

Ikkinchi bosqich. Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsienti aniqlanadi (IKZ).

Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsienti – tegishli oy uchun pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqining aynan shu oy uchun eng kam oylik ish haqi nisbati sifatida aniqlanadigan miqdor 3,2258 (256 741,94 / 79 590).

Uchinchi bosqich. Eng kam ish haqining o’rtacha miqdorini aniqlanadi (SMZP).

SMZP tegishli 12 oyning belgilangan minimal ish haqlari yig’indisini 12 ga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Pensiya 2013 yil aprel oyidan tayinlanishini hisobga olgan holda SMZP 73 010,83 so’mni tashkil etadi [(62 920 (razmer MRZP za may–iyul 2012 g.) x 3 + 72 355 (razmer MRZP za avgust–noyabr 2012 g.) x 4 + 79 590 (razmer MRZP za dekabr 2012 – aprel 2013 gg.) x5)] / 12.

To’rtinchi bosqich. Pensiya xisoblash uchun qabul qilinadigan qayta hisoblangan ish haqi aniqlanadi (PZ).

PZ – IKZni SMZPga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi. Ushbu holatda 2013 yil mart oyi uchun PZ 235 518,33 so’mni tashqil etadi (3,2258 x 73 010,83).

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...