A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Pensiya hisoblash uchun olinadigan ish haqi

Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, oxirgi o’n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yildagi (pensiya so’rab murojaat etgan kishining tanlovi bo’yicha) ish haqi olinadi.

Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi o’tgan yillardagi ish haqlarini pensiya tayinlanadigan kundagi ish haqi darajasiga keltirish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini ish haqining yakka tartibdagi koeffitsientlarini qo’llagan holda qayta hisoblab chiqish tartibi to’g’risida Nizomga asosan qayta hisoblab chiqiladi.

Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish haqi ketma-ket ishlangan oltmish kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi

Pensiya so’rab murojaat etgan kishi besh yildan kam ishlagan hollarda, pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish haqi ishlangan kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini shu oylar soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.

Mavsumiy ishlarda band bo’lgan xodimlarga pensiyalar tayinlashda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish haqi istalgan ketma-ket besh mavsumdagi qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.

Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan ortiq bo’lmagan miqdordagi o’rtacha oylik ish haqi olinadi.

Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish haqi eng kam oylik ish haqi miqdoridan oz bo’lgan yoki ish haqi to’g’risidagi ma’lumotlar umuman mavjud bo’lmagan hollarda pensiya eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Ish haqi hisoblangan ish haqi summasidan olinadi.

Ish haqini guvohlar ko’rsatmasi asosida aniqlashga yo’l qo’yilmaydi. Lavozim maoshlari shtat jadvalidan ko’chirmalar va jamoat tashkilotlarining a’zolik biletlari haqiqiy ish haqini tasdiqlaydigan hujjat o’rnini bosa olmaydi.

Ish haqi to’g’risidagi ma’lumotlar qisman mavjud bo’lmagan hollarda, mavjud bo’lmagan davrlar uchun ish haqini aniqlash uchun mintaqaviy koeffitsient hisobga olinmasdan, qonun hujjatlarida tegishli davrlar uchun belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorlari qabul qilinadi.

Pensiya tayinlash uchun berilgan hujjatlarda ishonchsiz ma’lumotlar aniqlanganda yoki ish haqi to’g’risidagi ma’lumotlarni buzadigan tuzatishlar aniqlanganda, Pensiya jamg’armasi bo’limi pensiya tayinlashgacha ularni tekshirishi yoki qo’shimcha ma’lumotlar taqdim etish yoki ish haqi to’g’risida berilgan ma’lumotnomalarga tushuntirishlar berish to’g’risida yozma so’rov yuborishi shart.

Ish haqi to’g’risida ma’lumotnoma taqdim etilmaganligi yoki ularning ishonchliligi va asosliligini tekshirish mumkin emasligi munosabati bilan ish stajiga kiritilmagan davrlar, shuningdek ish haqi saqlanmagan holda ta’tilda bo’lish davrlari mehnat faoliyatining oxirgi o’n yillik davri uchun ish haqini hisoblab chiqishdan chiqarib tashlanmaydi.

Ish haqi tarkibiga sug’urta badallari hisoblangan, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 172-moddasida ko’rsatilgan mehnatga haq to’lash tarzidagi barcha daromadlar kiritiladi.

Band bo’lgan shaxsning ish haqi miqdori O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga to’langan sug’urta badallari summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

O’zbekiston Respublikasi Mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining, ichki ishlar organlari va bojxona organlari oddiy va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarining, shuningdek o’quv yoki yo’qlama qilish yig’inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning ish haqi tarkibiga qonun hujjatlariga muvofiq sug’urta badallari hisoblanadigan mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar bilan bo’lgani singari pul ta’minotining barcha turlari kiritiladi.

O’zbekiston Respublikasining chet elda ishlagan fuqarolarining pensiyasini hisoblash uchun ish haqi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga to’langan sug’urta badallari summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...