A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Ijtimoiy yordamga muhtoj shahslar Yagona reestri yaratish bo’yicha UNICEF xalqaro tashkiloti vakillari bilan uchrashuv

 

     Joriy yilning 13 fevral sanasida byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi vakillari va UNICEF xalqaro tashkilotining yetakchi mutaxassisi janob Richerd Chirchir o’rtasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamining Yagona reestri tuzish masalalari bo’yicha uchrashuv bo’lib o’tdi.

 

     Uchrashuvda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi direktor o’rinbosari M. Tleuov, pensiya hisoblash uslubiyotini muvofiqlashtirish va fuqarolarning murojatlarini ko’rib chiqish bo’limi boshlig’i Z. Ho’jaev va axborot texnologiyalar joriy etish bo’lim boshlig’i K. Xodjibekovlar qatnashdilar.

 

     Jamg’arma vakillari va horijiy mutaxassis o’rtasidagi bo’lib o’tgan uchrashuvdan asosiy maqsad, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining bugungi kundagi axborot tizimi bilan yaqindan tanishish, ijtimoiy ta’minot jarayonida qatnashuvchi vazirlik va tashkilotlar hamda jamg’arma axborot tizimlarini integratsiyalashuvi hamda o’zaro elektron axborot almashinuvi bilan yaqindan tanishuv bo`ldi.

 

    Ayni paytda, UNISEFning eksperti  mamlakatimizda ijtimoiy jarayonlar boshqaruvining dastlabki mavjud axborot tizimlarini chuqur o`rganish va tahlil qilish, ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish  dasturi doirasida respublikaning barcha vazirlik va idoralar yagona ro'yxatga olish reestrini joriy etishda qatnashmoqda. Ushbu loyiha tufayli statistik va buxgalteriya ma'lumotlar tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, aholini ijtimoiy muhofaza qilish va qo'llab-quvvatlash uchun ajratiladigan mablag'larni monitoring qilib borish imkoniyati yaratiladi.

 

     Uchrashuv davomida pensiya va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to'lashning mavjud axborot tizimining ishlashi, raqamli ma'lumotlar tizimini texnik va dasturiy ta'minoti muhokama qilindi.

 

     UNISEFning Ijtimoiy siyosat masalalari bo'yicha vakillari bilan uchrashuv do`stona va konstruktiv  ruxda o'tdi, bu esa o`z navbatida,  tomonlarning o'zlari qiziqtirgan savollarga javob olishlariga imkon berdi.

 

Mаnbаа: www.pfru.uz

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...