A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Pensiya ta’minoti sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish yo‘lida

Davlatda aholining yashashi, investitsiya iqlimi, xizmat muhiti va biznes rivoji sifatining yaxshilanishiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimining bosqichma-bosqich takomillashuvi va zamonaviylashuvi ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2017 yil 12-dekabrdagi PF-5278-son «Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni davlat organlari tomonidan mamlakat aholisiga xizmatlarni ko‘rsatishni takomillashtirish borasida belgilangan yo‘nalishlarni yanada chuqurroq va sifatliroq bajarishga undaydi.

«Halq davlat organlariga emas, balki davlat organlari halqqa xizmat qilishlari kerak» deb belgilangan umumdavlat tamoyili ijrosini ta’minlash maqsadida so‘nggi yillarda davlatimizda davlat organlari faoliyatining sifatini tubdan oshirish, tadbirkorlik sub’ektlari, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini sifatli, tezkor, o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rsatish uchun maqbul sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Farmon bilan 2018 yil 1-yanvardan Tadbirkorlik sub’ektlariga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning Halq qabulxonalari huzurida faoliyat yurituvchi Davlat xizmatlari markazlariga aylantiriladi. Kiritilgan yangilik shuki, Davlat xizmatlari markazlari «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha konsultativ va boshqa faoliyatlarini nafaqat yuridik shaxslar foydasiga, balki jismoniy shaxslar foydasiga ham amalga oshiradilar.

Aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish milliy tizimining sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarilishini hisobga olgan holda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya ta’minoti sohasida xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirla ishlab chiqilib, ular quyidagilardan iborat:

-elektron ma’lumotlar asosida davlat pensiyalarini (yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik) tayinlash uchun zarur hujjatlarni tayyorlash;

-davlat pensiyalarni tayinlash zarur bo‘lgan ish staji va ish haqini tasdiqlovchi hujjatlar ro‘yxatini (ma’lumotlar) qog‘oz shaklidan electron shaklga o‘tkazish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqish;

-aloqalarning electron kanallari orqali ma’lumotlaring electron almashinuvi bo‘yicha texnologik yo‘riqnomalarni ishlab chiqish (vazirliklar, muassasalar va boshqa manfaatdor tashkilotlar electron bazalarining o‘zaro almashinuvi);

-pensiya yig‘majildlari va boshqa hujjatlarni electron shaklga o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘grisida aholini xabardor qilish maqsadida rubrikalar, tezislar va maqolar, shu jumladan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi saytida tayorlash va chop etib boorish.

Davlat xizmatlarining ochqligi va shaffofligining o‘sishi albatta mamlakatimiz aholisi vaqtini hamda moliyaviy resurslarini iqtisod qilishga sharoit yaratib beradi, shuningdek davlat xizmatlaridan yanada qulay va dadillik bilan foydalanishni ta’minlaydi. Shunisi aniqki, davlat muassasalari mutaxassislari bilan masofadan va bevosita uchrashmasdan axborot almashinuvi byurokratik jarayonlar va qog‘ozbozlikni tubdan qisqartiradi.

 

Mаnbаа: www.pfuz.uz

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...