A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarni ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 fevraldagi 46-sonli qaroriga asosan «Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash tartibini, shuningdek ularni pensiyasini hisoblash uchun olinadigan ish staji va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi to‘grisida»gi Nizomi tasdiqlandi. Mazkur Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasiga to‘lagan badallarini, pensiya hisoblash uchun olinadigan stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi va mexanizmi belgilangan.

     Ma’lumki, faoliyat turi, mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’iy nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan xar qanday ish, agar u O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa  ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

     Biroq, alohida toifadagi fuqarolar mavjud bo‘lib, ularning faoliyati ish beruvchi tomonidan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasidan sug‘urta balallarini o‘tkazish hamda kelgusida ularning mehnat faoliyati davrlarini davlat pensiyalarini tayinlashda hisobga olishni ko‘zda tutmagan.

     Mazkur Nizom qabul qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yakka tartibda sug‘urta badallarini to‘lash imkoniyati mavjud bo‘lgan fuqarolar toifasi kengaydi.

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 fevraldagi 46-sonli qaroriga asosan Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari yakka tartibda to‘lovchi shaxslar toifasiga quyidagilar kiritilgan:

  • chet elda yollangan holda ishlovchi shaxslar;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlar;
  • tadbirkor tomonidan yollangan xodimlar;
  • oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oilasi a’zolari;
  • dehqon xo‘jaligi a’zolari;
  • qoramol etishtiruvchilar;
  • soliq agenti hisoblanmagan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimlar;
  • dehqon xo‘jaligi boshliqlari.

     Shu bilan birga, yuqoridagi toifadagi shaxslarning ayrimlari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini majburiy ravishda, ayrimlari esa ixtiyoriy ravishda to‘laydilar.

     Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini ixtiyoriy ravishda to‘lovchi shaxslarga quyidagilar kiradi:

  • chet elda yollangan holda ishlovchi shaxslar;
  • dehqon xo‘jaligi a’zolari;
  • qoramol etishtiruvchilar;
  • soliq agenti hisoblanmagan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimlar;

 

1-jadval

Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini yakka tartibda to‘lovchi shaxslar tomonidan to‘lovlarini amalga oshirish muddatlari va to‘lov miqdori (ixtiyoriy ravishda)

 

Shaxs

To‘lov miqdori

To‘lov muddatlari

1.

Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs

Eng kam ish haqining kamida
bir barobari

Har oyda, chorakda yoki kelgandan so‘ng
3 oy ichida

2.

Dehqon xo‘jaligi boshligi

Eng kam ish haqining kamida
4,5 barobari

Har yili 1- oktabrga qadar

3.

Qoramol etishtiruvchi

4.

Soliq agenti hisoblanmagan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim

Xar oylik daromadining
8 foizi miqdorida

Har yili 1- iyunga qadar to‘lov amalga oshiriladi (deklaratsiya topshirish davrida o‘tgan yil uchun har yili 1- aprelga qadar)

 

 

            Pensiya jamg’armasiga sug‘urta badallarini majburiy ravishda to‘lovchi shaxslarga quyidagilar kiradi:

  • yakka tartibdagi tadbirkorlar;
  • yakka tadbirkor tomonidan yollangan xodimlar;
  • oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zolari;
  • dehqon xo‘jaligi boshliqlari kiritilgan.

2-jadval

Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini yakka tartibda to‘lovchi shaxslar tomonidan to‘lovlarini amalga oshirish muddatlari va to‘lov miqdori (majburiy ravishda)

 

Shaxs

To‘lov miqdori

To‘lov muddatlari

1.

Yakka tartibdagi tadbirkor

Eng kam ish haqining kamida
bir barobari

Har oyning 25 - sanasiga qadar

2.

Oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oilasi a’zolari

3.

Yakka tadbirkor yollangan xodim

Eng kam ish haqining
0,5 barobari

4.

Dehqon xo‘jaligi boshlig’i

Eng kam ish haqining kamida
4,5 barobari

Har yili 1- oktabrga qadar

 

      Yakka tartibdagi tadbirkorlar chet  elda yollangan holda ishlovchi shaxslar, dehqon xo‘jaligi a’zolari va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zolari doimiy yashash joyi bo‘icha Pensiya jamg’armasi bo‘limiga:

  • ariza;
  • STIR  ma’lumotnomasi nusxasi;
  • Passport  nusxasi;
  • Mehnat va jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi (mavjud bo‘lsa);
  • Vakolatli organ tomonidan berilgan chet el davlati va u yerda bo‘lgan vaqti to‘g‘risida ma’lumotnoma (chet elda yollagan holda ishlovchi shaxslar uchun);
  • Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan shaxsiy yordamchi xo‘jaligida qoramol mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni topshiradilar (qoramol etishtirish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar uchun).

      Pensiya tayinlashda ish stajini hisobga olishda, agar Pensiya jamgarmasiga to‘lagan sug‘urta badallari summasi ushbu yilning barcha oylari uchun belgilangan eng kam sug‘urta badallaridan kam bo‘lmasa ish stajiga kalendar yil qo‘shiladi.

      Pensiya tayinlashda yakka tartibda sug‘urta badallari to‘lovchi  (chet elda yollagan holda ishlovchi shaxs) ning hisobga olinadigan bir oylik ish haqini hisoblab chiqish quyidagi  formula  orqali amalga oshiriladi:

 

EKOIH * 100/ (YAIT+SB) = Bir oylik haqi miqdori

      

Bunda,

  • EKOIH – eng kam oylik ish haqi;
  • YAIT­– yagona ijtimoiy to‘lov;
  • SB­­– sug‘urta badali stavkasi.

 

Misol uchun: chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs har oyda 172 240 so‘m  (minimal ish haqi miqdori ) to‘lagan taqdirda. Pensiya tayinlashda hisobga olinadigan ish haqi miqdori quyidagicha xisoblanadi:

172 240 so‘m  х 100 / ( 15 foiz YAIT stavkasi + 8 foiz sug‘urta badali stavkasi) =  172 240 х 100 / 23 = 748 869,6 so‘m.

Pensiya hisoblash uchun Pensiya jamg’armasiga yakka tartibda sug‘urta baddalari to‘lovchilarning bir oylik ish haqi miqdorini aniqlash quyidagi tartiblarda amalga oshiriladi.

 

3-jadval

Pensiya hisoblash uchun Pensiya jamgarmasiga yakka tartibda sug‘urta badallari to‘lovchilarning bir oylik ish haqi miqdorini aniqlash

 

Shaxs

Oylik ish haqini hisoblash

1.

Chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs

EKOIH / (YAIT+SB) x  100

2.

Yakka tartibdagi tadbirkor

3.

Oilaviy tadbirkorlik sub’ekti

4.

Yakka tartibdagi tadbirkor yollagan xodim

          *2,476  x EKOIH

5.

Oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oilasi a’zosi

6.

Dehqon xo‘jaligi boshlig’i

4,5 x EKOIH/ (YAIT+SB) x  100 / 12

7.

Qoramol etishtiruvchi

8.

Soliq agenti hisoblanmagan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim

Deklaratsiyada ko‘rsatilgan oylik sug‘urta badalini / (YAIT+SB) x 100

 

*yagona tarif  setkasining 1 razryadi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va hozirda  2,476  ga teng.

 

 

Mаnbаа: www.pfuz.uz

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...