A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

O’zbekiston va Ozarbayjon Respublikasi mutaxassislari o’rtasida pensiya ta’minoti va ijtimoiy ximoya soxasida tajriba almashish bo’yicha tashkil etilgan tadbir

      Birlashgan Millatlar Tashkiloti rivojlanish loyihasining «Davlat moliyasini isloh etish» borasidagi rejasiga binoan, 2017 yilning 5-12 oktabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mutaxassislari o’zaro tajriba almashish maqsadida Ozarbayjon Respublikasida xizmat safarida bo’lishdi. Ozarbayjonlik hamkasblar O’zbekiston delegatsiyasini do’stona va iliq kutib olishdi. 

      Ozarbayjon Respublikasi mutaxassislari Pensiya ta’minoti tizimida bo’lgan oxirgi isloxotlar hamda avtomatlashtirilgan holda pensiya va nafaqalarni tayinlash hamda sug’urta badallarini hisobga olish usullari, shu bilan birgalikda mehnat stajini elektron shaklda yuritish tajribasi va yutuklari bilan tanishtirishdi.

      O’zbekistonlik mutaxassislarning asosiy e’tibori, vazirlik va idoralarning elektron ma’lumot almashish tizimiga qaratildi. Shuni qayd etish joizki, Ozarbayjonda pensiya va nafaqalarni fuqaroning tashrifisiz tayinlash joriy etilgan.

      Tashrif davomida mexnat va ijtimoiy himoya vaziri o’rinbosari, ijtimoiy himoya davlat jamg’armasi, shu bilan birga Baku shahar hududiy bo’linmalari raxbarlari bilan uchrashuvlar o’tkazildi.

      Pensiya tizimini modernizatsiyalashtirish, tizimni texnik yangilash tadbirlari xalqaro moliya institutlari va xalqaro hamkorlar ko’magida amalga oshirilganligi takidlab o’tildi.

      Ozarbayjon davlatidan olingan malaka va tajribalarni yurtimiz pensiya tizimiga tadbiq etilish va buning natijasida pensiya va nafakalarni tayinlashda ancha qulayliklar yaratilishi kutilmoqda.

Mаnbаа: www.pfuz.uz

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...