Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi “Ishonch telefoni”ning 2017 yil iyun oyidagi faoliyati yuzasidan hisoboti

 

MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI BYUDJETDAN TASHQARI
PENSIYA JAMG’ARMASI “ISHONCH TELEFONI”NING 2017 YIL IYUN OYIDAGI
FAOLIYATI YUZASIDAN HISOBOTI

 

     O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil  “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan fuqarolarning pensiya ta’minotiga oid murojaatlarini qabul qilishda ularga qulayliklar yaratish, ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish maqsadida joriy yilning fevral oyidan boshlab Pensiya jamg’armasining
1140 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” ishga tushirildi. “Ishonch telefoni” O’zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi apparatiga to’g’ridan-to’g’ri ulanish va fuqarolarni qiziqtirayotgan hamda yechimi topilishi lozim bo’lgan muammolarni bevosita etkazish imkoniyatini yaratdi.

     Ushbu ishonch telefonining ishga tushirilishi natijasida fuqarolarning pensiya ta’minotiga oid murojaatlari qisqa muddatda va sifat jihatdan yuqori darajada o’z yechimini topib kelmoqda.

     Xususan, Ishonch telefoni joriy qilingan davrdan shu kunga qadar jami 5860 ta murojaatlar kelib tushgan bo’lib, ushbu murojaatlar on-layn tizimida shu vaqtning o’zida ijroga qaratilgan.

     Joriy yilning iyun oyida fuqarolardan 1018 ta murojaatlar kelib tushgan bo’lib, undan 786 tasi og’zaki va 232 tasi nazoratga olingan murojaatlar hisoblanadi.

     Iyun oyida qabul qilingan murojaatlarni hududlar kesimida tahlil qilinganda murojaatlarning aksariyati Toshkent shahar hamda Toshkent, Farg’ona, Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlariga to’g’ri keladi.

     Ishonch telefoni orqali fuqarolar nafaqat yechimini kutayotgan muammoli murojaatlarini qoldirishlari, balki malakali mutaxassislardan pensiya ta’minotiga oid o’zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri olishlari mumkin. Misol uchun, Ishonch telefoniga murojaat etgan fuqarolarga pensiya qonunchiligidagi islohotlar, pensionerlar uchun joriy qilingan interaktiv xizmatlar (jumladan SMS-pensiya*), pensiya to’lovlarining amalga oshirilishi tartibi, ilk pensiya tayinlashda kerak bo’ladigan hujjatlar, Pensiya jamg’armasi bo’limlarining manzillari yoki telefon raqamlari to’g’risida ma’lumot va tushuntirishlar olishlari mumkin.

     Iyun oyida kelib tushgan va nazoratga olingan 232 ta murojaatlarning 163 tasi o’z vaqtida ko’rib chiqilib, mualliflarga javob xati yuborilgan, 69 ta murojaatlar ijro etish jarayonida.

     Nazoratga olingan murojaatlarning 95 tasiga mas’ul mutaxassislar va yuridik maslaxatchilar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib, 61 ta murojaatlar bo’yicha fuqarolarga qonun doirasida amaliy yordam ko’rsatildi.

     Misol uchun, 2017 yil 2 iyunda Andijon viloyatidan murojaat etgan fuqaro pensiya puli 50%i miqdorida bank plastik kartochkaga o’tkazilgani to’g’risida SMS xabar kelgani bo’yicha murojaati o’rganib chiqilganda, o’z tasdig’ini topib, Pensiya jamg’armasi Paxtaobod tumani bo’limi mutaxassisining texnik xatosi tufayli pensiyaning 50%i iyun oyida bank plastik kartochkasiga o’tkazib yuborilganligi aniqlandi. Ushbu kamchilik iyul oyidan bartaraf etilib, kamchilikka yo’l qo’ygan xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo’llanildi.

     2017 yil 8 iyunda Toshkent shaxridan bir fuqaro murojaat etib, 2017 yil yanvar oyida pensiya tayinlash uchun hujjat topshirgan bo’lsada, unga pensiya tayinlanmaganligi va pensiya olmayotganligidan noroziligi o’rganib chiqildi va natijasiga ko’ra unga 7 yil 6 oy umumiy ish staji bilan pensiya tayinlab berildi hamda bunday kamchilikka yo’l qo’ygan xodimga nisbatan qat’iy intizomiy jazo chorasi qo’llanildi.

     2017 yil 16 iyunda Buxoro viloyatidan fuqaro telefon raqamiga pensiya puli berilgani to’g’risida SMS xabar kelganligi, lekin pensiya pulini olmaganligi to’g’risidagi murojaat o’rganilganda, pochta aloqasi bo’limi xodimi e’tiborsizligi oqibatida pensiya to’langanligi to’g’risida ma’lumot kompyuter axborotlar bazasiga xato kiritilgani aniqlandi. Natijada, pensionerga u hali olmagan pensiyasi to’landi deb mobil telefoniga xabarnoma kelgan. Bu borada kamchiliklarga yo’l qo’ygan pochta aloqasi xodimiga nisbatan chora ko’rilishi maqsadida “O’zbekiston pochtasi” AJga xat yuborildi.

 

     Shuningdek, 2017 yil 19 iyunda Namangan viloyatidan pensioner murojaat etib, unga sababsiz iyun oyida pensiya to’lanmasliginidan noroziligi o’rganib chiqilganda, Pensiya jamg’armasi Chust tuman bo’limi xodimining texnik xatosi tufayli ushbu fuqaro iyun oyi to’lov qaydnomasiga kiritilmaganligi aniqlandi hamda aybdor xodim bilan qo’pol va jiddiy kamchilikka yo’l qo’yganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilishgacha bo’lgan qat’iy intizomiy jazo chorasi qo’llanildi.

     Shu kabi o’z yechimini topgan murojaatlar albatta fuqarolarga yaqindan ko’maklashish bilan bir vaqtda boshqa fuqarolarning bu kabi qulay xizmatdan boxabar bo’lishiga zamin yaratadi.

    Birgina iyun oyida 6 holatda fuqarolar tomonidan murojaatlari ijobiy hal qilinganligi yuzasidan yuborgan tashakkurnomalari “Ishonch telefoni” bugungi kunda haqiqatdan ham pensionerlarning eng yaqin ishonchli ko’makchisiga aylanib borayotganligidan dalolat bermoqda.

     “Ishonch telefoni” pensionerlar, fuqarolar, yuridik shaxslar va Pensiya jamg’armasi o’rtasida o’zaro hamkorlikda ishonchli aloqalarni yanada mustahkamlab boradi, bundan tashqari muloqot o’rnatish hamda hududlardagi muammolarni aniqlash, o’rganib chiqish hamda bartaraf etishda o’z samarasini beradi.

 

* Eslatma: pensiya va nafaqa miqdorlari, ularning to’lanishi bo’yicha ma’lumotlardan o’z vaqtida boxabar bo’lish uchun “SMS-pensiya” xizmatiga ulanish bosqichlari

  • Avval o’zingizning shaxsiy pensiya ishi raqamingizni bilib olasiz;
  • Telefoningizdan SMS xabarini yuborish xizmatiga kirasiz va uning maxsus joyiga *shaxsiy pensiya ishi raqamingiz *1*UZ# so’rovini terasiz;
  • So’ngra so’rovni “10711” raqamga SMS xabarnomani yuborasiz;
  • Natijada ushbu xizmatga ulanasiz va pensiya ishingiz to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lasiz.

“SMS-pensiya” xizmatiga ulanish va undan foydalanish bepul

Yangiliklar

2017 yil oktabr оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

16.10.2017

 

     O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3 mln. nаfаrdаn оrtiq fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning oktabr оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2017 yil 16 oktabr sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

2017 yil avgust оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

17.8.2017

 

     O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3 mln. nаfаrdаn оrtiq fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning avgust оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2017 yil 16 avgust sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi “Ishonch telefoni”ning 2017 yil iyun oyidagi faoliyati yuzasidan hisoboti

17.7.2017

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil  “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan fuqarolarning pensiya ta’minotiga oid murojaatlarini qabul qilishda ularga qulayliklar yaratish, ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish maqsadida joriy yilning fevral oyidan boshlab Pensiya jamg’armasining
1140 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” ishga tushirildi. “Ishonch telefoni” O’zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi apparatiga to’g’ridan-to’g’ri ulanish va fuqarolarni qiziqtirayotgan hamda yechimi topilishi lozim bo’lgan muammolarni bevosita etkazish imkoniyatini yaratdi.

2017 yil iyun оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

16.6.2017

 

     O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3 mln. nаfаrdаn оrtiq fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning iyun оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2017 yil 16 iyun sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Tez-tez beriladigan savollar

Fuqaro tomonidan uzoq muddat olinmay qolgan pensiyalarni to’lab berish muddatlari qanday?

11.6.2015

Pensioner tomonidan o’z vaqtida talab qilib olinmagan pensiyaning hisoblangan summasi o’tgan vaqt uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq pensiyalar miqdorlari oshirilishi hisobga olingan holda to’lanadi, biroq pensiya olish uchun murojaat qilishdan oldingi o`n ikki oydan ortiq ...

...

Pensiya va nafaqalarni ishonchnoma orqali o’zga fuqaroga to’lanishi mumkinmi?

28.5.2013

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 dekabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida”gi Nizomning 160-bandiga muvofiq pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi ...

...

Pensiyalarni tayinlash va to’lash jarayonida aniqlangan ortiqcha to’lovlarni pensiya miqdoridan chegirib qolish mumkinmi?

28.5.2013

O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonuning 65-moddasi “b” bandiga muvofiq pensiyalardan chegirmalar byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tuman (shahar) bo’limining qaroriga binoan-pensionerga uning tomonidan qilingan suiste’molliklar oqibatida ...

...

Boshqa hududda vaqtinchalik yashash uchun ro’yxatdan o’tgan pensionerlarga pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

28.5.2013

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 dekabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha Pensiya jamg’armasi bo’limlari tomonidan ...

...