A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Qonun ijodkorlari tajriba almashdi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 21-yanvar kuni “Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda parlamentning roli: O‘zbekiston va Germaniya tajribasi” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Germaniyaning K.Adenauer nomidagi jamg‘armasining mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Adham Shodmonov va boshqalar O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotgani, ushbu anjuman o‘zaro aloqalarni atroflicha tahlil etish va yanada faollashtirish imkonini berishini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston va Germaniya hamkorligi keng ko‘lamli. Mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumantar aloqalar izchil rivojlanmoqda. Yurtimizda Germaniya sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 100 dan ortiq korxona, ushbu mamlakatning 40ga yaqin firma va kompaniyasi vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiyalashda taraqqiy etgan davlatlar tajribasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning 2015-yil 28-apreldagi «Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda 2015-yil 15-maydagi «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni xususiy mulk va mulkdorlar huquqi himoyasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji uchun yanada keng sharoit va kafolatlar yaratdi.

2015-yilda Jahon banki tomonidan e’lon qilingan «Biznes yuritish» reytingida O‘zbekiston bir yilning o‘zida 16 pog‘onaga ko‘tarilib, 87-o‘rinni egalladi. Mamlakatimiz keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyati uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng yaxshi natijalarga erishgan o‘nta davlat qatoridan joy oldi.

Mamlakatimizda iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, korporativ boshqaruvni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilayotir. Germaniyadagi Yevropa menejment va texnologiyalar maktabi ishtirokida tashkil etilgan Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi aksiyadorlik jamiyatlarining rahbar xodim va mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. O‘tgan yili yurtimiz aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va yirik korxonalarning saksondan ortiq rahbar xodimi korporativ boshqaruv sohasida Germaniya korxonalarida tajriba orttirdi.

Davra suhbatida germaniyalik mehmonlarga O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, parlamentning davlat va jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish, aholini ijtimoiy himoyalash va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyoti ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, aholi hayot darajasini oshirish imkonini bermoqda. Yangi sanoat korxonalari, kichik biznes subyektlari ochilib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilmoqda.

Bu borada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ulkan salohiyatga ega ekani alohida qayd etildi. Bugungi kunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida ushbu sektorning ulushi 56,7 foizga yetgani, ish bilan band jami aholining 77 foizdan ortig‘i mazkur tarmoqda mehnat qilayotgani ta’kidlandi.

– Germaniyada O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga qiziqish katta, – dedi Germaniya Bundestagi deputati, mehnat va ijtimoiy masalalar hamda iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish qo‘mitalari a’zosi, Yevropa kengashi parlament assambleyasi a’zosi Tobias Sex. – Germaniya O‘zbekistonga mintaqadagi barqaror mamlakat sifatida qaraydi. Davra suhbatida O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, kuchli ijtimoiy siyosat sohasidagi tajribasi bilan tanishganimizdan, o‘zaro fikr almashganimizdan xursandmiz. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik ikki tomon uchun ham foydali. O‘zbekistonning izchil rivojlanayotgan sanoatiga Germaniya nou-xaulari va texnologiyalarini joriy qilish natijasida mahsulotlar turi va raqobatdoshligini yanada oshirish mumkin.

Tadbirda O‘zbekistonda xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish natijasida mamlakatimiz iqtisodiyotida xususiy mulk o‘rni va ahamiyatini tubdan oshirishga, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik rivojlanishi yo‘lidagi g‘ov-to‘siqlarni bartaraf etishga, davlatning iqtisodiyotdagi ulushini qisqartirishga, yalpi ichki mahsulotda, jumladan, xorijiy kapital ishtirokida xususiy mulk ulushining izchil o‘sib borishiga qaratilgan 40dan ortiq qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgani ta’kidlandi.

Germaniya parlamenti a’zolari O‘zbekiston qisqa davrda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalarni rivojlantirish va huquqiy bazani takomillashtirishda katta natijalarga erishganini qayd etdi. Mamlakatimizda jamiyat hayotining turli jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida aholining barcha qatlamini aniq manzilli ijtimoiy himoya qilish, mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari ham izchil takomillashtirilayotgani, aholi bandligini oshirishga qaratilgan ishlar yuksak baholandi.

– Davra suhbati g‘oyat samarali bo‘ldi, – dedi Germaniya Bundestagi deputati, mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a’zosi Albert Shtegeman. – O‘zbekistonda qator sohalarda, jumladan, aholini ijtimoiy muhofaza qilish va mehnat bozorini rivojlantirish borasida Germaniya bilan o‘xshashliklar ko‘p ekaniga guvoh bo‘ldik. Mamlakatingizda yaratilgan qator qonun hujjatlari alohida ehtiyojli fuqarolar uchun qulayliklar yaratish va ularning manfaatlarini ta’minlash imkonini berayotgani diqqatga sazovor.

Anjumanda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda parlamentning ahamiyatini oshirish borasida O‘zbekiston va Germaniya tajribasi yuzasidan fikr almashildi.

Germaniya delegatsiyasi a’zolari mamlakatimizning qator vazirlik va idoralarida ham muzokara o‘tkazdi.

 

Manba: O'zA

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...