A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Xizmat ko‘rsatish tizimi takomillashmoqda

 

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuni davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimini mustahkamlashga yo‘naltirilgani bilan e’tiborlidir.

 

Surxondaryo viloyatida ham elektron hukumat tizimini shakllantirish, tadbirkorlik subyektlari va aholiga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishning elektron shakllarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar axborot-kommunikatsiya sohasidan samarali, tezkor foydalanishda muhim omil bo‘layotir.

– Prezidentimizning 2013-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda, – deydi Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi Komputerlashtirish markazi davlat unitar korxonasi direktori Fayzullo Saidov. – Shunga muvofiq, viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi, viloyatda interaktiv davlat xizmatlarini joriy qilish va rivojlantirish dasturlari ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, elektron hukumat tizimini shakllantirish, tadbirkorlik subyektlari va aholiga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishning yangi shakllari joriy etilmoqda. Mahalliy davlat boshqaruvi organlari faoliyati haqida aholi xabardorligini ta’minlash, davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati va samaradorligini yuksaltirish yuzasidan xodimlar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotir.

Mazkur dastur asosida o‘tgan yili viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash uchun 50 million so‘mlikdan ortiq komputer va dasturiy mahsulotlar xarid qilindi. Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha aloqa korxonalari tomonidan aholiga sifatli telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish uchun uzunligi 80 kilometrdan ortiq optik aloqa liniyalari barpo etildi. Xavfsiz va tezkor elektron hujjat aylanish tizimining tezkorligi va xavfsizligini ta’minlash uchun 80 korxona va tashkilotda “E-Xat” elektron pochta tizimi joriy qilinib, qulay va tezkor tizimdan foydalanayotgan subyektlar soni 184 taga yetkazildi. Ayni paytda bu tizim davlat idoralari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ichki va idoralararo ish yuritish jarayonlarini tezlashtirishga xizmat qilmoqda.

Viloyatdagi ta’lim muassasalarida ham zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanilmoqda. Xususan, loyiha sifatida sinov o‘tkazilayotgan “Davomat” axborot tizimi Termiz shahridagi ikkita kasb-hunar kollejida tatbiq etilayotir.

– Kollejga o‘rnatilgan “Davomat” elektron tizimi biz uchun ham, ota-onalar uchun ham qator qulaylik yaratdi, – deydi Termiz axborot texnologiyalari va maishiy xizmat kasb-hunar kolleji direktori O‘rol Toshboyev. – Zamonaviy apparat o‘quvchilarning darsga kechikib kelishi va erta ketib qolishining oldini olishda ishonchli dastyor vazifasini o‘tamoqda. Ota-onalarga farzandlarini elektron usulda nazorat qilish imkoniyati yaratildi. Hozir “Davomat” tizimi o‘quvchilarimizning kollej binosiga qachon yetib kelgani va dars tugab uyga yo‘l olgani haqidagi aniq axborotni ota-onalarning qo‘l telefoniga SMS orqali uzluksiz jo‘natib turibdi.

Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuni bilan davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tezkorligini ta’minlashning huquqiy asosi mustahkamlab qo‘yilgani ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot almashishni ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini yaratishda ham yuksak samaralar beradi. Xususan, viloyat hokimligining surxondaryo.uz rasmiy veb-sayti aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar yagona portali bilan bog‘lanib, imkoniyati cheklangan fuqarolar, mobil aloqa uskunalaridan foydalanuvchilar, ariza va shikoyat bilan murojaat etuvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratgani bunga yaqqol misoldir. Ushbu veb-saytda yagona portal orqali ko‘rsatilayotgan 28 turdagi interaktiv xizmatning 11 tasi bevosita tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yaxshilashga yo‘naltirilgan.

Yangi yilning dastlabki kunlaridan tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik yaratildi. Termiz shahri va tumanlarda “Yagona darcha” markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun zamonaviy markazlar zarur axborot-kommunikatsiya va muhandislik texnologiyalari bilan jihozlanib, internet tarmog‘iga ulandi. Malakali kadrlar bilan ta’minlandi.

– Tuman va shahar hokimliklari huzurida yangidan tashkil etilgan “Yagona darcha” markazlari 1-yanvardan tadbirkorlik subyektlariga o‘n olti turdagi davlat xizmatini ko‘rsata boshladi, – deydi Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i To‘ra Bobolov. – Buning uchun tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatib kelgan organlar bilan elektron aloqa yo‘lga qo‘yildi. Yangi yilning ilk kunlaridan markaz xizmatidan foydalanish uchun kelgan tadbirkorlar o‘z arizasini o‘ttiz daqiqa ichida topshirib ketmoqda.

Viloyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan yanada samarali foydalanish, “Elektron hukumat”ni keng joriy etish ishlari ta’lim, tibbiyot muassasalari, FHDYo bo‘limlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarda izchil davom ettirilmoqda.

 

Manba: O'zA

 

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...