A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Yaponiya parlamenti delegatsiyasining uchrashuvlari

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Yaponiya Vakillar palatasi deputati, Liberal-demokratik partiyaning xalqaro aloqalar bo‘yicha departamenti direktori Kadzunori Tanaka rahbarligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari S.Otamuratov bilan uchrashuvda O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi aloqalar barcha yo‘nalishlarda, jumladan, parlamentarizm sohasida ham izchil rivojlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. Xususan, Prezidentimiz Islom Karimovning 2011-yil fevral oyidagi Yaponiyaga rasmiy tashrifi, Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abening 2015-yil oktabr oyida mamlakatimizga rasmiy tashrifi o‘zaro munosabatlarga yangi sur’at bag‘ishladi.

Yaponiya O‘zbekistonning strategik hamkorlaridan. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar 140 dan ziyod hujjat, xususan, Do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot hamda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot asosida izchil rivojlanmoqda.

Mamlakatlarimiz parlamentlari o‘rtasida izchil hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Turli darajadagi delegatsiyalarning tashriflari muntazam amalga oshirilmoqda, samarali uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Yaponiya parlamentida tashkil qilingan O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi, “Yaponiya demokratik partiyasi – O‘zbekiston”, “Yaponiya liberal-demokratik partiyasi – O‘zbekiston” do‘stlik ligalari hamda O‘zbekiston parlamenti tarkibidagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi – Yaponiya parlamenti” parlamentlararo guruhi bu boradagi faol va samarali hamkorlikni yanada ravnaq toptirishga xizmat qilmoqda.

Yaponiya parlamenti delegatsiyasi a’zolari O‘zbekistonning tinchlikparvar, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan siyosatiga yuqori baho berib, O‘zbekiston bilan parlamentarizm, savdo, iqtisodiyot kabi sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini alohida qayd etdi.

– O‘zbekiston – Markaziy Osiyodagi yetakchi mamlakat, – dedi Kadzunori Tanaka. – O‘zaro hamkorligimiz barcha sohalarda izchil rivojlanayotgani quvonarlidir. O‘zbekistonda parlamentarizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar e’tiborga molik. Deputatlarning faolligini alohida ta’kidlashni istardim. O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik va do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash tarafdorimiz.

Yaponiya delegatsiyasi a’zolari mamlakatimiz Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyati bilan tanishtirildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Yaponiya qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi ahvoli va istiqboli yuzasidan fikr almashildi.

Yaponiya delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida ham muzokara o‘tkazdi.


Manba: O'zA

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...