A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Deputatlar bandlik dasturini tasdiqladilar

 

16-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

Deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan 2016-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihasini muhokama qildilar. Ushbu hujjat mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi hamda demografik omillar va iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari salohiyatini ishga solish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo‘li bilan aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘zaro bog‘langan va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgandir. Dasturni ishlab chiqishda mehnat bozorining hozirgi holati chuqur tahlil qilindi.

Ushbu dasturning konseptual xususiyati shundan iboratki, 2016-yilda barcha tumanlar va shaharlar bo‘yicha ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashga buyurtma shakllantirilgan. Shu asosda ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash ko‘rsatkichlari, birinchi navbatda, kollejlar bitiruvchilarining tegishli soniga muvofiq miqyosda ishlab chiqilgan. Dasturda kichik sanoat zonalarini tashkil etish, ish o‘rinlarini zaxiralash yo‘li bilan ish o‘rinlari yaratish yo‘nalishlari kengaytirilib alohida ajratilgan, shuningdek, aholi va yoshlarni, birinchi navbatda, kollejlar bitiruvchilarini ishga joylashtirishning yangi usullaridan foydalanish, kollejlarda tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlash bo‘yicha o‘quv-amaliy kurslarni tashkil etish orqali ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, dasturda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining, barcha darajalardagi hokimliklarning vazifalari aniq taqsimlandi, shuningdek, kichik biznesga ish o‘rinlari yaratishda muhim o‘rin ajratildi. Shu boisdan ham mahalliy xalq deputatlari Kengashlarining deputatlari, tegishli vazirlik va idoralarining mutaxassislari, tadbirkorlik subyektlarining vakillari ushbu dasturni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etdilar. Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlar Hukumatning 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijalariga va 2015-yilgi iqtisodiy dasturning muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ma’ruzasida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi. Unda kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini ishga joylashtirishga, ularni mutaxassisliklari bo‘yicha, shuningdek, “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni talablariga muvofiq ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan edi.

Mazkur dastur loyihasi avval Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida muhokama qilindi. Aholi bandligini ta’minlash uchun zarur shart-sharoit yaratish mamlakatimizda muhim ustuvorlik bo‘lganligi hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash dasturlarini amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish yangi ish o‘rinlarini tashkil etish uchun muhim ahamiyatga molik ekanligi bois dasturning asosiy ko‘rsatkichlari parlament quyi palatasidagi O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalaridan iborat “Demokratik kuchlar bloki” yig‘ilishida, shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyalarining yig‘ilishlarida batafsil ko‘rib chiqildi. Deputatlar o‘z saylovoldi dasturlaridan kelib chiqqan holda bir qator aniq taklif va tavsiyalar bildirdilar.

Aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish va fuqarolarni tegishli kafolatlar bilan ta’minlash Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga yuklatilganligini e’tiborga olib, parlament quyi palatasining majlisida ushbu vazirlik rahbari A.Abduhakimov ma’ruza bilan so‘zga chiqib, deputatlarni dasturning asosiy ko‘rsatkichlari, uning konseptual yangiligi va kelgusi yilda aholi bandligini ta’minlash mexanizmlarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirdi.

Majlisda ta’kidlandiki, dastur bandlikning hududiy tuzilmasini takomillashtirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini, qishloq joylarida yakka tartibdagi uy-joy qurilishi va pudrat qurilishi ishlari dasturlarini hisobga olgan holda mehnat bozorida ish kuchiga bo‘lgan talab va takliflarning mutanosibligini ta’minlash, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish bo‘yicha vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan.

Dasturga muvofiq 2016-yilda 992,7 ming kishini ishga joylashtirish nazarda tutilgan. Ularning 511,5 mingi ta’lim muassasalari bitiruvchilaridir. Shuningdek, xotin-qizlar, nogironlar va aholining ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan boshqa toifalarini ishga joylashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

2016-yilga mo‘ljallangan dastur loyihasini har tomonlama muhokama qilish doirasida siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlari guruhi vakillari o‘z nuqtai nazarlarini bildirdilar. Muhokama ishtirokchilarining fikriga ko‘ra, dastur noyob hujjat bo‘lib, unda aholi turli qatlamlarining manfaatlari aks etgan. Dastur siyosiy partiyalar fraksiyalari, ekspertlar, turli soha mutaxassislarining fikrlari va takliflarini inobatga olgan holda har yili takomillashib bormoqda.

– 2016-yilda dasturning bajarilishi doirasida mehnat bozorida faol chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, ishsizlarga, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish davom ettiriladi, – deydi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Mavluda Xo‘jayeva. – Shu munosabat bilan fuqarolarni mavjud bo‘sh turgan, zaxira qilib qo‘yiladigan va yangitdan tashkil etiladigan ish o‘rinlariga joylashtirish, shuningdek, mehnat qonunchiligi, mustaqil ishga joylashish uchun ish joyini tanlash bo‘yicha tekin maslahatlar berish nazarda tutilmoqda.

Mehnat bozorini yanada rivojlantirishning samarali omillari sifatida turli shakldagi bandlikni, ayniqsa, kichik biznes, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu ma’noda ta’kidlash joizki, 2015-yil 15-mayda qabul qilingan farmon va unga muvofiq ayrim qonunlarga shu yil avgust oyida kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash uchun amaliy moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlar yaratadi.

– Joriy yil mobaynida deputatlar tomonidan mazkur dastur ijrosi bo‘yicha nazorat-tahlil tadbirlari amalga oshirildi, shu jumladan, Qonunchilik palatasining tegishli qo‘mitasi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi rahbarlarining dastur ko‘rsatkichlari bajarilishining borishi haqidagi axborotlari eshitilib, ularning natijalari bo‘yicha keyingi yillarga mo‘ljallangan dasturlarni takomillashtirish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar berildi, – deydi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Bandlikni tahlil qilish va mehnat bozorini tartibga solish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Ilhom Abrorov. – Ular mazkur dasturni ishlab chiqishda hisobga olindi.

Muhokama chog‘ida bildirilgan fikrlarni inobatga olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari 2016-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini tasdiqladilar hamda tegishli qaror qabul qildilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasi Axborot xizmati


Manba: O'zA

 

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...