A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Navqiron avlodga qanot bo‘lib

 

 

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining ishtiroki” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

 

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi T.Norboyeva va boshqalar navqiron avlodning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni kuchli ijtimoiy muhofazalash, to‘laqonli bilim berish, milliy an’ana va qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash masalasi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilanganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda qabul qilingan bir qator hujjatlar, jumladan, Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularning kasb-hunar egallashi, ezgu orzu-maqsadlarini yuzaga chiqarishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Mamlakatimizdagi 6 milliondan ziyod kasaba uyushma a’zosining 50 foizdan ortig‘ini korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan yosh mutaxassislar tashkil etadi. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida imzolangan Bosh kelishuv, tarmoq va hududiy kelishuvlar hamda korxonalarda tuzilgan jamoa shartnomalariga «Yoshlar uchun qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar» bo‘limi kiritilgan. Bu 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga mehnat munosabatlari sohasida qo‘shimcha imtiyoz va sharoitlar yaratish, yosh xodimlarga foizsiz ssudalar berish, ularning malakasini oshirish, bitiruvchilarning ishga joylashishi hamda mehnat jamoalarida qo‘nimliligini nazoratga olishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Kasaba uyushmalari federatsiyasida Yoshlar kengashi, tarmoq va hududiy kasaba uyushma tashkilotlari qoshida Yoshlar bilan ishlash tuzilmalari tashkil etilgani yoshlarning o‘qish, mehnat qilish, uy-joy bilan ta’minlanishi, dam olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi bilan bog‘liq qonuniy huquqlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Bitiruvchilarga egallagan mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishiga yaqindan ko‘maklashish maqsadida kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan uslubiy ko‘rsatma tasdiqlandi. Unga ko‘ra kollejlarga korxona va tashkilotlarning malakali mutaxassislarini biriktirish, birinchi bor ishga kirgan bitiruvchilarga ishga qabul qilish imtiyozlari, mehnat shartnomasini rasmiylashtirish, mehnat munosabatlari yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish kabi masalalar bo‘yicha uslubiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Joylarda kasaba uyushmalari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda aholiga servis va pullik xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etilib, yigit-qizlar uchun qariyb 200 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.

Federatsiya tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan «Yilning eng faol yosh mutaxassisi» forumi yosh kadrlarning innovatsion g‘oya va ishlanmalarini rag‘batlantirish, ularni amaliyotga joriy etishga yaqindan ko‘maklashmoqda.

Matbuot anjumanida yangi ish o‘rinlari yaratish, ayniqsa, bitiruvchi qizlar bandligini ta’minlash, kasanachilik, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, bu borada tegishli tashkilotlar bilan ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirishga oid rejalar xususida ham to‘xtalib o‘tildi. Jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi


Manba: O'zA

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...