A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Jurnalistlar uchun o‘quv-seminar

 

 

Mamlakatimiz taraqqiyot yo‘lining har tomonlama to‘g‘ri va hayotiy ekanini, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish borasida erishilgan yutuqlarning ahamiyatini xalqimiz va jahon jamoatchiligiga yetkazish ommaviy axborot vositalari xodimlarining dolzarb vazifasidir.

 

Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv-seminarda shu haqda so‘z bordi. Unda taniqli olimlar, ekspertlar, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, bosma va elektron OAV vakillari ishtirok etdi.

Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori A.Abduvohidov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida uzoqni ko‘zlab yuritilayotgan siyosat xalqimizning tinch-osoyishta, erkin va farovon hayot kechirishida, barcha sohalardagi islohotlar muvaffaqiyatida, Vatanimizning xalqaro maydondagi obro‘si tobora yuksalishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining 2015-yil 17-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori istiqlol ayyomiga qizg‘in hozirlik ko‘rish, uni yuksak saviyada kutib olishga oid ishlarni keng, izchil va tizimli tarzda yo‘lga qo‘yishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Mustaqillik degan bebaho ne’matning qadr-qimmatini, o‘tgan davr mobaynida xalqimiz qo‘lga kiritgan ulkan yutuqlarning mohiyati va ahamiyatini, sodda qilib aytganda, biz kecha kim edigu bugun kim bo‘lganimizni yurtimiz va jahon jamoatchiligiga yetkazish, vatandoshlarimizni yangi marralar sari ruhlantirish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimizning taraqqiyot odimlari, qo‘lga kiritgan natijalarini butun dunyo tan olayotgani, xalqaro maydonda munosib o‘rin egallab borayotganini keng yoritish, bu yutuqlarning asosiy omilini yurtdoshlarimiz tafakkuri o‘zgarib, fuqarolik faolligi tobora kuchayib borayotganida ko‘rish, ushbu ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni har tomonlama asoslab berish va tahlil qilish jurnalistlardan katta mahorat, yoritilayotgan mavzuni chuqur o‘rganishni talab etadi. «Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!» degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni chuqur tahliliy asosda, xalqchil, samimiy yoritish, ularning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish muhim ahamiyatga ega.

Anjumanda ommaviy axborot vositalarining hayotimizdagi o‘rni, jurnalistlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, xalqaro jarayonlarni yoritishda e’tibor qaratishi zarur bo‘lgan jihatlar, Vatanimiz mustaqilligining 24-yillik bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tadbirlarning mazmun-mohiyati va ularni yetkazib berish usullariga doir ma’ruzalar tinglandi.

Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.


Manba: O'zA

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...