A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Fuqarolik jamiyati – demokratik davlat asosi

 

 

Toshkentda “Mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish: O‘zbekiston tajribasi va xorijiy amaliyot” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazildi. Unda Belgiya, Germaniya, Hindiston, Italiya, Fransiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlardan ekspertlar, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlar vakillari, parlament a’zolari, olim va mutaxassislar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash sohasida O‘zbekistonning tashkiliy-huquqiy tajribasi, davlat va jamiyat qurilishida “uchinchi sektor”ning o‘rni va rolini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, bu boradagi xorijiy tajriba muhokama etildi.

Tadbir ishtirokchilari Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli” va “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” strategiyasi yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi. Buning natijasida fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun tashkiliy-huquqiy va moddiy-texnik sharoitlar yaratildi. O‘zbekiston fuqarolik jamiyati tuzilmasini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, kasaba uyushmalari, jamoat birlashmalari va fondlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, mustaqil ommaviy axborot vositalari tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlashi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib berishi mustahkamlab qo‘yilgan. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini izchil rivojlantirishning huquqiy asosiga aylangan ikki yuzdan ortiq qonun hujjati qabul qilindi. “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa hujjatlar shular jumlasidandir.

2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tashkil etildi. Davlat mablag‘larini grant, subsidiya va ijtimoiy buyurtmalar shaklida fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashga manzilli va ochiq-oshkora, demokratik yo‘naltirish bo‘yicha samarali tizim shakllantirildi.

– Germaniyada fuqarolik jamiyati sohasida va uning faolligini oshirishda fuqaroga nodavlat sektorni rivojlantirishning muhim maqsadli obyekti sifatida e’tibor qaratiladi, – deydi Berlin ijtimoiy tadqiqotlar ilmiy markazi xodimi Ekxard Priller (Germaniya). – O‘zbekistonda bu borada nodavlat notijorat tashkilotlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda va bu jarayonda fuqarolar faolligini oshirish nazarda tutilgan. Mamlakatingizda ushbu masalaga bunday kompleks yondashuv xalqaro ilmiy hamjamiyat uchun g‘oyat qiziqarlidir.

Xorijiy ishtirokchilarning fikricha, davlatning jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi va intilishi fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish bo‘yicha “o‘zbek modeli”ning o‘ziga xos jihatidir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla”, “Sog‘lom avlod uchun”, “Ekosan” va “Nuroniy” jamg‘armalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Ekologik harakati va boshqa jamoat tashkilotlarining faoliyati alohida qayd etildi.

– Davra suhbati doirasida ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar bilan shug‘ullanadigan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati haqida yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldik, – deydi Belgiyaning “EU Logos Athena” hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkiloti maslahatchisi Per Bergols. – Yevropada aholining davlat, tijorat va jamoat tashkilotlariga bo‘lgan ishonchi “uchinchi sektor”ni rivojlantirishning muhim mezonlari hisoblanadi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samarasida ushbu yo‘nalishda salmoqli natijalarga erishilmoqda.

Tadbirda O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining tobora faollashib, davlat va jamiyat boshqaruvidagi faoliyati ko‘lami va vakolatlari kengayib borayotgani Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi hayotga tatbiq etilayotgani bilan bevosita bog‘liq ekani ta’kidlandi. Konsepsiya doirasida fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat qurilishi jarayonidagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” va “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilindi.

Javoharlal Neru nomidagi universitetning Xalqaro tadqiqotlar maktabi dasturi direktori Ajay Kumar (Hindiston) O‘zbekistonda jamoatchilik nazorati tizimini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga yuqori baho berdi. “O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Ko‘ppartiyaviylik tizimining qonunchilik asoslarini mustahkamlash maqsadida qator chora-tadbirlar ro‘yobga chiqarildi. O‘zbekiston mavjud ijtimoiy-siyosiy voqelikka muvofiq demokratiyani mustahkamlash bo‘yicha o‘z yo‘lini tanladi”, – dedi hindistonlik ekspert.

Anjumanda xorijiy ekspertlarga fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan qo‘shimcha chora-tadbirlar xususida atroflicha ma’lumot berildi. Jumladan, 2014-yilning 1-yanvaridan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun olinadigan davlat boji stavkasi 5 barobar, ularning ramzlarini davlat ro‘yxatiga olish uchun undiriladigan yig‘imlar miqdori 2,5 barobar kamaytirilgani qayd etildi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining hududlardagi vakolatxona va filiallari boj undirilmasdan ro‘yxatga olinmoqda. Nogironlar, faxriylar, xotin-qizlar va yoshlar jamoat birlashmalari uchun belgilangan stavkalarning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha imtiyoz o‘rnatilgan. Bularning barchasi to‘lovlardan ozod bo‘lgan mablag‘ni loyihalarni amaliyotga tatbiq etishga yo‘naltirish imkonini bermoqda.

– O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari, ularning faoliyatini rivojlantirish va rag‘batlantirish bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakatlar haqida boy axborotga ega bo‘ldik, – deydi «Shimol-Sharq 77 mahalliy missiyasi» NNT direktori Selin Martan (Fransiya). – Qonunchilik asosida tashkil etilgan va fuqarolik institutlarini salmoqli qo‘llab-quvvatlayotgan bunday tizim juda kam mamlakatlarda joriy qilingan. O‘zbekiston bu borada katta yutuqlarga erishmoqda.

Mamlakatimiz “uchinchi sektori”ning muhim ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlarini amalga oshirishga qo‘shayotgan hissasi yil sayin oshib bormoqda. Aynan ularning faol ishtirokida “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlari, 2014-2018-yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish dasturi, 2013-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi va boshqa hujjatlar ishlab chiqildi va hayotga joriy etilmoqda.

– O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquqiy, ijtimoiy-ma’naviy maqomini oshirish bilan shug‘ullanadigan fuqarolik jamiyati institutlari keng faoliyat ko‘rsatmoqda, – deydi “Evropa ayollari lobbisi” tashkiloti Italiya bo‘limi bosh kotibi Mariya Botarelli. – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasidan tortib fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarigacha bo‘lgan barcha tuzilmalar xotin-qizlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ularning bandligini ta’minlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Bunday tajriba chuqur o‘rganishga va boshqa davlatlarda ham qo‘llashga loyiqdir.

2013-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirokida fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dastur va rejalar ishlab chiqilib, amalga tatbiq etilmoqda. 2013-yilda hamkorlikdagi tadbirlar doirasida nodavlat notijorat tashkilotlarining axborot-tashkiliy faoliyatini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar bajarildi. 2014-yildagi tadbirlar ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligini oshirishga yo‘naltirildi. Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kompleks rejasi davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan.

Muxtasar aytganda, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini tashkiliy-huquqiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha hayotga tatbiq etilayotgan chora-tadbirlar nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish ko‘rsatkichlarida o‘z aksini topmoqda. 1991-yilda mamlakatimizda atigi 95 nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2000-yilga kelib ularning soni 2585 taga yetdi. 2000-2010-yillarda esa bu ko‘rsatkich 5431 tani tashkil etdi. Bugungi kunda mamlakatimizda 8240 nodavlat notijorat tashkiloti ro‘yxatga olingan.

Davra suhbati ishtirokchilarining fikricha, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar zamonaviy xalqaro tendensiyalariga to‘la javob beradi. Ular milliy davlatchilikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va erkinlashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy faolligini oshirish, inson huquq va manfaatlarini ta’minlashning huquqiy mexanizmlarini kuchaytirishga xizmat qilayotir.

Tadbir yakunida O‘zbekistonda “uchinchi sektor”ni yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.


Manba: O'zA

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...