A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Qonun ijrosi ko‘rib chiqildi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasida "Elektr energetikasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi raisi B.Niyozmatov, Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari E.Mamadiyorov, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati raisi o‘rinbosari M.Hakimov va boshqalar mamlakatimizda energetika tarmog‘i jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgani, sohaning huquqiy asoslari ham yil sayin takomillashib borayotganini alohida ta’kidladi.

Deputatlar, tegishli tashkilot va idoralar vakillari, ekspert va mutaxassislar hamkorligida sohaga oid qonun hujjatlarining joylardagi ijrosi muntazam o‘rganilayotgani tizimdagi islohotlarning muvaffaqiyatini ta’minlashga xizmat qilayotir.

“Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida o‘rganish jarayonida ishchi guruh tomonidan sohaga oid me’yoriy-huquqiy baza ko‘rib chiqilib, tegishli ma’lumotlar atroflicha tahlil qilingani qayd etildi. Yig‘ilishda mazkur masalalar bo‘yicha Qashqadaryo va Namangan viloyatlari hokimliklari mutasaddilarining axborotlari tinglandi.

Ushbu viloyatlarda sohani modernizatsiya qilish, energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish va energiya ishlab chiqaruvchi yangi quvvatlarni barpo etish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, energiya resurslarini tejash maqsadida Namangan viloyatida quyosh nuridan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba tariqasida ishga tushirilgan kompleks, Qashqadaryo viloyatida ishga tushirilishi mo‘ljallanayotgan stansiyalar bilan birga, mavjud issiqlik elektr stansiyalarida 1kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun sarf bo‘ladigan shartli yoqilg‘i miqdorini minimallashtirish borasidagi ishlar e’tiborga loyiq.

Shu bilan birga, joylarda hali yechimini kutayotgan masalalar hamda foydalanilmagan imkoniyatlar mavjud. Masalan, Talimarjon issiqlik elektr stansiyasining umumiy quvvatidan foydalanish darajasi 95 foiz bo‘lgani holda Muborak issiqlik elektr markazida ushbu ko‘rsatkich 50 foizni tashkil etmoqda. Elektr energiya ta’minotida barqarorlikka erishish, iste’molchilarning to‘lov intizomini mustahkamlash, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, malakali xodimlar tayyorlash va ularning kasb mahoratini oshirish talabga javob bermayotir.

Yig‘ilishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bu borada tizimli ishlarni tashkil etish, ushbu sohadagi mavjud qonunchilik bazasini takomillashtirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.


Manba: O'zA

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...