A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Sog‘lom avlod – sog‘lom kelajak

 

 

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida pediatriya tizimida erishilayotgan yutuqlar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va bolalar shifoxonalari olimlari hamda shifokorlar, yosh tadqiqotchilar, jurnalistlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri A.Alimov, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori D.Ahmedova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, pediatriyada jahon tibbiyotining ilg‘or uslublarini joriy etishga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining 2014-yil 1-avgustdagi «2014-2018-yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to‘g‘risida»gi qarori bu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim bosqichni boshlab berdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida aholi, jumladan, bolalarga birlamchi tibbiy-profilaktika, diagnostika, davolash yordami ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy tizim barpo etildi. Qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, hududlardagi ko‘p tarmoqli tibbiyot va diagnostika markazlari, shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiyot maskanlari tomonidan bu yo‘nalishda keng qamrovli chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda. Ayni paytda yurtimizdagi tibbiyot muassasalarida qariyb o‘n mingga yaqin pediatr, neontolog, bolalar jarrohi, oftalmolog, nevropatolog, stomatolog vrach bolalarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatmoqda.

«Sog‘lom ona – sog‘lom bola» modelida belgilangan chora-tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilishi natijasida ona-bola skrining va perinatal xizmat tarmog‘i tobora takomillashmoqda. Dunyo tajribasida ilk bor mamlakatimizda homilador ayollarga tarkibida shifobaxsh moddalari bo‘lgan polivitaminlarni bepul yetkazib berish amaliyoti joriy etildi.

Bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan shifo maskanlarini modernizatsiyalash, yangi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotir. Xususan, 2014-yili «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturi doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yangidan barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan bir qator bo‘limlari foydalanishga topshirildi. Buning natijasida mazkur muassasada diagnostika va davolash ishlari ko‘lami yanada kengaydi.

Pediatriya ilm-fani zamon bilan hamqadam rivojlanmoqda. Bugungi kunda olimlarimiz bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida jahon tibbiyotining ilg‘or texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirish barobarida ilm-fanning dolzarb masalalari yechimi yuzasidan ko‘plab ilmiy loyihalarni hayotga tatbiq etmoqda. Buning natijasida kardiojarrohlik, quloq, tomoq, burun, gastroenterologiya, nevropatologiya va boshqa yo‘nalishlarda yangi davolash amaliyotlari joriy etildi. Ushbu zamonaviy usullarni hududlardagi davolash muassasalarida ham keng tatbiq qilish maqsadida joylarda olimlar va yetakchi mutaxassislar ishtirokida muntazam ravishda o‘quv-uslubiy anjumanlar tashkil etilmoqda.

Bunday keng qamrovli chora-tadbirlar natijasida bolalarning kasallanish ko‘rsatkichi kamaymoqda. Mamlakatimiz bolalarining 92 foizi rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining standartlariga to‘la mos keladi.

Tadbirda pediatriya xizmatining bugungi holati va istiqboldagi ilmiy-amaliy loyihalar, tibbiyot muassasalarini modernizatsiyalash bo‘yicha rejalashtirilayotgan tadbirlar xususida ma’lumot berildi.


Manba: O'zA

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...