A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Jamoatchilik nazorati – taraqqiyot kafolati

 

Termizda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash hamda ularning ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

 

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi hamda mazkur hujjat asosida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonuni axborot tarqatish sifati va samaradorligini oshirishda muhim dasturilamal bo‘layotgani ta’kidlandi.

– Seminar mashg‘ulotlarida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash va jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlashda ommaviy axborot vositalarining roli chuqur tahlil etilgani ayni muddao bo‘ldi, – deydi viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi axborot xizmati xodimi Mirzohid Haydarov. – Ishtirokchilar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida axborot xizmatining maqsad va vazifalari hamda o‘z faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, matbuot anjumanlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha zarur ko‘nikmaga ega bo‘ldi.

Bugungi kunda viloyatda qirqqa yaqin ommaviy axborot vositasi faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda jamoatchilik nazorati o‘rnatishning me’yoriy-huquqiy asoslari mustahkamlanayotgani jurnalistlarning jamiyatdagi o‘zgarish va yangilanishlarga bo‘lgan qiziqishini oshirib, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan aloqalarini mustahkamlamoqda.

Tadbirda axborot xizmatlarining ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan aloqalarini yanada mustahkamlash, jamiyatda sodir bo‘layotgan yangilik va o‘zgarishlar, voqea-hodisalarni keng yoritish, jurnalistlarni davlat organlari huzurida akkreditatsiyadan o‘tkazish tartib-taomillari va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.


Manba: O'zA

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...