A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Yuksak salohiyatli mutaxassislar – kelajagimiz

 

 

Prezidentimizning shu yil 23-iyundagi 2015-2016 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, Termiz davlat universitetida abituriyentlardan hujjat qabul qilinmoqda.

 

Surxondaryo viloyatida xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari uchun yetuk malakali kadrlar tayyorlayotgan yagona oliy o‘quv yurti joriy yilda 34 bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha abituriyentlardan hujjatlar qabul qilmoqda.

Mustaqillik yillarida tubdan yangilangan ta’lim muassasasida zamonaviy o‘quv korpuslari va boshqa yangi inshootlar bunyod etilib, jahon standartlariga mos jihozlandi. Mavjud binolar rekonstruksiya qilinib, yangilari barpo etildi. Multimedia va komputer vositalari bilan jihozlangan keng, shinam auditoriyalar, lingafon va laboratoriya xonalari, 169 ming kitob fondiga ega zamonaviy axborot-resurs markazi, sport va boshqa inshootlar yoshlarning yetuk mutaxassis bo‘lib ulg‘ayishiga xizmat qilmoqda.

– Viloyatda malakali mutaxassislarga bo‘lgan talab o‘rganilganda, tuproqshunoslik bo‘yicha bakalavr va psixologiya bo‘yicha magistratura yo‘nalishiga ehtiyoj borligi ma’lum bo‘ldi, – deydi universitet rektori, qabul komissiyasi raisi, senator Mamat Haydarov. – Yangi o‘quv yilidan har ikkala yo‘nalish bo‘yicha ham kadrlar tayyorlash uchun abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinmoqda. Ularni mazkur sohalar bo‘yicha yetuk kadrlar etib tarbiyalash uchun barcha qulaylik mavjud.

Universitetning qabul rejasiga ko‘ra 2015-2016 o‘quv yili uchun 34 bakalavr mutaxassisligi bo‘yicha 1 ming 662, 13 magistratura yo‘nalishiga 63 nafar yigit-qiz o‘qishga qabul qilinadi. Qabul komissiyasining tahlillariga ko‘ra, bu holat abituriyentlar o‘rtasida kuchli raqobat muhitini yuzaga keltiradi. O‘tgan yili bir o‘ringa o‘rtacha yigirmaga yaqin abituriyentdan hujjat qabul qilingani ham bunga yaqqol misoldir.

Oliy o‘quv dargohida abituriyentlardan hujjatlarni tez, sifatli qabul qilish, ularga zarur maslahat va tavsiyalar berish uchun zamonaviy qulaylik yaratilgan. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar, shuningdek, qabul qilingan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar oynasi o‘rnatilib, kunlik qabul jarayoni yangilab borilmoqda. Suratga olish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, salqin ichimliklar savdosi va ota-onalar uchun maxsus jihozlangan xonalar tashkil etilgan. Komissiya tarkibiga jalb etilgan tajribali professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar abituriyentlar va ota-onalarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob berayotir.

– Kollejni muvaffaqiyatli tugatgan o‘g‘lim Olimjon o‘qishni davom ettirish uchun yaxshi niyatlar bilan informatika yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirdi, – deydi denovlik Dilorom Rahimova. – Universitetning yangi binolari havasimizni uyg‘otdi. Qabul komissiyasida yaratilgan sharoitdan mamnun bo‘ldik. Dunyoning ayrim davlatlarida farzandlarining ta’lim olishidan ko‘ra, ularni sog‘-omon voyaga yetkazish asosiy masalaga aylangan bir paytda o‘g‘il-qizlarimizning zamonaviy o‘quv yurtlarida ta’lim olib, kasb egallashi uchun barcha sharoitlar yaratib berayotgan Prezidentimizdan minnatdormiz.


Manba: O'zA

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...