A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Davlat idoralari ochiqligi: amaliyot va samara

 

 

Jizzaxda davlat idoralari ochiqligini ta’minlash va ularda ochiq ma’lumotlar bazasini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Namangan, Toshkent va Jizzax viloyatlari hokimliklari mas’ul xodimlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hududiy boshqarmalari mutaxassislari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

“Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: 2-bosqich” va “Elektron hukumat”ni rivojlantirish orqali davlat xizmatlarining sifatini oshirish” loyihalari doirasida “Ochiq ma’lumotlar bazasini shakllantirish”, “Toshkent viloyati hokimligi rasmiy veb-saytida “Ochiq ma’lumotlar”ni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar”, “Kommunikatsiya strategiyasi”, “Zamonaviy axborot xizmatlari: maqsad va vazifalar” mavzularida taqdimotlar o‘tkazildi.

Namangan, Toshkent, Jizzax viloyatlarida keyingi yillarda elektron hujjat aylanish tizimini joriy etish, davlat boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar aholiga elektron shaklda yetkazilishini ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha salmoqli ishlar qilindi. Jumladan, hokimliklarda elektron axborot xizmatlarining joriy etilishi tufayli mahalliy davlat boshqaruvi organlari faoliyati haqida aholi xabardorligini ta’minlash, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha xodimlarning malakasini oshirish, mintaqaviy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda nodavlat notijorat tashkilotlari va xususiy sektor ishtirokini ta’minlash borasida yaxshi samaralarga erishildi.

Bu ishlarni amalga oshirishda BMT Taraqqiyot dasturi bilan ham yaqin hamkorlik qilinmoqda. “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: 2-bosqich” va “Elektron hukumat”ni rivojlantirish orqali davlat xizmatlarining sifatini oshirish” loyihalari o‘tgan yillarda hamkorlikda olib borilgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘lib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha hukumat tomonidan strategik vazifalarni amalga oshirishni tezlashtirishga xizmat qilmoqda.

– O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan 2013-2020-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish majmuaviy dasturi izchil amalga oshirilayotir, – deydi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining “Elektron hukumat” tizimi axborot-resurslarini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Zuhriddin Shodmonov. – Ushbu dastur asosida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning strategik masalalariga alohida e’tibor qaratilib, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlar uchun yangi xizmatlar yaratish ishlari tezlashib borayotir. Bu yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirishda BMT Taraqqiyot dasturi bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani yaxshi samara bermoqda.

Ayni paytda mamlakatimiz internet tarmog‘ida “Ochiq ma’lumotlar portali” www.data.gov.uz veb-sayti o‘zbek va rus tillarida ishlab turibdi. Ushbu portaldan hozir 30 idoradan 15 yo‘nalish bo‘yicha 290 dan ortiq ma’lumot joy olgan. Hozirga qadar foydalanuvchilar tomonidan 22 mingga yaqin ma’lumot yuklab olingan. Portalda hudud, iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, ta’lim, aholi, transport, madaniyat, AKT, ko‘chmas mulk va biznesga oid ma’lumotlar ham mavjud.

Seminarda, shuningdek, “Ochiq ma’lumotlar portali” bazasini ma’lumotlar bilan to‘ldirish, hokimliklar rasmiy veb-saytlarida ushbu ma’lumotlarni yangilab borish, axborot xizmatlari samaradorligini oshirish, o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida fikr-mulohaza almashildi.


Manba: O'zA

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...