A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rni

 

 

Prezidentimiz Islom Karimov matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo‘llagan tabrigida odamiylik, insonni qadrlash, mehr-oqibat, bag‘rikenglik kabi yuksak fazilatlarni yoshlarning ongi va qalbiga chuqur singdirishda, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida barkamol insonlar etib tarbiyalashda media soha xodimlarining bilim va tajribasi, professional mahorati, grajdanlik pozitsiyasi muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.

 

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan «Mahalla institutining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni» mavzusidagi o‘quv-seminarda ushbu jihatlar e’tibor markazida bo‘ldi.

O‘quv-seminarda deputatlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi mutaxassislari, ekspert va olimlar qatnashdi.

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori A.Abdullayev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari maqomini kuchaytirish, ularning huquq va vakolatlarini kengaytirish masalalariga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda yaratilgan milliy qonunchilik fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, fuqarolar siyosiy ongini yuksaltirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, bandlik, aholining alohida ehtiyojli qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni davr bilan hamqadam yo‘lga qo‘yish imkonini bermoqda.

Sohaga ko‘rsatilayotgan e’tibor samarasida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), mas’ul kotibi, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi qonunlarga ko‘ra mahalla fuqarolar yig‘inlari qoshida yig‘in faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha o‘nga yaqin komissiya samarali ish olib bormoqda

Interfaol usulda o‘tkazilgan seminarda ishtirokchilar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asoslari, ularning oilada, mahallada barqaror ma’naviy-axloqiy muhitni ta’minlash, sog‘lom avlodni tarbiyalash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga doir boshqa masalalarni yechish borasidagi ishlari bilan tanishdi. Axborot-tahliliy materiallarning tayyorlanishida tezkorlik, dolzarblik, fuqarolar murojaatlari bo‘yicha ishlash kabi jihatlarga e’tibor qaratildi.


Manba: O'zA

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...