A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Innovatsion faoliyat istiqbollari

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining “O‘zbekistonda innovatsion faoliyatni yanada takomillashtirishning bugungi holati” mavzucidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari N.Umarov, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi A.Shodmonov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari O.Parpiyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida Vatanimiz ilmiy-texnik salohiyatini yanada mustahkamlash, fan yutuqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng dolzarb masalalarini hal etishga yo‘naltirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining farmon va qarorlari ilm-fan faoliyatini rivojlantirish, innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishni rag‘batlantirish, ilmiy xodimlar mehnatini qo‘llab-quvvatlashda yangi istiqbollarni ochib berdi.

Ilmiy-tadqiqot muassasalari va ilmiy-texnika dasturlarni bajaruvchi tashkilotlar tomonidan mehnatga haq to‘lash fondining 5 foizi miqdorida ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirishning maxsus jamg‘armalari tashkil etilgani yurtimizda innovatsion faoliyatni yangi bosqichga olib chiqish imkonini yaratdi.

Soha ravnaqi yo‘lida ko‘rsatilayotgan e’tibor natijasida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi innovatsion loyihalar sonining oshishi, ilmiy tadqiqotlar natijalari amaliyotga keng joriy etilishiga erishilmoqda. Mamlakatimizda an’anaviy ravishda o‘tkazilayotgan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi ilmiy g‘oyalarning intensiv rivojlanishiga, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasining yanada faollashishi, olimlar, tadqiqotchilar hamda ishlab chiqaruvchilar ishini o‘zaro muvofiqlashtirishga imkoniyat yaratmoqda.

Ushbu yarmarka samarasida fan va ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, integratsiya jarayonini tobora kuchaytirish, Fanlar akademiyasining innovatsion ishlanmalarini yirik ishlab chiqarish korxonalarida – qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va farmakologiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim kabi yetakchi sohalarga tatbiq etilishiga erishilmoqda.

Yig‘ilishda vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot muassasalarining fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ijro va byudjet intizomini mustahkamlash borasidagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.


Manba: O'zA

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...