A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Bunyodkorlik ishlarimiz xalqimiz manfaatlariga xizmat qilsin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida 30-iyun kuni Qashqadaryo viloyatiga keldi.

 

Qashqadaryo viloyati iqtisodiy salohiyati, yer osti va yer usti boyliklari, rivojlangan sanoat tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi bilan mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Omilkor va ishbilarmon insonlar mehnati tufayli barcha sohalarda ulkan muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilmoqda.

Viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi izchil o‘smoqda. Mamlakatimiz umumiy sanoat mahsulotining qariyb 11 foizi ushbu viloyatda ishlab chiqarilmoqda. Sho‘rtan va Muborak gaz-kimyo majmualari, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi kabi zamonaviy sanoat korxonalarida jahon bozorida xaridorgir mahsulotlar tayyorlanmoqda.

Yirik investitsiya loyihasi asosida Talimarjon issiqlik elektr stansiyasida yiliga 900 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish ishlari jadal davom etmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil 2-avgustdagi “2013-2016-yillarda Qashqadaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan dasturga asosan umumiy qiymati 2 milliard 98 million dollarga teng 555 loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Bugungi kungacha ularning 440 dan ortig‘i hayotga tatbiq etilib, sanoat sohasining yangi turlarini rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash va farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Qashqadaryo viloyatida ham ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy-ijtimoiy infratuzilma rivojlanib, shahar va qishloqlar qiyofasi tubdan o‘zgarib bormoqda.

Keyingi yillarda viloyat markazi Qarshi shahri har tomonlama rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, shaharning 2700-yilligi munosabati bilan ko‘hna Nasaf yanada go‘zal va obod maskanga aylandi.

Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2013-yil 25-iyuldagi “Qarshi shahrini kelajakda qayta qurish rejasi va zamonaviy yo‘l-transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qarshi shahrining hududi kengaytirilmoqda. Yangi avtostansiya va vokzallar, ko‘pqavatli uy-joylar, bog‘ va xiyobonlar, xizmat ko‘rsatish obyektlari bunyod etilmoqda.

Yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash maqsadida uzunligi 56 kilometr bo‘lgan halqa yo‘li qurilmoqda. Uning temir yo‘l va daryolar bilan kesishadigan nuqtalarida 6 zamonaviy yo‘l o‘tkazgich va ko‘priklar bunyod etilmoqda. Bu shahar havosi musaffoligini va harakat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Halqa yo‘lining Qashqadaryo daryosini kesib o‘tadigan qismida uzunligi 108, eni 27 metrlik yangi ko‘prik barpo etildi. Amir Temur ko‘prigi rekonstruksiya qilindi.

Prezidentimiz viloyatga safarini ushbu ko‘priklar bilan tanishishdan boshladi.

Bir paytlar Qashqadaryo deganda odamlarning ko‘z oldiga cho‘l kelardi. Qurilish va obodonlashtirish ishlariga e’tibor yo‘q edi. Bajarilgan qurilishlar ham mendan ketguncha, egasiga yetguncha qabilida, hisobot uchun qilinardi. Mustaqillik yillarida uzoqni ko‘zlab, izchillik bilan amalga oshirgan ishlarimiz samarasida Qarshi shahri obod va farovon bo‘lib borayotir. Buni zamonaviy inshootlar, mana shunday ko‘priklar misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin, dedi Islom Karimov.

Davlatimiz rahbari ko‘priklar atrofini obodonlashtirish, yo‘l va daryo bo‘ylariga hududning tabiiy iqlim sharoitiga mos manzarali daraxtlar o‘tqazish, aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun zarur bo‘ladigan barcha sharoit va qulayliklarni yaratish kerakligini ta’kidladi. Daryoning ikki qirg‘og‘ini mustahkamlash, sohilbo‘yini obodonlashtirish, qayiq stansiyasi tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Prezidentimiz Qarshi shahrining O‘zbekiston ko‘chasida bunyod etilgan ko‘pqavatli uylarni borib ko‘rdi.

Ilgari bu yerda rejasiz qurib tashlangan, ko‘rimsiz, pastqam uylar bo‘lardi. Ular keng va ravon yo‘lga mutlaqo mos kelmas, shaharning zamonaviy qiyofasini buzib turar edi.

Shaharning bosh rejasiga muvofiq, mazkur ko‘chada zamonaviy ko‘pqavatli uy-joylar barpo etildi. Ularning yuqori qavatlarida keng va shinam xonadonlar bo‘lib, birinchi qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari joylashgan.

Binolarning birinchi qavati devori granit, yuqori qavatlari oq marmar bilan qoplangani ajib chiroy baxsh etgan. Bunday arxitektura chang-g‘uborni sezdirmay, binoning asl qiyofasini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunyodkorlik ishlariga butun qalb qo‘rini bag‘ishlamoq kerak. Obodlik ko‘ngildan boshlanadi, degan so‘zlar xalqimiz qalbidan chuqur joy oldi, ezgu da’vatga aylandi, dedi Prezidentimiz. Odamlar o‘z uyini, ko‘chasini, mahallasini obod qilishga, baxtli hayot kechirishga intilib yashamoqda. Bu uy-joylarni qurishdan maqsadimiz ham xalqimizning obod va farovon yashashini ta’minlashdir. Ulardagi sharoit, atrofdagi muhit ham shunga mos bo‘lishi kerak.

Qarshi shahridagi ko‘chalar, maydon va xiyobonlardagi yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ana shu maqsadga xizmat qilmoqda. Aholi, ayniqsa, ayollar va bolalar bu yerda sayr qilib, hordiq chiqarmoqda.

Har bir shaharning bosh rejasi ustida ishlaganda, bino va yo‘llar qurayotganda besh-o‘n yilni emas, balki uzoq istiqbolni o‘ylab ish yuritish lozim. Ular har tomonlama mukammal manzara hosil qilsin, shu bilan birga, pishiq va mustahkam bo‘lsin, nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlarimizga ham xizmat qilsin, dedi Islom Karimov.

Davlatimiz rahbari qurilish va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, shahar qiyofasini yanada yaxshilash, aholining dam olishi uchun yanada ko‘proq qulayliklar yaratish, yo‘l bo‘ylarini ko‘kalamzorlashtirish va favvoralarni zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.


Manba: O'zA

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...