A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Ijtimoiy sheriklik samaradorligi yo‘lida

 

 

Ijtimoiy sheriklik – fuqarolik jamiyati institutlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tadbirkorlik subyektlari hamkorligining ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish hamda rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, ijtimoiy dolzarb masalalarni hal etishdagi o‘zaro munosabatlarning muhim jihatidir.

 

O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi ishlarning tashkiliy-huquqiy mexanizmini takomillashtirish, davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, nodavlat notijorat tashkilotlari faolligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotir. Unda aholining ijtimoiy faolligini yuksaltirish, bandlikka ko‘maklashish, atrof-muhit va aholi salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy bilimi va madaniyatini yanada oshirish bo‘yicha bir qator normalar aks etgan.

Termizda ushbu qonun ijrosini ta’minlashda xotin-qizlar qo‘mitalarining o‘rni va istiqbolli hamkorlik masalasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan davra suhbatida viloyat hokimi o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Mavluda Qobulova va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.

Surxondaryo viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyat adliya boshqarmasi va Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida qabul qilingan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga doir asosiy prinsiplarni huquqiy jihatdan mustahkamlash, ularning faolligini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

– Ushbu qonunda ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari va ularni amalga oshirish tartibi, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanilishi hamda ijtimoiy sheriklik subyektlarining huquq va majburiyatlari aniq belgilab berilgan, – deydi Surxondaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Abdukarim Ahmedov. – Bu jamiyatda nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini yanada kuchaytirib, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish uchun keng imkoniyat yaratdi. Qonunning ijrosini ta’minlashda viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorligi muhim ahamiyat kasb etayotir. Ayni paytda qo‘mita tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, turli tadbirlar, ijroga yo‘naltirilgan dasturlar va tashabbuslar xalqimiz hayoti yanada farovon bo‘lishiga, aholi, xususan, ayollarning og‘irini yengil qilishga hissa qo‘shayotgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbirda qonun ijrosini ta’minlash samaradorligini oshirish yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.


Manba: O'zA

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...