A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Avlodlar uchrashuvi

 

 

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan “Avlodlar uchrashuvi” ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Unga matbuot sohasida uzoq yillar samarali ishlagan faxriy jurnalistlar, bosma va elektron media tuzilmalarda mehnat qilayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari, “Mahorat maktabi” tinglovchilari, talaba-yoshlar taklif etildi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi T.Norboyeva va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda axborot sohasini isloh etish, so‘z va axborot erkinligini ta’minlash bo‘yicha izchil va bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Bu borada ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay sharoitlarni yaratish, kadrlarning kasb salohiyatini yuksaltirish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2011-yil 30-dekabrdagi “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida”gi qarori ommaviy axborot vositalari, matbaa, nashriyot korxonalari va matbuot tarqatuvchi tashkilotlar faoliyatini zamon talablari darajasida rivojlantirish, ularning jamiyat hayotidagi ta’siri va ishtirokini tobora kuchaytirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yoshlarni har jihatdan barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, yurtimizda kechayotgan o‘zgarish va yangilanish jarayonlarini keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalarining hissasi kattadir. Shu bois soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni yangi ijodiy marralar sari ruhlantirish doimiy e’tiborda.

Bu yo‘nalishdagi ezgu sa’y-harakatlarda Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi ham munosib ishtirok etmoqda. Mazkur jamoat tashkiloti tomonidan “Insonga naf keltirish – oliy baxt” respublika an’anaviy ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov, “Yilning eng faol jurnalisti” respublika ko‘rik-tanlovlarida tashkilot maxsus nominatsiya va mukofot bilan faol qatnashmoqda.

Tadbirda faxriy jurnalistlar, bosma va elektron OAV xodimlariga esdalik sovg‘alari, “Mahorat maktabi” tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi.


Manba: O'zA

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...