A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Axborot xizmatlari: faoliyat va samaradorlik

 

 

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazishda axborot xizmatlarining o‘rni va roli beqiyos.

 

Shu bois barcha davlat organlarida axborot xizmatlari faoliyati takomillashtirib borilmoqda. Ularning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi natijasida sohaga oid axborot va yangiliklar keng jamoatchilikka o‘z vaqtida yetkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida bojxona organlari axborot xizmatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va OAV bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan seminarda shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va sohani yanada takomillashtirish haqida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda OAV xodimlari, oliy o‘quv yurtlarining jurnalistika fakultetlari o‘qituvchi va talabalari, videokonferensaloqa tizimi orqali hududiy bojxona organlari axborot xizmatlari, mahalliy tahririyatlar vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda bojxona organlari mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda samarali faoliyat yuritayotgani ta’kidlandi. Sohadagi ishlar samaradorligida tizimda ochiq-oshkoralikni ta’minlashga bo‘lgan e’tibor muhim ahamiyat kasb etayotir. Bu tadbirkorlarning, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining tizimga oid qabul qilinayotgan qonun hujjatlaridan, o‘rnatilgan tartib-qoidalardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lishini ta’minlashga, muhimi, ularga amal qilish mas’uliyati ortishiga zamin yaratmoqda.

Bojxona organlari tizimi axborot xizmatlari faoliyatini yuqori saviyada tashkil etish uchun zarur zamonaviy moddiy-texnik baza yaratilgan. Soha xodimlarining mas’uliyatli faoliyati telelavha, eshittirish va maqolalarda keng yoritilmoqda. 2015-yilning o‘tgan besh oyi davomida markaziy va mahalliy bosma va elektron nashrlarda olti yuzga yaqin maqola chop etilgan bo‘lsa, telekanallarda uch yuzdan ortiq lavha efirga uzatildi. O‘tgan oylarda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, keng jamoatchilik bilan ko‘plab uchrashuvlar tashkil qilingan. Bu borada Andijon, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahar bojxona boshqarmalari, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmatlari sezilarli natijalarga erishmoqda.

Qo‘mita rasmiy veb-sayti orqali interfaol xizmatlar ko‘rsatish ko‘lami tobora kengayib borayotir.

Seminar ishtirokchilari turli tashkilot va idoralar faoliyati ochiqligini ta’minlashda axborot xizmatlarining o‘rni, jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish istiqbollari va boshqa dolzarb mavzular bo‘yicha fikr almashdi.


Manba: O'zA

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...