A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Iqtisodiy o‘sishning muhim omili

 

 

Tayyor mahsulot mahalliylashtirilishi darajasini oshirish iqtisodiyotni barqaror va izchil rivojlantirish, uning tashqi omillariga tobeligini kamaytirish, ishlab chiqarish jarayoniga istiqbolli texnologiyalar tatbiq etilishini jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mahalliylashtirish dasturlarining amalga keng tatbiq etilishi samarasida O‘zbekistonda har yili 4 milliard dollardan ziyod qiymatdagi import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Mamlakatimizda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy baza yaratilgan. Xususan, davlatimiz rahbarining 2015-yil 11-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan 2015-2019-yillarga mo‘ljallangan tayyor mahsulot, butlovchi qismlar va materiallarni mahalliylashtirish va ishlab chiqarish dasturi bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kengaytirishga qaratilgan. Dasturga muvofiq 2019-yilgacha umumiy qiymati 5 milliard dollardan ziyod 600 dan ortiq loyihani amalga oshirish belgilangan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan Iqtisodiyot vazirligining mahalliylashtirish dasturi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti eshituvida shular haqida so‘z yuritildi.

Mamlakatimizda tayyor mahsulot, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha qabul qilinayotgan tizimli chora-tadbirlar natijasida 2010-2014-yillarda mahalliylashtirish loyihalarini tatbiq etayotgan korxonalar tomonidan 46 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Bu boradagi ishlab chiqarish hajmi 2,3 marotaba oshib, 10 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Mahalliylashtirish dasturlari samarasida so‘nggi 15-yil davomida 4 ming turdagi import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Sohaning jadal rivojlanishini ta’minlashda mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirishga zamonaviy yondashuv ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, yangi mahsulot turlarini ko‘paytirish va xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi.


Manba: O'zA

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...