A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Hisobvaraqlardagi mablag‘ – yoshi ulug‘larga madad

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining Andijon va Namangan viloyatlaridagi ijrosini o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Tadbirda deputatlar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, Soliq qo‘mitasi, “Xalq banki” mas’ul xodimlari, Andijon va Namangan viloyatlari hokimliklari mutasaddi rahbarlari ishtirok etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Yo.Umarov, “Xalq banki” raisining o‘rinbosari S.Annaqlichev va boshqalar mamlakatimizda fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti sohasida yagona tizim yaratilgani pensioner va nogironlarni manzilli himoya qilish, ularning turmush darajasi va hayot sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

"Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi qonun pensiya ta’minoti sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotir. Mazkur qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarga asosan yurtimizda jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimida joriy yilning 1-yanvarida jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti ishtirokchilari soni 8 million 704 mingtadan oshgan.

Tadbirda Andijon va Namangan viloyatlarida “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi qonun ijrosini o‘rganish davomida yechimini kutayotgan masalalar mavjudligiga ham e’tibor qaratildi. Qonunning 13-moddasida ish beruvchining majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish, ularni yuritish tartibiga rioya qilish, badallarni to‘liq hisoblab chiqarish hamda o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazorat moliya, davlat soliq xizmati organlari va “Xalq banki” tomonidan amalga oshirilishi belgilangan bo‘lsa-da, ular orasida o‘zaro hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari holati to‘g‘risida fuqarolarga xabarnomalar yetkazilmagani qayd etildi.

Jamg‘arib boriladigan pensiya badallari mablag‘lari o‘tkazilgan xodimlar reyestri o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi holati yuzasidan nazoratni kuchaytirish, yakka tartibdagi tadbirkorlarning ijtimoy himoyasini ta’minlash maqsadida ularning ham jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirokini majburiy tarzda belgilash, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi avtomatlashtirilgan yagona elektron ma’lumotlar bazasini yanada takomillashtirish kabi qator vazifalar belgilab olindi.


Manba: O'zA

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...