A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2014-yildagi hamda 2015-yilning birinchi choragidagi ijrosi ko‘rib chiqildi

 

11-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari, ekspertlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida so‘zlagan nutqida istiqbolda mamlakatimiz iqtisodiyotida tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratishni, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlarini izchil davom ettirishni asosiy vazifalar sifatida belgilab berdi.

Deputatlar shunga tayangan holda kunning birinchi yarmida parlamentning mamlakatimiz Konstitutsiyasida belgilangan vakolatlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2014-yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotini batafsil ko‘rib chiqdilar.

Qayd etish joizki, mamlakatimiz asosiy moliyaviy hujjatining ijrosi ustidan parlament nazorati doimo deputatlar korpusining diqqat markazida turadi. Ushbu yo‘nalishda aniq tizim yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari ijrosi yakunlarining qo‘mitalar, siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi majlislaridagi dastlabki tarzda muhokamasi kiradi. Yig‘ilishlar yakunida deputatlar birlashmalarining tegishli qarorlari qabul qilinib, nuqtai nazarlari shakllantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2014-yildagi ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – moliya vaziri R.Azimov ma’ruza qildi.

Qonunchilik palatasi majlisida iqtisodiyotda 2014-yil davomida erishilgan ijobiy tarkibiy siljishlar, sifat o‘zgarishlari va ijobiy tendensiyalar, shuningdek, samarali pul-kredit hamda soliq-byudjet siyosatining amalga oshirilishi mamlakatimizni rivojlantirishning yuqori sur’atlarini saqlashning muhim shartlari bo‘lib, aholi bandligi va daromadining o‘sishiga ko‘maklashdi, davlat byudjetining yil boshida YaIMga nisbatan belgilangan 1 foiz taqchillik o‘rniga YaIMga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan ijro etilishiga imkon bergani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2014-yildagi ijrosi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning yuqori sur’atlarda o‘sishini tavsiflovchi mustahkam va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sharoitlarida amalga oshirildi.

2014-yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 8,1 foizga o‘sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 6,9 foizga, kapital qurilish 10,9 foizga, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi. Inflatsiya darajasi prognoz ko‘rsatkichdan past bo‘ldi va 6,1 foizni tashkil etdi.

O‘tgan yilda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, mamlakatimiz aholisining turmush sifatini va darajasini muttasil oshirib borish masalalariga hukumat tomonidan katta e’tibor qaratildi. Xususan, 2014-yilda fuqarolarning real daromadlari 10,2 foiz, byudjet tashkilotlari xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi, pensiyalar, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalar miqdori 23,2 foiz oshdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2014-yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni har tomonlama muhokama qilish chog‘ida barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi vakillari so‘zga chiqdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasidan so‘zga chiqqan deputatlar bank tizimining isloh etilishi iqtisodiyotimizning barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashda muhim omil bo‘lganligini, buning natijasida tijorat banklarining jami kapitali deyarli 25 foizni tashkil etganligini ta’kidlab o‘tdilar. Bank tizimining mustahkamlanishi 2014-yilda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini 12 foizdan 10 foizga va tijorat banklarining kreditlar bo‘yicha foiz stavkasini ham shunga mos ravishda kamaytirish uchun zarur imkoniyatlar yaratdi. Banklar tomonidan faqat ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan kreditlar hajmi 2013-yilga nisbatan 1,2 barobar, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratilgan kreditlar esa 1,3 barobardan ziyod oshdi.

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish borasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlar partiya elektorati manfaatlariga javob beradi.

Sanoatning yengil, oziq-ovqat va qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi ko‘p mehnat talab qiladigan tarmoqlarida ishchilarning eng ko‘p soni ilgarigi 100 kishidan 200 kishigacha oshganligi kichik biznesni rag‘batlantirish chora-tadbirlari tizimidagi muhim qaror bo‘ldi. O‘zbekiston 2014-yilda biznes yuritish shart-sharoitlari bo‘yicha reytingda sakkiz pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi.

O'zbekiston ”Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari o‘z saylovoldi platformasidan kelib chiqib, eksport qiluvchi korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va eksportni diversifikatsiya qilish, mahalliy mahsulotni sotish uchun yangi bozorlarni o‘zlashtirish bo‘yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning yuqori natijalariga alohida e’tibor qaratdilar. Xususan, o‘tgan yilda 500 dan ziyod yangi korxona, birinchi navbatda, kichik biznes subyektlari eksport faoliyatiga jalb etildi. Tashqi savdo balansidagi ijobiy saldo 180 million AQSh dollarini tashkil etdi, oltin valyutasi zaxiralari 1,6 milliard AQSh dollariga oshdi, bu esa milliy iqtisodiyotimizning yanada mustahkamlanishiga ko‘maklashdi.

Fraksiya vakillari joylarda soliq qonunchiligiga xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan rioya qilinishini ta’minlash va taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalardan samarali foydalanish, byudjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish asosida mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlash, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mavjud imkoniyatlar hamda rezervlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. So‘zga chiqqanlar bozor talablari asosida iqtisodiy muhitni tashkil etishga, hududlarning ishlab chiqarish va resurs imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida yuqori texnologik kichik sanoat korxonalarini rivojlantirishga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasidan so‘zga chiqqanlar o‘tgan yilda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, mamlakatimiz aholisining daromadlari va turmush darajasini muttasil oshirib borish masalalari hukumatning diqqat markazida bo‘lganini qayd etdi. Hisobot davrida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan umumiy xarajatlarning 58,8 foizi miqdorida mablag‘ ajratilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi vakillari 2014-yilda ayrim byudjet tashkilotlarida va byudjet mablag‘larini oluvchi tashkilotlarda byudjet mablag‘laridan maqsadsiz va samarasiz tarzda foydalanish holatlariga yo‘l qo‘yilganligini ham ta’kidladilar. Shu munosabat bilan deputatlar markazda va joylarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining byudjet mablag‘larining samarali va maqsadli sarflanishini ta’minlash borasidagi mas’uliyatini oshirish, shuningdek, Byudjet kodeksi normalari va qoidalarining ijrosi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish bo‘yicha bir qator takliflar bildirdilar.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolarining fikriga ko‘ra, 2014-yilda iqtisodiy dasturning tizimli ravishda amalga oshirilishi natijasida o‘sishning yuqori barqaror sur’atlarini saqlash, makroiqtisodiy muvoziylik, mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash ta’minlandi. Hisobot davrida Vazirlar Mahkamasi ilm-fanni rivojlantirishga katta e’tibor qaratgani, bu esa partiyaning dasturiy vazifalariga to‘liq mos kelishi alohida e’tirof etildi. Xususan, hisobot davrida ilm-fanni rivojlantirishga 187 milliard so‘m yoki 2013-yilga nisbatan 13,6 foiz ko‘p mablag‘ sarflandi.

Shu bilan bir qatorda, fraksiya a’zolari davlat ilmiy-texnik dasturlarining, tarmoqlar bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarning, shuningdek, innovatsion ishlanmalar loyihalarining ustuvor yo‘nalishlarini moliyalashtirishni maqbullashtirish yuzasidan takliflarini bildirdilar.

O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi a’zolari atrof- muhitni va aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlari qatoriga kiritilganini ta’kidlab o‘tdilar. Shu sababli O‘zbekistonda mustaqillikka erishilgan ilk kunlardan boshlab tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, hozirgi va kelgusi avlodlar uchun atrof- muhitni saqlashga qaratilgan yo‘nalish qabul qilingan.

Majlisda deputatlar guruhi a’zolari mamlakatimizda atrof-muhitni va aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish vazifalarini hal etish bo‘yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlarni ijobiy baholadilar. Xususan, 2014-yilda atrof-muhitni muhofaza qilish uchun Davlat byudjeti xarajatlari 547,2 milliard so‘mni tashkil etdi. Shu jumladan, suv va yer resurslari muhofazasiga 18,6 milliard so‘m, o‘simlik va hayvonot dunyosi muhofazasiga 7,1 milliard so‘m, bioxilma-xillikni saqlash uchun 7,3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Muhokama davomida bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarni inobatga olib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2014-yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqladi va tegishli qaror qabul qildi.

* * *

Kunning ikkinchi yarmida deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2015-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqdilar. Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari M.Mirzayev ma’ruza bilan so‘zga chiqdi.

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2015-yil birinchi choragidagi ijrosi Byudjet kodeksi asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlangan ko‘rsatkichlarga muvofiq amalga oshirildi. Davlat byudjeti profitsit bilan ijro etildi.

Iqtisodiyotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlovchi amaldagi strategiyani davom ettirish, buning uchun mavjud rezervlar va imkoniyatlardan keng foydalanish joriy yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsulotining (YaIM) 7,5 foizga oshishini ta’minlagani qayd etildi. Bunda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash inflatsiyaning prognoz ko‘rsatkichlardan ortiq bo‘lmagan past darajada kuzatildi.

2015-yilning birinchi choragida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi – 7,9 foiz, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi – 11,2 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish – 6,3 foiz, xizmatlar hajmi 13,1 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi – 15,2 foiz o‘sdi.

Yil boshidan buyon mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hududiy dasturlarini amalga oshirish doirasida 434 ta yangi ishlab chiqarish obyekti foydalanishga topshirildi. Qishloq joylarida 169 kilometr suv quvuri tarmoqlari, 54 kilometr gaz tarmoqlari ishga tushirildi, 1,3 million kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi. Joriy yilda qishloq joylarida namunaviy loyihalar bo‘yicha zarur muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo‘lgan 12 mingta yakka tartibdagi uy-joy qurishni tashkil etish borasida chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Ko‘rilayotgan tizimli chora-tadbirlar faqat joriy yilning birinchi choragida 8 mingtadan ortiq yangi kichik biznes subyektining tashkil etilishiga ko‘maklashdi, bu 2014-yilning shu davridagiga qaraganda 10,2 foiz ko‘pdir. Kichik biznes subyektlariga 2014-yilning birinchi choragidagiga nisbatan 1,3 barobar ko‘p bank kreditlari ajratildi. Yil boshidan buyon xususiy mulkdorlarga 55 ta davlat aktivi realizatsiya qilindi, shu jumladan, 13 ta obyekt investorlarga 9,7 milliard so‘mlik investitsiyalar kiritish majburiyati asosida bepul berildi.

Aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish natijasida joriy yilning birinchi choragi mobaynida 141 mingtadan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi, ulardan 88 mingtadan ortig‘i yoki 62,6 foizi qishloq joylariga to‘g‘ri keladi.

”Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida keksalarga munosib e’tibor ko‘rsatish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini yuksaltirishga doir tadbirlarni faol amalga oshirish jarayoni boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2015-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni har tomonlama muhokama qilish chog‘ida barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston ekologik harakati deputatlar guruhi vakillari so‘zga chiqdilar. Ular mamlakatimiz asosiy moliyaviy hujjati ko‘rsatkichlari joriy yilda barcha davlat va xo‘jalik organlari tomonidan aniq ijro etilishi zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2015-yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqladi va tegishli qaror qabul qildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining
Axborot xizmati


Manba: O'zA

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...