A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

“Kamolot” uylari iste’dodli yoshlarga

 

 

Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi Tinchlikobod mahallasida “Kamolot” uylari qurib foydalanishga topshirildi. Har biri 32 xonadondan iborat ikkita to‘rt qavatli zamonaviy uyda endilikda mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan, fan, ta’lim, madaniyat va sport sohalarida yuksak natijalarga erishgan yoshlar istiqomat qiladi.

 

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, yosh oilalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori navqiron avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning jamiyat hayotida yanada faol ishtirok etishi va hech kimdan kam bo‘lmagan insonlar bo‘lib o‘rin egallashida dasturilamal bo‘lmoqda.

Ushbu qaror asosida tasdiqlangan dasturga muvofiq mamlakatimizning har bir hududida ikkitadan “Kamolot” uylarini qurish, ularni faol yosh oilalarga imtiyozli kredit asosida berish, bu turar joylar negizida kelgusida «Kamolot» shaharchalari barpo etish ko‘zda tutilgan.

Mazkur hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrda “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Kamolot” uylarini qurish hamda foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni ko‘p kvartirali uylar sifatida rekonstruksiya qilish, Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasiga teng bo‘lgan foizli stavkada ipoteka krediti asosida yosh oilalarga mulk qilib berish tartibi belgilangan. E’tiborlisi, tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga kvartira sotib olish, yakka tartibda uy qurish yoki uni rekonstruksiya qilish uchun berilayotgan ipoteka kreditlaridan farqli ravishda «Kamolot» uylaridagi kvartiralar 20-yilga kreditga beriladi, uning dastlabki 5-yili imtiyozli davr hisoblanadi, boshlang‘ich badal talab qilinmaydi.

Tinchlikobod mahallasida qad rostlagan ko‘p qavatli uylar ham ana shu xayrli ishning mahsulidir.

– Yosh oilalarning o‘z uyiga ega bo‘lishi ularning kelgusi hayotida muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi “Nihol” mukofoti sovrindori Iroda Ismoilova. – Yurtboshimizning yoshlarga ko‘rsatayotgan e’tibori va g‘amxo‘rliklari tufayli biz ham o‘z uyimizga ega bo‘ldik, bundan behad mamnunmiz.

“Kamolot” uylarini topshirish marosimida navqiron avlod uchun ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘rlik yigit-qizlarimizning Vatan ravnaqi yo‘lida sidqidildan mehnat qilishi, o‘qib-izlanishi uchun ulkan rag‘bat bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.


Manba: O'zA

 

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...