A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Hukumatlararo komissiya majlisi

 

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Eron hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, sarmoya, bank-moliya, neft-gaz, kimyo, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, to‘qimachilik, fan va texnologiyalar, transport va transport kommunikatsiyalari, bojxona, sayyohlik, elektrotexnika kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, komissiya hamraisi Elyor G‘aniyev O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi hamkorlik ko‘plab yo‘nalishlarda, jumladan, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy sohalarda rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi.

Mamlakatlarimiz o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishi uchun shartnomaviy-huquqiy asoslar yaratilgan. Savdo-iqtisodiy aloqalar, sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish, ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish, o‘zaro savdo imtiyozlari, temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlik borasida erishilgan kelishuvlar amal qilmoqda.

Ikki mamlakat ham savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish borasida ulkan salohiyatga ega. 2014-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 374,9 million, joriy yilning birinchi choragida 140,9 million AQSh dollarini tashkil qildi. O‘zbekistonda Eron sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 120 ga yaqin qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Yurtimizda ushbu mamlakatning 8 yetakchi kompaniyasi o‘z vakolatxonasini ochgan.

Transport-kommunikatsiya sohasi o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishidir. 2011-yilda O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon temir yo‘l koridorini ishga tushirish bo‘yicha bitim imzolangani bunga misol bo‘la oladi. Majlisda ushbu loyiha Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Hukumatlararo komissiya majlisida O‘zbekiston va Eron o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirishdan, keng ko‘lamli savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi. Mamlakatlarimiz transport va transport kommunikatsiyalari, oziq-ovqat, meva-sabzavotchilik, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, farmatsevtika kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish borasida katta salohiyatga ega ekani qayd etildi.

Muzokarada Eron delegatsiyasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli xususiylashtirish jarayoni, iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lida izchillik bilan olib borilayotgan islohotlar natijalari, aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratilayotgan sharoitlar, “Navoiy”, “Jizzax” va “Angren” industrial zonalaridagi imkoniyatlar bilan tanishtirildi.

– Eron O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor bilan qaraydi, – dedi Eron sanoat, konchilik va savdo vaziri, komissiya hamraisi Muhammadrizo Ne’matzoda. – Bunday uchrashuvlar o‘zaro hamkorligimiz qamrovini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, O‘zbekiston bilan iqtisodiyot, sanoat, texnika va texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, transport va transport kommunikatsiyalari, yuk tashish xizmati, farmatsevtika kabi sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish niyatidamiz.

Muzokarada o‘zaro hamkorlikda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Savdo, iqtisodiyot, transport va tranzit, bojxona, fan va texnika, qishloq xo‘jaligi, sayyohlik, bank-moliya kabi yo‘nalishlardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shu kuni O‘zbekiston va Eron ishbilarmon doiralarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakatning iqtisodiy salohiyati, mavjud imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish yuzasidan fikr almashildi. Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati sohalaridagi hamkorlikni izchil rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


Manba: O'zA

 

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...