A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

O‘zbekiston parlamentarizmi taraqqiyoti – ekspertlar e’tiborida

 

 

Toshkentda parlament demokratiyasini rivojlantirish bo‘yicha milliy tajriba va xalqaro amaliyot muhokamasiga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Demokratiya va inson huquqlari instituti va Germaniyaning F.Ebert nomidagi jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda parlament a’zolari, davlat tuzilmalari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar xodimlari ishtirok etdi.

Davra suhbatida mamlakatimiz siyosiy tizimi barqaror va jadal rivojlanayotgani, ikki palatali parlamentning professional faoliyati, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlarining roli kengayib borayotgani qayd etildi.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov, Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori S.Xo‘jayeva va boshqalar O‘zbekistonda zamonaviy parlamentarizmni rivojlantirish mamlakatimizni yanada demokratlashtirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Huquqiy demokratik davlat qurish borasidagi islohotlarning izchil amalga oshirilishi samarasida markaz va joylardagi qonunchilik hamda vakillik hokimiyatining vakolatlari va nazorat vazifalari kuchaytirilayotir.

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi qoidalarining hayotga tatbiq etilishi bu borada muhim omil bo‘layotgani qayd etildi. Ushbu konsepsiya asosida Konstitutsiyamizning qator moddalariga muhim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 2014-yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan saylov davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda siyosiy partiyalarning roli sezilarli ravishda oshganini ko‘rsatdi. Saylov yakunlari bo‘yicha parlament quyi palatasida eng ko‘p o‘rin olgan partiya Bosh vazir nomzodini ko‘rsatdi.

Davra suhbatida Oliy Majlisning parlament nazorati kabi muhim vazifasi haqida ham so‘z yuritildi. Bu hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimi faoliyat ko‘rsatishining samarali mexanizmidir. Masalan, bugungi kunda Oliy Majlis mamlakatimiz hukumatining taqdimotiga ko‘ra, har yili ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini ko‘rib chiqib tasdiqlamoqda, ushbu dastur bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirmoqda.

Tadbir qatnashchilari e’tiboriga mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish tizimini yanada rivojlantirish maqsadida shu yilning mart oyida tashkil etilgan Demokratiya va inson huquqlari institutining taqdimoti havola etildi. Davlat boshqaruvi va jamiyat qurilishini demokratlashtirish, so‘z erkinligi, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, tadbirkorlar huquqlarini ta’minlashga ko‘maklashish institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ekani qayd etildi.

Davra suhbatida parlament demokratiyasini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajriba ko‘rib chiqildi va muhokama etilgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

– Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi tufayli tajriba almashish, demokratiya jarayonlarini takomillashtirishning dolzarb masalalarini muhokama etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdamiz, – dedi F.Ebert nomidagi jamg‘armaning mintaqaviy vakili Per Teshendorf. – Jamg‘armamiz O‘zbekiston bilan ko‘p yillardan buyon hamkorlik qilib keladi. Demokratiya va inson huquqlari institutining tashkil etilishi esa hamkorligimizni yanada kengaytirishga ko‘maklashadi.


Manba: O'zA

 

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...