A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Keksalar doimo e’tibor va e’zozda

 

 

 

Yoshi ulug‘ insonlarga mehr-e’tibor ko‘rsatish xalqimizga xos azaliy fazilat. Bir necha ming yillik an’ana va qadriyatlarimizda bu xususiyat asosiy mezonlardan sanaladi. Qarisi bor uyning fayzi, barakasi o‘zgacha bo‘ladi. Oilaviy qadriyatlar bardavomligi, qarindosh-urug‘ o‘rtasidagi mehr-oqibat, farzandlar ta’lim-tarbiyasida ularning o‘rni juda katta.

 

Prezidentimiz tashabbusi bilan Keksalarni e’zozlash yili deb e’lon qilingan joriy yilda bu qadriyat yana ham o‘zgacha ulug‘vorlik kasb etib, yurtimizdagi har bir xonadon, mahallada o‘z ifodasini topmoqda. Yoshi ulug‘ insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy muhofaza qilish, ularga munosib turmush sharoiti yaratish, umriga umr qo‘shish kabi ezgu maqsadlar mujassam “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi asosida bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Dasturda belgilangan xayrli ishlarda yurtimizdagi nodavlat notijorat tashkilotlari ham faol ishtirok etayotgani e’tiborlidir.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi tomonidan yoshi ulug‘ insonlarga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ularni tizimli asosda sog‘lomlashtirish, keksalar va nogironlarni yordamchi hamda texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

– Sog‘lom avlodni kamolga yetkazishda keksalarning hayotiy tajribasi, maslahat va o‘gitlarining ahamiyati beqiyos, – deydi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi Samarqand viloyati bo‘limi raisi Rahima Rahmonova. – Xonadonimizdagi keksalar sog‘lom turmush asosida hayot kechirsa, har tomonlama salomat bo‘lsa, shu oilada kamolga yetayotgan farzandu nabiralar ham sog‘lom o‘sadi. Ayni maqsadlardan kelib chiqib, yil boshidan buyon viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylari, yuz yoshdan oshgan yurtdoshlarimizni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, ularga zarur dori-darmon, gigiyena vositalari tarqatildi. Imkoniyati cheklangan va salomatligida nuqsoni bo‘lgan keksalarga nogironlik aravachasi, eshitish moslamasi va boshqa tibbiy reabilitatsiya vositalari berildi. Jumladan, Samarqand shahrida yashovchi 100 yoshli Mariya Tinning xonadoniga borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdik va onaxonga dori-darmon bilan birga nogironlik aravachasi topshirdik. Ayni paytda jamg‘armamiz xodimlari Bulung‘ur tumanida tibbiy ko‘rik o‘tkazmoqda. Viloyatimizdagi Saxovat va Muruvvat uylarida istiqomat qilayotgan nuroniylar uchun 80 million so‘mlikdan ziyod tibbiy vositalar, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari ajratildi.

Jamg‘arma viloyat bo‘limi tomonidan viloyat oftalmologiya shifoxonasiga ko‘z kasalliklarini aniqlash va davolashga mo‘ljallangan zamonaviy tibbiy uskunalar olib berilgan bo‘lib, bu yerdagi malakali mutaxassislar aholiga yuqori sifatli bepul tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Yil boshidan buyon mazkur zamonaviy apparatlar yordamida 400 dan ortiq keksaga aniq tashxis qo‘yilib, davolandi, jarrohlik amaliyoti bajarildi.

Bunday xayrli ishlar yil davomida amalga oshiriladi.


Manba: O'zA

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...