A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Har bir bola mehr va e’tibor og‘ushida

 

 

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bolalarga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga doir ezgu sa’y-harakatlar sog‘lom va mustaqil tafakkurli avlodni voyaga yetkazishda asosiy omil bo‘lmoqda.

 

“Turkiston” saroyida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda bu jihatlar yanada bir karra o‘zining yaqqol ifodasini topdi. “Sen yolg'iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan tadbirga yurtimizning turli hududlaridagi Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari taklif etildi.

“Sen yolg'iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi Vasiylik kengashi raisi L.Karimova-Tillayeva mamlakatimizda yosh avlodni har jihatdan sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularga puxta bilim berish, kasb-hunarga o‘rgatishga qaratilayotgan yuksak e’tibor tufayli o‘g‘il-qizlar hech kimdan kam bo‘lmay kamol topayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda yosh avlod manfaatlarini himoyalashga doir ibratli ishlar bolalarning puxta bilim olishi, ularning iste’dodi va ijodiy salohiyatini to‘g‘ri shakllantirish, o‘z vaqtida yuzaga chiqarish, har jihatdan qo‘llab-quvvatlashda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bu borada turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining ijtimoiy hamkorlik asosida faoliyat ko‘rsatayotgani o‘g‘il-qizlarni huquqiy himoyalash, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga yaqindan ko‘maklashish imkonini bermoqda.

“Sen yolg'iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda murakkab taqdirli bolalarga huquqiy, ijtimoiy, tibbiy, ma’naviy-psixologik ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan tizimli faoliyat olib bormoqda. O‘tgan yillar mobaynida Mehribonlik uylarini kapital rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, ularning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. O‘quvchilarning ta’limdan tashqari bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan fan, sport, badiiy ijodiyot to‘garaklari o‘g‘il-qizlarning bilimlarini boyitib, o‘qishga bo‘lgan qiziqishi va ishtiyoqini yanada orttirmoqda. Turli sog‘lomlashtirish aksiyalari, ijtimoiy loyihalar o‘g‘il-qizlar salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

– Mehribonlik uyimizda 3 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyalanadi, – deydi Bo‘ka tumanidagi 15-Mehribonlik uyi direktori Abdurasul Akmalov. – Bolalarning har biri qiziqishi va intilishiga qarab o‘quv, badiiy ijodiyot, sport to‘garaklariga qamrab olingani o‘quvchilarimizning turli olimpiadalar, turnirlar, ijodiy tanlovlarda muvaffaqiyat qozonishida asosiy omil bo‘lmoqda.

O‘quv yili davomida a’lo natijalarga erishgan, turli sport musobaqalari, ijodiy tanlovlarda sovrindor bo‘lgan bolalar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bolalik, beg‘uborlik bayramiga aylangan ushbu tadbirda Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan konsert namoyish etildi.


Manba: O'zA

 

 

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...