A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Bandlik dasturi ijrosi va parlament nazorati

 

Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor tufayli yalpi ichki mahsulotning yuqori o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda. Bu sanoat ishlab chiqarishi, investitsiyalar hajmi va aholining real daromadlari oshishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani ularning nafaqat iqtisodiyotdagi ulushi, balki ish bilan band aholining salmog‘i ortishiga zamin yaratmoqda. Ayni paytda ish bilan band aholining 77 foizi shu sohada mehnat qilmoqda.

Aholi bandligini, shu orqali odamlarning farovon hayot kechirishini ta’minlash borasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ham zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Har yili hukumat taqdimnomasiga binoan ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi ko‘rib chiqilib, tasdiqlanmoqda hamda uning hayotga tatbiq etilishi ustidan parlament nazorati olib borilmoqda. 2014-yilgi dasturni amalga oshirish natijasida mamlakatimizda 980 mingdan ortiq, jumladan, yoshlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Joriy yilda ham shu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 2015-yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining ijrosiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda shular haqida so‘z yuritildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligining axborotlari tinglandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Yo.Umarov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalq manfaatlarini ta’minlash, farovonligini yanada oshirish yo‘lida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Aholi real daromadlari yil sayin o‘sishi bilan birga, ularning turmush sharoiti, zarur iste’mol tovarlari bilan ta’minlanish darajasi ham yuksalib bormoqda.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining axborotiga ko‘ra, joriy yilning yanvar-mart oylarida mamlakatimiz bo‘yicha 141,1 ming ish o‘rni yaratilgan. Ularning 88,3 minggi qishloq hududlariga to‘g‘ri keladi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga muvofiq 4,6 ming loyihani amalga oshirish natijasida 28,6 mingta ish o‘rni tashkil etilgan.

– 2015-yilning 1-yanvaridan boshlab mikrofirma va kichik korxonalar, fermer xo‘jaliklari uchun yagona ijtimoiy to‘lov miqdorining 25 foizdan 15 foizga qadar kamaytirilganligi ish beruvchilarga yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni yanada rag‘batlantirdi, – deydi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bandlikni tahlil qilish va mehnat miqdorini tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i Erkin Avezov. – Buning natijasida yakka tadbirkorlik, fermer va dehqon xo‘jaliklari, hunarmandlik, oilaviy biznesni rivojlantirish hisobiga 112,5 ming kishining bandligi ta’minlandi.

Bu yo‘nalishda Toshkent viloyatida amalga oshirilgan ishlar ham atroflicha muhokama qilindi. Bandlik dasturiga muvofiq viloyatda 2015-yilda 87,2 ming ish o‘rni yaratilishi belgilangan. Joriy yilning birinchi choragida 11,4 ming ish o‘rni tashkil etilgan yoki belgilangan reja 102,9 foizga bajarilgan.

Yig‘ilishda yaratilayotgan ish o‘rinlarini saqlab qolish va barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, band bo‘lmagan aholini, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, xotin-qizlar, nogironlar va ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi toifalarini ishga joylashtirishda mutasaddi vazirlik, tashkilot va idoralarning mas’uliyatini yanada oshirish hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.


Manba: O'zA

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...