A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

O‘tganlarni xotirlash – farzandlik burchimiz

 

Prezidentimiz Islom Karimovning 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatda bildirgan fikrlari katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda

 

Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyati teatrida “O‘tganlarni xotirlash, keksalarni e’zozlash – bizning farzandlik burchimizdir” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, urush va mehnat fronti faxriylari, oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir Prezidentimizning 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami munosabati bilan ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan suhbati video namoyishidan boshlandi.

Mamlakatimizda “Jasorat, burch, matonat” shiori ostida keng nishonlangan Xotira va qadrlash kunida tinch-osoyishta, farovon hayotimiz uchun jon fido qilgan, Vatan oldidagi burchini mardona ado etgan o‘g‘lonlar xotirasi yodga olindi, front ortida mehnat qilgan vatandoshlarimizga chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.

– Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashda halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish, bugun safimizda sog‘-omon yurgan, mustaqilligimizni mustahkamlash, navqiron avlodimizni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan barcha kishilarning hurmatini joyiga qo‘yish maqsadida 9-may mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni deb e’lon qilingani naqadar to‘g‘ri bo‘lganini hayotning o‘zi tasdiqlab bermoqda, – deydi Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Sarvar Nazarqosimov. – Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida insonni ulug‘laydigan, jamiyatni bezaydigan olijanob tamoyillar mujassam.

Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga jizzaxliklar ham munosib hissa qo‘shgan. Bunga viloyatdan ming-minglab yurtdoshlarimiz urushga safarbar qilinganini tasdiqlaydigan arxiv hujjatlari dalildir.

Prezidentimizning 2015-yil 19-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70-yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq viloyatda istiqomat qilayotgan urush va mehnat fronti faxriylari munosib taqdirlandi. Xotira va qadrlash kuni viloyatning barcha shahar va tumanlari, mehnat jamoalari, ta’lim muassasalari va mahallalarda keng nishonlandi.

– Davlatimiz rahbarining 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan suhbatini tinglagan, matbuotda o‘qigan har bir vatandoshimiz bu kun xalqimiz uchun nechog‘li qadrli ekani, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz qanday qiyinchilik va sinovlar evaziga qo‘lga kiritilganini yana bir bor yurakdan his etdi, – deydi “Nuroniy” jamg‘armasi Jizzax viloyati bo‘limi raisi Norqul No‘sharov. – Ajdodlar xotirasini yot etish, ularning ezgu ishlarini davom ettirish, bugun safimizda yurgan, el-yurt tinchligi, yoshlarimiz kamoloti yo‘lida xizmat qilayotgan keksalarni e’zozlash ma’naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.

Tarixga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, uning saboqlaridan xulosa chiqarish insoniyat istiqbolining muhim shartlaridandir. Ammo, afsuski, bugungi shiddatli zamonda turli ziddiyat va qarama-qarshiliklar avj olayotganidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. Bu bizdan doimo ogoh va hushyor bo‘lishni taqozo etadi. Binobarin,istiqlol yillarida tug‘ilib voyaga yetgan farzandlarimizning mustaqil va yangicha fikrlaydigan, Vatanni muqaddas biladigan avlod bo‘lib kamolga yetishida tarixiy haqiqatni bilishi, unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi g‘oyat muhim.

Prezidentimizning ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan suhbatida tinch va osoyishta hayotimizning qadriga yetish, yoshlar tarbiyasi uchun jonkuyar bo‘lish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini keng ommaga, ayniqsa, yoshlarga tushuntirishda ko‘pni ko‘rgan, katta hayotiy tajribaga ega keksa avlod vakillari faol bo‘lishi darkorligi xususidagi fikrlari har bir yurtdoshimiz ko‘nglidagi gaplar ekani alohida ta’kidlandi.

Tadbirda Jizzax viloyati hokimi S.Ismoilov so‘zga chiqdi.


Manba: O'zA

 

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...