A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Ota-bobolarimiz jasorati – qahramonlik va ibrat timsoli

 

 

Prezidentimiz Islom Karimovning 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatda bildirgan fikrlari katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda

 

Davlatimiz rahbarining fikrlari mazmun-mohiyatini o‘rganish va targ‘ib etishga bag‘ishlab Buxoroda bo‘lib o‘tgan shunday tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylari, mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Prezidentimizning 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami munosabati bilan ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan suhbati namoyish etildi.

Ikkinchi jahon urushi tarixdagi eng qirg‘inbarot va mudhish urush sifatida insoniyat boshiga bemisl kulfat va talafotlar keltirdi. Unda bir yarim milliondan ziyod o‘zbekistonlik ishtirok etib, ularning 500 ming nafari, afsuski, janggohlarda qolib ketdi. Qanchadan-qancha yurtdoshlarimiz mayib-majruh bo‘lib qaytdi. Yurtimizda biror xonadon yoki oila yo‘qki, ushbu urushdan aziyat chekmagan bo‘lsin.

O‘tganlar xotirasini e’zozlash, keksalarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos yuksak fazilatlardan.

– Bugungi kunda viloyatimizda 164 nafar Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi yashamoqda. Ular doimiy davlatimiz e’tibori va xalqimiz ardog‘ida hayot kechirmoqda, – deydi “Nuroniy” jamg‘armasi Buxoro viloyati bo‘limi raisi Yusuf Qurbonov. – Ayniqsa, Prezidentimizning 2014-yil 13-oktabrdagi “1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida ularning salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Viloyat aholisining 64 foizdan ziyodi yoshlardir. Navqiron avlodning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi, o‘zlari qiziqqan soha bo‘yicha iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Ular ota-bobolari ko‘rsatgan jasorat va matonatni vatanparvarlikning yuksak namunasi, deb biladi.

– Davlatimiz rahbari jurnalistlar bilan muloqotda har galgidek biz, yoshlarga katta ishonch bildirdi, – deydi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabasi Fayziddin Temirov. – Ayniqsa, “Istiqlol davrida tug‘ilib voyaga yetgan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan, buyuk maqsadlar sari intilayotgan farzandlarimiz ota-bobolaridan meros bo‘lib qolgan o‘z yurtini, tug‘ilgan tuprog‘ini muqaddas deb bilishi, uning ertangi yorug‘ kuni uchun butun borlig‘ini bag‘ishlashga, kerak bo‘lsa, jonini fido qilishga tayyor bo‘lishi – bularning barchasi bugun hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan yoshlarimiz hayotining uzviy bir qismiga aylangani hammamizga ishonch va kuch-quvvat bag‘ishlaydi”, degan so‘zlari bizni g‘oyat to‘lqinlantirib, zimmamizdagi mas’uliyat va daxldorlikni yanada oshirmoqda.

Tadbirda Prezidentimizning Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan suhbatda ilgari surgan fikrlari ayni yurtdoshlarimiz yuragidagi gaplar bo‘lib, mustaqil O‘zbekiston va uning tinchliksevar xalqi irodasini ifoda etishi ta’kidlandi. Ayni paytda ushbu da’vatkor, dasturilamal so‘zlar mazmun-mohiyatini keng ommaga, ayniqsa, o‘quvchi va talabalar ongu shuuriga yetkazish, xalq farovonligi, yurt taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini hayotiy misollar asosida keng tushuntirish lozimligi alohida qayd etildi.

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi M.Esonov so‘zga chiqdi.


Manba: O'zA

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...