A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

O‘tganlarni xotirlash, keksalarni e’zozlash – bizning farzandlik burchimizdir

 

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 9-may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda

 

Xotira – o'tganlarni eslatib turadi, o'zlikni anglatadi. Qadr – insonni ulug'laydi, jamiyatni bezaydi. Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik va bag'rikenglik mustahkam qaror topdi. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehr-oqibat tuyg'ulari odamlar qalbi va shuuridan chuqur joy oldi. Ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, bugun saflarimizda yurgan, elu yurt tinchligi va ravnaqi yo'lida xizmat qilgan keksalarni e'zozlash ma'naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.

Nuroniylarning salomatligini mustahkamlash, hayotini mazmunli qilish, ko'nglini ko'tarish yo'lida amalga oshirib kelinayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2014-yil 13-oktabrdagi "1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoniga asosan ularni ijtimoiy himoyalash ko'lami yanada kengaydi. Xususan, urush va mehnat fronti faxriylari yiliga bir marta sanatoriy-sog'lomlashtirish muassasalarida bepul davolanish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2015-yil mamlakatimizda Keksalarni e'zozlash yili, deb nomlandi. Shu munosabat bilan qabul qilingan Davlat dasturi doirasida yoshi ulug' insonlarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlash ko'lamini kengaytirish, tizimli asosda sog'lomlashtirish kabi xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 19-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi fuqarolari – 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini "Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 70-yilligi" esdalik yubiley medali bilan mukofotlash to'g'risida"gi hamda 6-martdagi "1941-1945-yillardagi urush qatnashchilarini rag'batlantirish to'g'risida"gi farmonlari keksalarimizga ko'rsatilayotgan e'zoz va ehtiromning mantiqiy davomi bo'ldi. Mazkur farmonlarga muvofiq urush qatnashchilari va nogironlariga yubiley medallari, pul mukofotlari va bayram sovg'alari tantanali ravishda topshirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 14-aprelda qabul qilingan "Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni nuroniylarimizga qo'shimcha rag'bat, katta ruhiy madad bo'ldi.

Bu yil Xotira va qadrlash kuni Keksalarni e'zozlash yilida nishonlanayotgani uning ahamiyatini yanada oshirmoqda. Bayram "Jasorat, burch, matonat" shiori ostida keng nishonlanmoqda.

9-may. Poytaxtimizdagi Xotira maydoni har qachongidan gavjum. Bu yerga urush va mehnat faxriylari, senatorlar va deputatlar, hukumat a'zolari, harbiylar, jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.

Maydon uzra mahzun musiqa taraladi.

Soat 14:30. Maydonga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kirib keldi.

Davlatimiz rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo'ydi.

Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

– Bugun Vatanimiz, xalqimiz Ulug' Vatan urushida fashizm ustidan qozonilgan G'alabaning 70-yilligini keng nishonlamoqda, – dedi Islom Karimov ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatda. – Ana shu buyuk sana bilan avvalo urushda qatnashgan, mardlik va jasorat ko'rsatgan barcha urush faxriylarini, shular qatorida front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizni, butun xalqimizni tabriklash, urush maydonlaridan qaytmagan, bugungi musaffo osmonimiz uchun jon bergan vatandoshlarimiz xotirasi oldida bosh egish barchamiz uchun ham qarz, ham farz, deb bilaman.

Bugun hech kimga sir emas: million-millionlab odamlar halok bo'lishiga sabab bo'lgan, mislsiz yo'qotishlar, talafot va musibatlar olib kelgan bu urush insoniyat tarixidagi eng dahshatli, eng qonli qirg'in bo'lganini bu dunyoda hech kim unutmaydi. Va fashizm ustidan qozonilgan g'alaba naqadar qimmatga tushganini yurtimizda yashayotgan har qaysi oila, har qaysi odam yana va yana bir bor anglashi, qalbidan o'tkazishi tabiiydir, dedi davlatimiz rahbari.

O'zbekistonda o'sha paytda 6,5 million xalq yashagan bo'lsa, shuning 1,5 milliondan ko'prog'i urushda qatnashganining o'zi, qisqa qilib aytadigan bo'lsak, barcha erkaklar, mardlarimiz qo'liga qurol olib, yagona dushmanimizga qarshi chiqqanidan dalolat beradi.

Qariyb yarim million yurtdoshimiz shu urushda halok bo'lgani, qancha-qanchasi nogiron, mayib-majruh bo'lib qaytgani, qancha-qancha ayollar beva, bolalar yetim bo'lib qolganini har qaysi oila hali-beri esidan chiqarmaydi. Boshqacha qilib aytganda, yurtimizda birorta xonadon yo'qki, mana shu mudhish urushning jabrini o'z boshidan o'tkazmagan bo'lsa.

Xalqimiz ayni shunday og'ir vaziyatda kunni – kun, tunni – tun demasdan, mashaqqatli mehnat qilib, front uchun, g'alaba uchun munosib hissa qo'shgani hech esimizdan chiqmaydi, deb ta'kidladi Prezidentimiz.

Urush boshlanishi bilan front hududlaridan O'zbekistonga ko'chirilgan 1 millionga yaqin oila va bolalarni el-yurtimiz qabul qilgani, oxirgi bir burda nonini ham ular bilan baham ko'rgani, "Sen yetim emassan" deb, ularning barchasini o'z bag'riga olib, nafaqat boshpana bergani, o'z qalbini ochib, mehr-muruvvat ko'rsatganini unutib bo'ladimi o'zi?!

Har qaysi xalqning odamiyligi va ma'naviy qadriyatlari, mehr-oqibat va olijanobligi ana shunday unutilmas damlarda yaqqol namoyon bo'ladi, desam, ayni haqiqatni aytgan bo'laman.

Bizning ota-bobolarimiz beshafqat jang maydonlarida mardlik va matonat ko'rsatgani uchun ularning 338 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo'lgani, ming-minglab yurtdoshlarimiz jangovar orden va medallar bilan taqdirlangani – bularning barchasini xalqimizning fashizmga qarshi kurashda ko'rsatgan jasorati va botirligining amaliy namoyishi deb bilamiz.

Vaqt o'tadi, zamonlar o'tadi, dedi Islom Karimov, lekin Vatan ozodligi va erkinligi, el-yurtimizning tinch va osuda hayotini himoya qilishda kurashib jon bergan o'g'lonlarining nomlari va xotirasi ko'pni ko'rgan, hech qachon yovuz dushman oldida bosh egmagan xalqimizning yodida umrbod, abadiy saqlanadi. Bu fazilat el-yurtimizning ezgu odatiga, qadriyatiga aylanib ketgan.

Shularni hisobga olgan holda, bundan 17-yil oldin 9-may – G'alaba kuniga yurtimizda Xotira va qadrlash kuni deb nom berib, naqadar to'g'ri ish qilganimizni vaqt o'tishi bilan bugun hayotning o'zi tobora tasdiqlab bermoqda.

Buning yaqqol ifodasini poytaxtimiz Toshkent shahrining markazida va joylarda barpo etilgan Xotira maydonlari ayni shu kunlarda urushdan qaytmaganlarni eslash, ularning xotirasi, arvohlari oldida bosh egish uchun kelgan yoshu qarilar, aholimiz va chet ellik mehmonlar bilan gavjum bo'lganida ko'rish, kuzatish mumkin.

Bu haqda so'z yuritganda, eng avvalo bizning e'tiborimiz markazida turgan eng sharafli vazifamiz – urushda qatnashgan, bugun safimizda bo'lgan, har qadamda bizni qo'llab-quvvatlab kelayotgan faxriylarimiz haqida alohida gaplashib olishimiz zarur, deb bilaman.

O'ylaymanki, hammamiz yaxshi bilamiz – biz yashayotgan hayot – bu oqar daryo, deydi xalqimiz. Ya'ni, boshqacha aytganda, bu dunyo g'animat ekanini esimizdan chiqarmasdan, beshafqat urushda qatnashgan, front ortida o'zini ayamasdan mehnat qilgan vatandoshlarimizni qadrlash, e'zozlash, umrini uzaytirish, ularni eslab, holidan xabar olish, ruhini ko'tarish – bunday ezgu ishlar barchamizning eng olijanob burchimiz bo'lishi shart.

Bu avvalo rahbarlarning, vazifada o'tirganlarning burchi ekanini, ular faxriylar bilan tez-tez uchrashib turishi, iloji boricha ularning hayotidagi muammolarning yechimini topishi, bunday amaliy e'tiborning ahamiyatini hech qachon esidan chiqarmasligi zarur, dedi Yurtboshimiz.

Bu borada Keksalarni e'zozlash yili, deb nom olgan joriy yilda, jumladan, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mamlakatimizda qanday keng ko'lamli, katta chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini xalqimiz, avvalo hurmatli faxriylarimiz yaxshi biladilar.

Lekin hayot degani muammosiz bo'lmaydi. Shu ma'noda, yoshi ulug' insonlarni moddiy va ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlash, ularning tibbiy, maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash biz uchun doimo dolzarb vazifa sifatida turishi darkor.

Inson, xalq, millat tarixiy xotira bilan tirik va barhayotdir.

Hech shubhasiz, Ulug' Vatan urushida barcha xalqlar bilan birga bo'lib, fashizm balosi ustidan qozongan G'alabamizni, bu urushda xalqimiz ko'rsatgan matonat, mardlik va qahramonlik namunalarini avlodlarimiz aslo unutmaydi, jang maydonlarida bizning o'g'lonlarimiz nimaga qodir ekanini doimo g'urur va iftixor bilan eslaydi, dedi Islom Karimov.

Shu borada biz hayotimizning bir haqiqatini hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak. Mana shu beshafqat urushda, jang maydonlarida qurbon bo'lgan ota-bobolarimiz qandaydir tepalik yoki qandaydir "ulug' dohiy" uchun emas, avvalo, o'z yurti, ota-onasi, sevgan yori, farzandlari uchun jon bergan, "Qani endi, yurtimni, o'zimning azizlarimni yana bir bor ko'rsam", deb hayotdan ko'z yumgan, desak, hech qanday xato bo'lmaydi.

Mana shunday o'z yurtini sevish, betakror ona Vataniga sadoqatli bo'lish, hech shubhasiz, xalqimizning qon-qoniga singib ketgan fazilat, desam, adashmagan bo'laman.

Istiqlol davrida tug'ilib voyaga yetgan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan, buyuk maqsadlar sari intilayotgan farzandlarimiz ota-bobolaridan meros bo'lib qolgan o'z yurtini, tug'ilgan tuprog'ini muqaddas deb bilishi, uning ertangi yorug' kuni uchun butun borlig'ini bag'ishlashga, kerak bo'lsa, jonini fido qilishga tayyor bo'lishi – bularning barchasi bugun hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan yoshlarimiz hayotining uzviy bir qismiga aylangani hammamizga ishonch va kuch-quvvat bag'ishlaydi, dedi Yurtboshimiz.

Mana shu dahshatli urush xayolimizdan o'tar ekan, yana bir haqiqatni aytmasdan o'tishga haqqimiz yo'q.

Gap boshimizdan kechirgan qonli va beshafqat urush boshqa hech qachon qaytmasligi, bunday fojia va qirg'inlarning oldini olish va ulardan odamzotni asrash haqida ketmoqda.

Bugun bir fikrni hech ikkilanmasdan aytish kerak: bizning xalqimiz ko'pchilik xalqlar qatori nimani istaydi, nimani xohlaydi – bizga tinchlik kerak, bizga omonlik kerak! Ertangi kunimiz yorug', osmonimiz musaffo bo'lsin, barchamiz o'z orzu-niyatimizga yetaylik!

Bizga, qolaversa, yer yuzidagi barcha xalqlarga ana shunday, bir qarashda juda oddiy, lekin aniq narsalar kerak!

Ammo, ming afsuski, deb ta'kidladi Prezidentimiz, buning o'rniga bugun shiddat bilan o'zgarib, tobora keskinlashib borayotgan dunyoda, uzoq va yaqin atrofimizda bunga teskari voqelik, vaziyat xatarli tus olmoqda va barchamizdan beparvolikka yo'l qo'ymasdan, doimo ogoh, sezgir va hushyor bo'lishni zamonamizning o'zi talab qilmoqda.

Jahonning turli mintaqa va hududlarida qarama-qarshilik va ziddiyatlar, qonli mojarolar, xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik kabi xavf-xatarlar tobora kuchayib bormoqda, fashizm degan balo yana bosh ko'tarmoqda, millatchilik, shovinizm singari ofatlar maydonga chiqmoqda.

Butun insoniyatni tashvishga solayotgan bunday murakkab sharoitda barcha tinchliksevar kuchlarning sa'y-harakat va imkoniyatlarini yagona maqsad yo'lida safarbar etish, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi va boshqa nufuzli xalqaro institutlarning o'rni va ta'sirini kuchaytirish yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tobora keskinlashib borayotgan bunday vaziyatda, tahdid va xatarlarni hisobga olgan holda, bizning O'zbekistonimiz olib borayotgan siyosat xalqimizga yaxshi ma'lum. Ya'ni, biz uzoq va yaqin atrofimizdagi barcha davlatlar, birinchi navbatda, qo'shni mamlakatlar bilan do'stona munosabatlar va o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashni o'zimizning birinchi darajali vazifamiz, deb bilamiz.

Biz dunyoning turli o'lkalarida davom etayotgan ziddiyat va qarama-qarshiliklarni faqatgina siyosiy yo'l bilan, tinchlik yo'li bilan hal etish tarafdorimiz, dedi davlatimiz rahbari.

Biz hech qanday harbiy-siyosiy blokka qo'shilmaymiz, O'zbekiston hududida chet el harbiy bazalarining joylashuviga, harbiy xizmatchilarimizning mamlakatimiz tashqarisida bo'lishiga yo'l qo'ymasligimiz zarur, deb hisoblaymiz.

Biz bugun, haqiqatan ham, qanday go'zal, betakror zaminda yashayapmiz. Shu ma'noda, "Biz kecha kim edigu bugun kim bo'ldik?" degan savolni oldimizga qo'yib, hozirgi hayotimizni kechagi kunimiz bilan solishtiradigan, qiyoslaydigan bo'lsak, o'ylaymanki, oramizda Vatanimizning bugungi taraqqiyoti bilan faxrlanmaydigan, buni qadrlamaydigan odamning o'zi yo'q, desam, adashmagan bo'laman.

Oldimizda turgan eng ustuvor vazifalar haqida gapiradigan bo'lsak, dedi davlatimiz rahbari, eng muhimi, barchamizning boshlagan ishlarimizning davomchisi bo'lgan, barcha mas'uliyatimizni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan farzandlarimiz – yoshlarimiz, yangi avlodlarimizga ravon yo'llarni ochib berishga e'tiborimizni yanada kuchaytirishimiz zarur va ularni har qanday balo-qazolardan asrashimiz kerak.

Yaqinda Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko'magida AQShning Kolumbiya universiteti sotsiologlari tomonidan "Dunyoning eng baxtli mamlakatlari" degan mavzuda tadqiqot o'tkazildi va uning natijalari matbuotda e'lon qilindi.

Ana shu tadqiqotga ko'ra, O'zbekistonimiz mazkur reytingda 158 mamlakat orasida 44-o'rinni, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi davlatlari o'rtasida esa birinchi o'rinni egallagan.

Bu nimaning dalolati, bu nimaning isboti?

Bu avvalambor mustaqillik davrida biz erishgan ulkan marralarni, iqtisodiyotimiz barqaror sur'atlar bilan rivojlanayotgani, odamlarimizning hayot darajasi va sifati oshib borayotgani va bu yutuqlarni dunyo hamjamiyati yana bir bor tan olayotganini ko'rsatadi, deb ta'kidladi Prezidentimiz.

Eng muhimi, bularning barchasi ko'pni ko'rgan, ertangi kunga katta ishonch bilan yashayotgan, irodasi baquvvat, iymoni butun xalqimizning mehnati, mardligi va matonatining natijasidir.

Bularning barchasini O'zbekistonimiz Ollohning nazari tushgan tabarruk yurt ekanining, Xudoning o'zi yo'limizni ochib berayotganining tasdig'i deb bilamiz.

Bizning tilagimiz, istagimiz shuki, Yaratganimiz bizdan o'z marhamatini darig' tutmasin, yomon ko'zlardan o'zi asrasin, ezgu ishlarimizda doimo o'zi madadkor bo'lsin, dedi pirovardida Islom Karimov.

* * *

Shu kuni Motamsaro ona haykali poyi gullarga burkandi. Xotira maydoni oqshomga qadar yurt tinchligi va ozodligi, avlodlarning porloq istiqboli uchun jonini fido qilgan vatandoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo etish uchun kelgan ziyoratchilar bilan gavjum bo'ldi.


Manba: O'zA

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...