A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Nuroniylar e’zoz va e’tiborda

 

 

Yoshi ulug' insonlarga hurmat-ehtirom ko'rsatish, nuroniylarning salomatligini muhofazalash, ularga ko'rsatilayotgan birlamchi tibbiy yordam sifati va samaradorligini yuksaltirish, ijtimoiy himoyalash Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo'nalishidir.

 

"Keksalarni e'zozlash yili" Davlat dasturi doirasida bu boradagi ezgu ishlar yanada kengaymoqda. Ushbu yo'nalishdagi chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etishga O'zbekiston Sog'liqni saqlash va farmatsevtika xodimlari kasaba uyushmasi ham munosib ulush qo'shmoqda.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan sog'liqni saqlash tizimida uzoq yillar faoliyat ko'rsatib, hozir keksalik gashtini surayotgan keksa avlod vakillari chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, uning natijasida olingan tibbiy xulosalar asosida qandli diabet bilan xastalangan, eshitish qobiliyati zaif nuroniylarga qon bosimini doimiy nazorat qilish uchun tanometr, qondagi qand miqdorini aniqlashda qo'llaniladigan glyukometr va glyukotestlar, eshitish apparatlari taqdim etilmoqda. Keksalarning o'z vaqtida tibbiy ko'rikdan o'tkazilishi va sog'lomlashtirilishiga asosiy e'tibor qaratilayotir.

Shu kunlarda joylarda faxriylarga ana shunday tibbiy jihozlarni topshirish marosimlari o'tkazilmoqda. Yunusobod tumani tibbiyot birlashmasida bo'lib o'tgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, shifokorlar, tibbiyot faxriylari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida keksalar tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Faxriylarga O'zbekiston Sog'liqni saqlash va farmatsevtika xodimlari kasaba uyushmasining bayram sovg'alari topshirildi.

– Tibbiyot sohasida ellik yildan ortiq mehnat qildim, – deydi Xolisa Tojiboyeva. – Pensiya yoshida bo'lsam-da, yurtimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarda ishtirok etishga intilaman. Poytaxtimizdagi 4-silga qarshi kurash dispanserida yoshlarga o'z tajribamni o'rgatib kelmoqdaman. O'z faoliyatim davomida keksa avlod vakillariga davlatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan alohida g'amxo'rlik va ehtiromni har lahzada his etib turibman. Bugungi tadbir bunga yana bir misoldir. Bunday e'tibor bizning kuchimizga kuch, g'ayratimizga g'ayrat, umrimizga umr qo'shmoqda.


Manba: O'zA

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...