A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Inson – aziz, Vatan – muqaddas

 

 

Xorazmda "Barkamol avlod shakllanishida milliy va ma'naviy qadriyatlarning o'rni" mavzusida o'tkazilgan ilmiy-amaliy seminarda viloyatda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari, keng jamoatchilik, mehnat faxriylari va yoshlar ishtirok etdi.

 

O'zbekiston Respublikasi Baynalmilal madaniyat markazi direktori N.Muhammadiyev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, inson huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladi.

Respublika Baynalmilal madaniyat markazi millatlararo musnosabatlarni yanada mustahkamlash, har bir millatning urf-odat va an'analarini saqlash va rivojlantirishda milliy madaniyat markazlariga yaqindan ko'maklashish, bag'rikenglik tamoyillarini qaror toptirishga oid jamoatchilik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratmoqda. Yoshlarni hech kimdan kam bo'lmagan, o'z qadr-qimmatini teran anglagan, mustaqil fikrlaydigan insonlar etib voyaga yetkazish, jamiyatimizdagi tinchlik va osoyishtalik, barqarorlik, totuvlik, mehr-oqibat, o'zaro hurmat muhitini mustahkamlashga hissa qo'shish, milliy va umumbashariy qadriyatlar va an'analarni yanada ravnaq toptirish, ularning mazmun-mohiyatini keng targ'ib etish mazkur markaz faoliyatida muhim o'rin tutadi.

Markaz tomonidan joylarda "O'zbekiston – umumiy uyimiz", "O'zbekiston – bag'rikeng diyor", "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – kelajagimiz asosi" va boshqa mavzularda o'tkazilayotgan turli tadbirlar, davra suhbatlari, anjuman va festivallar aynan shu maqsadga yo'naltirilgandir.

– O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida "O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar", deb belgilab qo'yilgan, – deydi Xorazm viloyati qozoq milliy madaniyat markazi rahbari Po'lat Izyumov. – Tadbirda turli millat vakillari Asosiy Qonunimizdagi mazkur modda kundalik hayotimizda o'z ifodasini topayotganini ta'kidladi. Yurtimizda barcha millat vakillari tinch-totuv, farovon hayot kechirmoqda. Ular uchun barcha sharoit yaratilgan. Keksalarni e'zozlash yili munosabati bilan o'tkazilayotgan tadbirlarda qatnashib, juda to'lqinlanaman. Shu diyorda yashab, keksalik gashtini surish nasib etganiga shukrona keltiraman.

Tadbir doirasida tashkil etilgan "Inson – aziz, vatan – muqaddas" ko'rgazmasida viloyatda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining milliy liboslari, pazandalik mahorati, tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va tasviriy san'at asarlari namoyish etildi.

Turli tillarda ijro etilgan Vatan, do'stlik va tinchlikni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar barchaga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi P.Bobojonov so'zga chiqdi.


Manba: O'zA

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...