A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Hamkorlik izchil rivojlanmoqda

 

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 1-may kuni O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi moliya vazirlarining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

 

Tadbirda ikki mamlakatning moliya, tashqi iqtisodiy aloqalar, neft va gaz, savdo, sanoat, qishloq va suv xo'jaligi, aloqa, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, to'qimachilik, yengil sanoat, qimmatli qog'ozlar, sog'liqni saqlash, fan, ta'lim kabi sohalar uchun mas'ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov va Koreya Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, ctrategiya va moliya vaziri Choy Kyong Xvan mamlakatlarimiz o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalari barcha jabhalarda, jumladan, savdo-iqtisodiy, moliyaviy va sarmoyaviy sohalarda muttasil rivojlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlari chog'ida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo'lib xizmat qilayotganini ta'kidladi. 2014-yilning iyun oyida Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening mamlakatimizga davlat tashrifi o'zaro ko'p qirrali munosabatlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqdi.

Mamlakatlarimiz katta iqtisodiy salohiyat va imkoniyatlarga ega. Bu borada ikki davlat o'rtasida eng ko'p qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan. Savdo-sanoat, sarmoya, neft-gaz, konchilik, mashinasozlik, to'qimachilik, logistika, kimyo sanoati, qurilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta'lim, sog'liqni saqlash kabi ko'plab sohalar bo'yicha hamkorlikka oid qator bitimlar imzolangan.

Investitsiya sohasidagi o'zaro hamkorlik ko'lami ham izchil kengaymoqda. Janubiy koreyalik ishbilarmonlar O'zbekiston bozoriga katta qiziqish bilan investitsiya kiritib, qo'shma korxonalar tashkil etayotir. Ular savdo, to'qimachilik va yengil sanoat, tog'-kon metallurgiyasi, kimyo va oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik, sayyohlik, sog'liqni saqlash va xizmat ko'rsatish kabi sohalarda ish yuritmoqda.

Anjumanda O'zbekiston va Janubiy Koreyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, sarmoya kiritishning istiqbollari, iqtisodiy zonalardagi qulayliklar va imtiyozlar xususida so'z yuritildi. Mamlakatlarimiz o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun ikki tomon ham ulkan imkoniyatlarga ega ekani qayd etildi.

– Oliy darajadagi uchrashuvlar mamlakatlarimiz o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning izchil rivojlanishida muhim omil bo'lmoqda, – dedi Choy Kyong Xvan. – Janubiy Koreya bundan keyin ham O'zbekistonda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, sanoatni modernizatsiyalash kabi sohalarda amalga oshiriladigan islohotlar jarayonida faol ishtirok etadi. O'zaro ishonch va manfaatdorlikka asoslangan hamkorligimiz muttasil kengayib, mustahkamlanib boraveradi.

Majlisda O'zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligida iqtisodiyotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan strategik ahamiyatga ega yirik qo'shma loyihalar va ularning ijrosi, shuningdek, moliya, sarmoya, sanoat va savdo, yoqilg'i-energetika, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, sog'liqni saqlash sohalaridagi hamkorlik istiqbollariga oid masalalar muhokama qilindi.

Majlis yakunida Koreya Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, ctrategiya va moliya vaziri Choy Kyong Xvanga Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Faxriy doktori unvoni topshirildi.


Manba: O'zA

 

 

 

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...