A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Hayotingiz bizga namuna

 

 

Mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush va mehnat fronti faxriylariga ko'rsatilayotgan hurmat-ehtirom yanada kengaymoqda.

 

"Mahalla" xayriya jamoat fondi Asaka tumani bo'limi tomonidan ham bu masalaga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning shu yil 19-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi fuqarolari – 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini "Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 70-yilligi" esdalik yubiley medali bilan mukofotlash to'g'risida"gi farmoni, "Keksalarni e'zozlash yili" Davlat dasturida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotir.

– Xotira va qadrlash kuni oldidan tumandagi 16 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga Prezidentimiz nomidan "Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 70-yilligi" esdalik yubiley medali hamda pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi, – deydi "Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman bo'limi raisi Muqaddas Qurbonova. – 74 nafar mehnat faxriysi holidan xabar olinib, ularga moddiy yordam ko'rsatildi.

Tumanda istiqomat qilayotgan 74 nafar 100 yosh va undan oshgan urush va mehnat fronti faxriylari hamda nogiron keksalarga Prezidentimiz sovg'alari topshirildi. 16 nafariga salomatliklarini tiklab olishi uchun mamlakatimizdagi sihatgohlarga yo'llanma berildi. Bir guruh nuroniylar yurtimizning tarixiy shaharlariga sayohatga olib borildi.

– Biz, keksalarga ko'rsatilayotgan bunday e'tibor va g'amxo'rlikdan minnatdormiz, – deydi Ko'rkam mahallasida yashovchi mehnat faxriysi Vahobjon Oripov. – "Mahalla" xayriya jamoat fondi Asaka tumani bo'limi ko'magi bilan Namangan viloyatidagi "Kosonsoy" sihatgohida dam olib qaytdim. Salomatligim tiklandi, o'zimni yaxshi his qilyapman. Bularning barchasi yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik samarasidir. Keksalarini e'zozlagan yurtdan hech qachon fayzu baraka arimaydi. Iloho, yurtimizda tinchlik barqaror bo'lsin.

Yolg'iz keksalar, urush va mehnat fronti faxriylariga uy-joylarini ta'mirlash, salomatligini tiklash, ularni zarur dori-darmonlar bilan ta'minlash, kommunal to'lovlar bo'yicha qarzdorliklarini qoplash uchun ham moddiy yordamlar ko'rsatildi.

"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati tuman kengashi yetakchilari, ta'lim muassasalari o'quvchilari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining uy-ro'zg'or yumushlariga ko'maklashmoqda. Mahallalar, ta'lim muassasalari, mehnat jamoalarida urush va mehnat fronti faxriylari ishtirokida madaniy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazilmoqda. "Faxriylar – faxrimiz", "Qarisi bor uyning parisi bor", "Hayotingiz bizga namuna", "Tarix va qadriyatlar" kabi mavzulardagi davra suhbatlari, uchrashuvlarda keksalar o'quvchilarga hayot yo'llari haqida so'zlab, yoshlarni tinchlikning qadriga yetish va uni ko'z qorachig'idek asrashga da'vat etayotir.

– Farovon yurtda, davlatimiz, elimiz ardog'ida yashamoqdamiz, – deydi Asaka tumani Yuqori Mirzaobod qishlog'ida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Muhammad ota Bozorov. – Shu kunlarda xonadonimizdan mehmon arimaydi. Har kuni hokimlikdan, mahalladan, shifoxonadan kimdir yo'qlab keladi, hol-ahvol so'raydi. Biz, keksalar mana shunday hurmat va e'zoz topayotganimizdan o'zimizni yanada tetik sezmoqdamiz. Bunday ezgu ishlarning boshidan turganlar omon bo'lsin.

Tuman ko'ptarmoqli markaziy poliklinikasida "Hech kim mehr-e'tibordan chetda qolmasin!" shiori ostida o'tkazilgan salomatlik haftaligida yuzga yaqin urush va mehnat fronti faxriysi chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.


Manba: O'zA

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...