A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Ta’zim sizga, faxriylar

 

9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda fashizm ustidan qozonilgan G'alabaning 70-yilligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Davlat muzeyida Ikkinchi jahon urushi faxriylariga «Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 70-yilligi» esdalik yubiley medallari tantanali topshirildi.

 

Unda Ikkinchi jahon urushi faxriylari, harbiy xizmatchilar, jamoat tashkilotlari vakillari, oliy harbiy-ta'lim muassasalari kursantlari, litsey va umumta'lim maktablari o'quvchilari ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Q.Berdiyev, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi I.Mirzaaliyev, O'zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg'armasi raisi E.Boqiboyev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan yurtdoshlarimiz xotirasini qadrlash, o'sha beomon janglarda ishtirok etganlar va mehnat fronti faxriylariga g'amxo'rlik ko'rsatishga alohida e'tibor berilayotganini ta'kidladi. Davlatimiz rahbarining 2015-yil 19-fevraldagi «O'zbekiston Respublikasi fuqarolari – 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini «Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 70-yilligi» esdalik yubiley medali bilan mukofotlash to'g'risida»gi va shu yil 6-martdagi "1941-1945-yillardagi urush qatnashchilarini rag'batlantirish to'g'risida»gi farmonlari mamlakatimizda urush hamda mehnat fronti faxriylariga ko'rsatilayotgan yuksak hurmat va ehtiromning yana bir yorqin ifodasidir.

Ushbu hujjatlarga muvofiq, Qurolli kuchlar Davlat muzeyida 18 nafar Ikkinchi jahon urushi faxriysiga Prezidentimiz nomidan «Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 70-yilligi» esdalik yubiley medali tantanali topshirildi. Ular orasida 93 yoshni qarshi olgan urush faxriysi, falsafa fanlari doktori, professor Qo'chqor Xonazarov ham bor.

– Frontga 17 yoshimda ko'ngilli bo'lib ketdim, – deydi Qo'chqor ota. – Bugun biz tinchlik-osoyishtalik va millatlararo totuvlik hukm surayotgan mamlakatda farovon hayot kechirmoqdamiz. Bizni har gal tantanali uchrashuvlarga taklif etishganda, yurtimizda faxriylarga ko'rsatilayotgan e'tibor va g'amxo'rlik uchun qalbimni minnatdorlik tuyg'usi cho'lg'ab oladi.

Tadbirda faxriylar o'zlari bosib o'tgan hayot yo'li haqida so'zlab, yoshlarni bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetish, xizmatni sidqidildan ado etish, halol va mard bo'lish, mamlakatimiz manfaatini himoya qilishga chaqirdi.

– Bugun Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta'minlashga bebaho hissa qo'shgan faxriylar bilan suhbatlashish biz uchun g'oyat qiziqarli va ayni paytda ularning jasoratu matonatiga munosib bo'lish ulkan sharafdir, – deydi Toshkent oliy umumqo'shin qo'mondonlik bilim yurtining 3-kurs kursanti D.Mahmudov. – Faxriylarimizni ushbu bayram bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik tilaganimdan xursandman.

Tadbir ishtirokchilari «Vatanga qasamyod» monumenti poyiga gullar qo'ydi, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Davlat muzeyidagi ekspozitsiyalar bilan tanishdi. Uchrashuv Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansamblining bayram konserti bilan yakunlandi.


Manba: O'zA

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...