A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot

 

2015-yil 24-aprelda Vazirlar Mahkamasining joriy yil birinchi choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini muhokama qilishga va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan joriy yil 16-yanvarda respublika Hukumatining majlisida belgilab berilgan 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo'nalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini baholashga bag'ishlangan majlisi bo'lib o'tdi.

 

Majlisda iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini yanada oshirish, eng avvalo, tarkibiy qayta o'zgartirishlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarishni faol diversifikatsiyalash va mahalliylashtirish, rivojlangan infratuzilmani shakllantirish hisobiga oshirish, shuningdek, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo'lidagi barcha to'siqlar va cheklashlarni bartaraf etish, aholining ish bilan bandligi darajasini, uning hayoti sifati va darajasini yanada oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijalari har tomonlama ko'rib chiqildi va chuqur tahlil qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyilga asoslangan va butun dunyoda islohotlarning "o'zbek modeli" sifatida e'tirof etilgan isloh qilish va rivojlantirishning evolutsion va bosqichma-bosqich strategiyasi izchil va aniq maqsadga yo'naltirilgan holda amalga oshirilishi tufayli, bugungi kunda jahon miqyosida davom etayotgan inqirozli holatlarga va qarama-qarshilik kuchayib borishiga qaramay, O'zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishning barqaror yuqori sur'atlarini saqlab qolish ta'minlanayotganligi qayd etildi. Joriy yilning birinchi choragida mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 7,5 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi – 7,9 foizga, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi – 6,3 foizga o'sdi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Inflatsiya darajasi prognoz parametrlardan ortiq bo'lmadi.

Iste'mol tovarlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va ichki talabni muvozanatli rag'batlantirish yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar iste'mol tovarlari ishlab chiqarish hajmlari 11,2 foizga, chakana tovar aylanmasi hajmi – 15,2 foizga va xizmatlar hajmi – 13,1 foizga ko'payishiga ko'maklashdi.

Aniq maqsadga yo'naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish natijasida joriy yilning birinchi choragi mobaynida 141 mingtadan ortiq yangi ish o'rni tashkil etildi, ulardan 88 mingtadan ortig'i yoki 62,6 foizi qishloq joylarda tashkil etildi.

"Keksalarni e'zozlash yili" Davlat dasturi doirasida keksalarga zarur e'tibor berish va har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko'rsatish darajasi va sifatini oshirish bo'yicha tadbirlarni faol amalga oshirish boshlandi. Ushbu tadbirlarni moliyalashtirishga barcha manbalar hisobidan qariyb 593 milliard so'm yo'naltirildi.

Majlis kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish davomida tarkibiy qayta o'zgartirishlarga, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiyalash va difersifikatsiyalashga, tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga yo'naltirilgan eng muhim dasturlar va investitsiya loyihalari amalga oshirilishini batafsil tahlil qilishga alohida e'tibor qaratildi. Amalga oshirilayotgan faol investitsiya siyosati hamda sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlarini jadallashtirish, rivojlangan infratuzilmani barpo etish yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar o'zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 8,7 foizga, shu jumladan, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmi 10 foizga o'sishiga ko'maklashganligi qayd etildi. 2015-yilgi Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 4,8 milliard dollardan ortiq bo'lgan 53 ta yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish boshlandi. Mahalliylashtiriladigan mahsulotlarning 430 tadan ortiq yangi turini ishlab chiqarish o'zlashtirildi. Investitsiya faolligi o'sishi pudrat qurilish ishlari hajmini 18,9 foizga ko'payishiga ko'maklashdi.

Vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar, yirik korxonalar, barcha darajadagi hokimliklar oldiga mamlakat Prezidenti tomonidan joriy yil fevral-mart oylarida tasdiqlangan tarkibiy qayta o'zgartirishlar, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, muhandislik-kommunikatsiya va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash, shuningdek, tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga doir o'rta muddatga mo'ljallangan dasturlarni amalga oshirishni jadallashtirish bo'yicha aniq vazifalar qo'yildi.

2015-2019-yillar mobaynida ushbu dasturlarga kiritilgan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo'yicha umumiy qiymati 40,8 milliard AQSh dollariga teng bo'lgan 846 loyihani, muhandislik-kommunikatsiya va yo'l-transport infratuzilmasi obyektlari qurish va ularni rivojlantirish bo'yicha umumiy qiymati 9,8 milliard AQSh dollariga teng bo'lgan 141 ta loyihani, shuningdek, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo'yicha umumiy summasi 5 milliard AQSh dollaridan ortiq bo'lgan 602 ta loyihani amalga oshirish, mahsulotlarning 1,2 mingtadan ortiq yangi turlarini o'zlashtirgan holda, iqtisodiyotning yanada o'sishi, tarkibiy qayta o'zlashtirishlarni chuqurlashtirish va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, sanoatning eng muhim tarmoqlarini rivojlantirishni yangi yuqori darajaga ko'tarish, yanada zamonaviy va rivojlangan infratuzilmani shakllantirish uchun mustahkam asosni ta'minlashi alohida qayd etildi.

Majlisda hududlarning sanoat salohiyatini oshirish, ularning yo'l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmasini kompleks rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish holati puxta tahlil qilindi. Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hududiy dasturlarini amalga oshirish doirasida yil boshidan buyon 434 ta yangi ishlab chiqarish obyekti foydalanishga topshirilganligi qayd etildi. Qishloq joylarda 169 kilometr suv quvuri tarmoqlari, 54 kilometr gaz tarmoqlari ishga tushirildi, 1,3 million kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi. Joriy yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo'yicha 12 mingta yakka tartibdagi uy-joy qurishni tashkil etish, shuningdek, ularni zarur muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma bilan ta'minlash chora-tadbirlari ko'rilmoqda.

Ushbu masalani muhokama qilish davomida hududlarning sanoat salohiyatini oshirish hududiy dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalarini o'z vaqtida amalga oshirish ishlari zarur darajada muvofiqlashtirilishini ta'minlamagan bir qancha viloyatlar hokimliklari rahbarlarining faoliyati tanqid qilindi. Ular oldiga kamchiliklarni bartaraf etish va qoloqlikning o'rnini to'ldirish, amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari bo'yicha obyektlarni o'z vaqtida foydalanishga topshirishni ta'minlash yuzasidan aniq vazifalar qo'yildi.

Majlisda mahsulot eksporti hajmlarini ko'paytirish va turlarini kengaytirish, mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshliligini oshirish va eksport qilishni diversifikatsiyalash, shu asosda 2015-yilga mo'ljallangan eksportning prognoz parametrlariga erishishni ta'minlash yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini batafsil tahlil qilishga alohida e'tibor berildi. Jahon bozorlaridagi kon'yunkturaning mavhumligi va nobarqarorligi kuchayishiga qaramay, eksport qiluvchi korxonalarni rag'batlantirish va ularga mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarishda har tomonlama ko'mak berish bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish eksport hajmining 13,9 foizga o'sishini va tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosini ta'minlash imkonini berganligi alohida qayd etildi. Yil boshidan boshlab 146 ta yangi korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, 102 ta yangi turdagi mahsulotlarni eksport qilish yo'lga qo'yildi.

Xo'jalik birlashmalari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi rahbarlarining e'tibori eksport qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini ko'paytirish va turlarini kengaytirishning mavjud rezervlarini aniqlash va safarbar qilish, shu jumladan, oldin o'z mahsulotlarini eksport qilmagan korxonalarni eksport faoliyatiga jalb etish, shuningdek, eksport geografiyasini diversifikatsiyalash bo'yicha amaliy chora-tadbirlar ko'rish zarurligiga qaratildi.

Majlisda eng ko'p darajada qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish hamda xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka to'liq erkinlik berish va ularni rag'batlantirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish ishlarining holati har tomonlama va chuqur tahlil qilindi. Ko'rilayotgan tizimli chora-tadbirlar faqat joriy yilning birinchi choragida 8 mingtadan ortiq yangi kichik biznes subyekti tashkil etilishiga ko'maklashganligi, bu 2014-yilning shu davridagiga qaraganda 10,2 foizga ko'pligi qayd etildi. Kichik biznes subyektlariga 2,8 trillion so'm yoki 2014-yilning birinchi choragidagiga taqqoslaganda 1,3 barobar ko'p bank kreditlari ajratildi. Yil boshidan buyon xususiy mulkdorlarga umumiy qiymati 28,3 milliard so'mlik 55 davlat aktivi sotildi, shu jumladan, 13 ta obyekt investorlarga 9,7 milliard so'mlik investitsiyalar kiritish majburiyati asosida bepul berildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, tegishli vazirliklar, idoralar va xo'jalik birlashmalari rahbarlari oldiga biznesni tashkil etish uchun yer uchastkalari berish, qurilishga ruxsatnomalar olish, tegishli kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash, tadbirkorlik subyektlarini "bir darcha" tamoyili bo'yicha ro'yxatdan o'tkazish tartib-qoidalarini takomillashtirishni jadallashtirish bo'yicha aniq vazifalar qo'yildi.

Adliya vazirligiga boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo'jalik faoliyatiga noqonuniy aralashishga yo'l qo'yayotgan mansabdor shaxslarning mas'uliyatini jinoiy javobgarlikka tortishgacha kuchaytirish bo'yicha aniq takliflarni ishlab chiqish va kiritish topshirildi.

2013-2020-yillarda O'zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo'yicha respublika komissiyasiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq barcha ruxsat berish tartib-qoidalari va boshqa tartibotlarni joriy yil oxirigacha elektron shaklga o'tkazishni tugallash vazifalari yuklatildi.

Kun tartibidagi masalalar bo'yicha Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, respublikaning yirik korxonalari va viloyatlar hokimliklari rahbarlarining hisobotlari eshitildi. Respublika Hukumati majlisiga kiritilgan masalalarni muhokama qilish yakunlari bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilindi, ularda 2015-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim yo'nalishlari va ustuvor vazifalarini amalga oshirishni ta'minlash chora-tadbirlari belgilandi.


Manba: O'zA

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...