A PHP Error was encountered

Severity: Notice

Message: Only variable references should be returned by reference

Filename: core/Common.php

Line Number: 257

 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi

Tinch va osuda hayot– oliy saodat

 

Shu kunlarda mamlakatimizda 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga "Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 70-yilligi" esdalik yubiley medallari tantanali topshirilmoqda.

 

Poytaxtimizning Mirzo Ulug'ubek tumanida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi faxriylari Tagir Salohutdinov va Hamid Vohidov xonadonida ham shunday tadbir bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xodimlari, Toshkent oliy umumqo'shin qo'mondonlik bilim yurti kursantlari va maktab o'quvchilari ishtirok etdi. Faxriylarga Prezidentimiz Islom Karimov nomidan esdalik yubiley medallari va bir martalik pul mukofotlari topshirildi.

Tagir ota ko'rsatilayotgan ulkan e'tibor va g'amxo'rlik uchun minnatdorlik bildirib, yoshlar va bo'lajak Vatan himoyachilarini tinch va osoyishta hayotimizning qadriga yetish hamda uni ko'z qorachig'idek asrashga chaqirdi.

– Urushda jonajon va serquyosh o'lkamiz, oilam va yaqinlarim haqidagi xotiralar ko'nglimga taskin bergan, – deydi Tagir ota. – Bugun mamlakatimizda hukm surayotgan tinch-osoyishta hayot uchun, shunday dorilomon kunlarga yetkazgani uchun beadad shukronalar aytaman. Bunday farovon hayotning qadriga yetish kerak.

Tagir ota keksaydim, deb uyda o'tirib qolgani yo'q, aksincha, qadami tetik, o'zini tutishi bardam. Mahalla hayotida faol ishtirok etadi, yoshlarga o'z hayotiy tajribalaridan so'zlab, ularni mamlakatimizda yaratilayotgan keng sharoit va imkoniyatlardan samarali foydalanish, shu orqali yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligiga hissa qo'shishga undaydi.

Hamid ota Vohidov ham urushdan keyin yunon-rum kurashi bo'yicha murabbiylik qilgan. Uning samarali mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib baholanib, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi unvoni bilan taqdirlangan.

– Bugungi dorilomon kunlarga yetib kelganimiz va nabirayu evaralarimiz sog'lom, bilimli bo'lib voyaga yetayotganini ko'rish biz, faxriylar uchun eng ulug' sovg'adir, – deydi Hamid ota. – Prezidentimiz rahnamoligida, avvalo, inson manfaatlarini ko'zlab amalga oshirilayotgan islohotlardan behad mamnunmiz.


Manba: O'zA

Yangiliklar

Проект "Концепция реформирования системы государственного пенсионного обеспечения"

27.4.2018

Министерство финансов Республики Узбекистан просит Вас выразить свое мнение в отношении разработанного проекта Концепции по реформированию системы государственного пенсионного обеспечения граждан.

2018 yil aprel оyi pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаri to’liq mоliyalаshtirildi

15.4.2018

O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi №PQ-2753-son Qarori ijrosi yuzasidan, 3,1 mln. nаfаrdan ortiq ishlamaydigan fuqarolarga pеnsiya vа nаfаqа to’lоvlаrini o’z vаqtidа еtkаzilishini tа’minlаsh mаqsаdidа O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi huzuridаgi byudjеtdаn tаshqаri Pеnsiya jаmg’аrmаsi ijrо etuvchi аppаrаti tоmоnidаn jоriy yilning aprel оyi uchun tаlаb qilingаn mаblаg’lаr 2018 yil 12 aprel sаnаsigа qаdаr to’liq mоliyalаshtirildi.

Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida

31.3.2018

2018 yil 27 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi ijro etuvchi direktori Koreya Respublikasining Xodimlarni boshqarish vaziri Kim Pan Sok rahbarligidagi koreya delegatsiyasi bilan uchrashuvda ishtiroq etdi.

MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi ishtiroqi haqida

31.3.2018

2018 yil 29 mart kuni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi MDH, Gruziya va Baltika davlatlari pensiya va ijtimoiy jamg’armalar halqaro assotsiatsiyasi yig’ilishida ishtiroq etdi.

Tez-tez beriladigan savollar

Bugungi kunda pensiya to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qo’shimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

1.12.2017

Pensiya va nafaqalar to’lovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida to’lov vedomostlarini electron tarzda taqdim etish hamda to’laganlik haqidagi ma’lumotlarini yuborilishi bo’yicha Pensiya jamg’armasi va ATn “Xalq banki” o’rtasida electron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan.

...

Ayni paytda pensiya va nafaqa to’lovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir ko’shimcha choratadbirlar to’grisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq...

...

Belgilangan pensiya miqdorini pensioner o’rniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensialarini tayinlash va to’lash tartibi to’grisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlarigamuvofiq, pensiya to’lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.

...

Vaqtinchalik ro’yxatga olinganda pensiya to’lovi qaysi manzilda amalga oshiriladi?

1.12.2017

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi tugrisida”gi Nizomning 157 va 167-bandlariga muvofiq, ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi (doimiy ro’yxatdan o’tgan manzil) bo’yicha...

...